Mavzu: Bank statistikasining asosiy koʻrsatkichlari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Kredit operatsiyalari tushunchasi va ko'rsatkichlari. Ularning statistik tahili


Download 207.74 Kb.
bet6/12
Sana18.06.2023
Hajmi207.74 Kb.
#1581347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bank statistikasining asosiy koʻrsatkichlari tizimi

2.2. Kredit operatsiyalari tushunchasi va ko'rsatkichlari. Ularning statistik tahili
Kredit deb bir subyekt ikkinchi subyektdan pul yoki tovarni ma’lum bir muddatga mukofot toiash va qaytarib berish sharti bilan olishiga aytiladi. Kreditni banklar, korxona va tashkilotlar, aksionerlik jamiyatlari, xususiy firmalar, sug'urta kompaniyalari, investitsiya fondlari, davlatlar, xalqaro tashkilotlar va jismoniy shaxslar berishi mumkin. Yuqorida sanalganlar qarz oluvchi bo'lishi ham mumkin. Kredit bir qancha turlarga bo'linadi. Muddati bo'yicha: qisqa muddatli, uzoq muddatli. Ta’minlanishi bo'yicha: ta’minlangan va ta’minlanmagan. Kreditor turlari bo'yicha: davlatlararo, banklararo,bank, davlat, tijorat, lizing kompaniyasi krediti, sug'urta kompaniyasi krediti, shaxsiy kredit. Debitorlar turi bo'yicha: qishloq xo'jaligi, sanoat, kommunal kredit, nomli kredit. Foydalanishi bo'yicha: iste’mol, sanoat. Aylanma mablag'larini yaratish bo'yicha: investitsiya krediti, moliyaviy tanglikni yo'qotish uchun, o'rtacha kredit, mavsumiy kredit, qimmatli qog'ozlar bo'yicha kredit, eksport va import kredit. Bulardan tashqari kreditni yana quyidagi turlari mavjud: ipoteka, forfeyting; imtiyozli, diskotli (hisobli), lombard, aval, yevrokredit va boshqalar. Respublika Moliya vazirligi va Markaziy bank hujjatlarida qarz oluvchining moliyaviy faoliyatiga, uning kredit qobiliyati darajasi, kreditni qaytarish imkoni, tegishli va to'liq hujjatlashtirilgan ta’minot mavjudligi va boshqalarga qarab kredit quyidagi toifalarga bo'linadi: yaxshi, qoniqarli, substandartli, shubhali, ishonchsiz kreditlar. Kreditning barcha turlari va ko'rsatkichlari statistikaning o'rganish predmeti hisoblanadi. Statistikaning vazifalariga kredit hajmi, tarkibi, dinamikasi, muddati va boshqalarni tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimini yaratish, kredit olish va qoplash sharoitlarini o'rganish, kredit bo'yicha daromad va kredit operatsiyalari samaradorligini aniqlash va boshqa vazifalar kiradi. Bulardan tashqari, bizning fikrimizcha, har bir kredit operatsiyasini (hajmidan qat’iy nazar) o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish, kredit stavkalarining kreditni olish va qoplash shartsharoitlari hisobga olingan holda har bir kredit operatsiyasi uchun differensialini belgilash, kredit stavkalarining narx, soliq, inflatsiya va boshqa ko'rsatkichlar bilan bogiiq holda belgilash va tahlil qilish statistikaning muhim vazifasidir. Bu vazifani bankirlar, amaliyotchi iqtisodchilar, moliyachilar va statistiklar birgalikda bajarsa, natija yanada yaxshi bo’ladi.
Kredit munosabatlarini baholashda statistika hajm, tarkibiy, o'rtacha, dinamik va samaradorlik ko'rsatkichlaridan foydalanadi. Statistika bu ko'rsatkichlarni, ularga ta’sir qiluvchi omillarni, ularning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy voqealikka (va aksincha) ta’sirini aniqlaydi va o'lchaydi.
Kredit hajmi muhim ko'rsatkichlardan biridir. Amaliyotda bu ko'rsatkichning ma’lum bir davrda olingan va berilgan summalari hisoblanadi. Bundan tashqari, qoplangan kredit va kredit bo'yicha qarz summalari ham hisoblanadi. Bu summalami hisoblashda hisobkitob asosiy qarz va foizlar (muddatida va muddati kechiktirilgan summalar bo'yicha alohida) bo'yicha olib boriladi. Muddati uzaytirilgan (prolongatsiya qilingan) kredit bilan muddati to'lgan kreditni adashtirmaslik kerak.
Yuqorida keltirilgan ko'rsatkichlar boshlangich aktuar (hujjatlashtirilgan) malumotlar asosida oddiy qo'shib chiqish usuli bilan aniqlanadi va navbatdagi ko'rsatkichlarni hisoblashda asos bo'lib xizmat qiladi.
Kredit hajmi, darajasi, tarkibi, o'zaro bogiiqligi, dinamikasi va samaradorligini tavsiflovchi ko'rsatkichlar va ularni hisoblash masalalariga keyingi paragraflarda batafsil to'xtalamiz.
Kredit statistikasi ko'rsatkichlari orasida kredit riski ko'rsatkichi eng muhimi sanaladi. Berilgan kredit summasi bilan (o‘z vaqtida qaytarmaslik va kapitaldan ajralish) risk yonma-yon yuradi. O'z muddatida qaytarilmagan summa kredit boqimandasidir. U asosiy qarz va kredit foizlaridan tashkil topadi.
Qaytarilmagan asosiy qarzlar va ular bo'yicha foizlar summasi qo'ldan boy berilgan kapital. Qoidan boy berilgan kapital, odatda, yalpi zarar sifatida ko'riladi. Ko'rilgan zarar hisobdan chiqqan aylanma mablag'dir. Agar qarzdordan yoki boshqa manbalardan ko'rilgan zaraming bir qismi qoplansa, ko'rilgan zarar o'sha summagakamayadi. Kredit bilan bogiiq boigan boqimanda summasi, qo‘ldan boy berilgan kapital, zararlar kredit kamomadining xususiy hollari hisoblanadi.
Shunday qilib, kredit munosabatlarida riskning uch xil turi mavjud ekan: boqimandalik, kapitalni qo‘ldan boy berish, zarar riski. Riskni oldindan ko‘ra bilish yoki uni hisoblash mumkin. Buning uchun bizda kreditni berishdan boshlab to qoplash shart-sharoitlarigacha har tomonlama o‘rganilgan, boshlang‘ich hujjatlardan olingan kafolatlangan axborot bo'lishi kerak. Asosiy qarz bo'yicha kredit boqimandasi summasini quyidagicha hisoblashimiz mumkin. Masalan, o‘z muddatida qoplangan asosiy qarz bo'yicha aylanma 200 mln. so'm, muddati kechiktirilib qoplangan asosiy qarz — 20 mln. so'm, qoplanmagan summa — 25 mln. so'm. Bu yerda boqimanda riski 0,18 [(20+25):(200+20+25)] ga teng. Muddati kechiktirilib qoplangan ssuda summalariga, odatda, yuqori foizlar (jarimalar) qo'llaniladi. Shuning uchun ham, jami risk boqimanda riskidan yuqori bo'ladi. Kreditor uchun kechiktirilgan to'lovlami ikki parametri muhim: summa va muddat. Bu ikki parametr birlashtirilsa, kapital kunlar soni kelib chiqadi. Kapital-kunlar soni boqimanda summasi va kechiktirilgan kunlar sonining ko'paytmasiga teng. Masalan, boqimanda summasi 20 mln. so'm, kechiktirilgan kunlar soni 36 kun. Demak, qarzning mutlaq miqdori 720 mln. so'm-kunni tashkil qiladi. Bu miqdor (720 mln. so'm-kunni) moliya tilida kreditg‘azabi deyiladi. Kredit g'azabi bo'yicha riskni aniqlash uchun qarzning mutlaq miqdori rejadagi kapital-kunlar soniga bo'linadi. Masalan: 60 kunga 40 mln. so'mlik kredit berilgan. Kredit ikki martada qoplangan: 60 kundan keyin 36 mln. so'm, yana 6 kundan so'ng 4 mln. so'm. Kredit g'azabi bo'yicha risk 0,01 [(4x6):(40x60)] ga teng.
Qo'ldan boy berilgan kapital riski va kapital g'azabi riski o'zaro uzviy bog'liq. Bundan foydalanib qo'ldan boy berilgan kapital bo'yicha riskni aniqlash mumkin:

Download 207.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling