Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish. Maqsad
Download 43.15 Kb.
|
bosma harflar
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Asosiy qism: 20 daqiqa
- Tarbiyachiga eslatma
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Kim yaxshi kuladi”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”,“Kim yaxshi quladi?”“Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi: 1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa Muzyorar mashq: “Kim yaxshi kuladi” Bolalar yarim doira holda o‘tiradilar.Tarbiyachi bolalarga shunday deydi. “Biz xursand bo‘lganimizda kulamiz”, mana bunday (o‘zi kulib ko‘rsatadi). Biz juda xursand bo‘lib kulganimizda tishlarimiz ko‘rinadi.Hozir bizga bo‘g‘irsoq bilan qo‘g‘irchoq mehmonga keladi.Hammamiz hursand va kulib ularni kutib olamiz. Bolalar tishlarini ko‘rsatib kuladilar. Endi mehmonlarimiz ketdi.Biz hafa bo‘ldik. Tishlarimizni bekitamiz. Mehmonlarimiz yana keldi. Kulamiz. Shu tariqa mashqlar bir necha marta takrorlanadi. Lab harakatlarining aniq bajarilishi kuzatib boriladi. II. Asosiy qism: 20 daqiqa “Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda SH tovushi bor sholg'om rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi Sh tovushini takrorlab (sh-sh-sh-shol-g'om) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. TarbiyachiSh tovushini talaffuzini tushuntirib beradi. Tarbiyachiga eslatma.
Sh undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, Shtovushining talaffuzini o‘rgatadi. Tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda SH tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng SH harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda SH harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi. SH harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga SH kesma harfi yopishtiriladi.) Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi. Download 43.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling