Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish. Maqsad


Download 43.15 Kb.
bet18/18
Sana07.05.2023
Hajmi43.15 Kb.
#1439895
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
bosma harflar

Quvnoq daqiqa
Kuchukcha

Soqchiman uyingizga,
Qo‘riqchi qo‘yingizga.
Kuchukman men vafodor,
Hamma mendan minnatdor.
Xursand qilsangiz kerak,
Bo‘lmasa, tashlang suyak.

Barmoqlar zich, bosh barmoqni yuqoriga ko‘tarish .
Jimjiloq yuqoriga-pastga harakatlantiradi

Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma SH harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta SH harfini yasaydilar.
Amaliy masq.
Tarbiyachi SH undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (sholg'om, shaftoli, shershohmot,toshbaqa, Toshkent,osh, bosh, qish, kurash) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda SH undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa SHkesma harfni baland ko‘taradilar.
Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar: 
1.SH harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.So’zlarni bog’inlarga bo’ling. SH harfi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
3.Harflarni qo’shib o’qiymiz.
4. Bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish.
5. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. So‘zlarning tagiga bo‘g‘in andozasini chizish.
6. Tuzilgan so‘zlardan gap tuzdirish.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Relaksaksiya “O‘rmonda”
Tarbiyachi: -Bolajonlar endi ko‘zlarimizni yumamizva o‘rmonga borganimizni tasavvur qilamiz. Tasavvur qiling biz sizlar bilan o‘rmonga borib qoldik. O‘rmon juda sokin, shu payt mayin shaboda esib, daraxtlarning shoxlarini tebrata boshladi. O‘rmon bir zumda shivvilay boshladi sh-sh-sh-sh. Daraxtlarning shoxchalari, bargchalari shabadada qanday shovullaydi? Sh-sh-sh-sh..... shamol tindi va o‘rmon yana sokin.
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik? 
- SH harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
- Qanday so‘zlarni tuzdik? 
- Qanday gaplarni tuzdik?
Download 43.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling