Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish. Maqsad


Download 43.15 Kb.
bet1/18
Sana07.05.2023
Hajmi43.15 Kb.
#1439895
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
bosma harflar


Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish.
Maqsad: 
- undosh harflar guruhiga kiruvchi Bb harf-tovushi bilan tanishadilar; 
- B tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
- B tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh B va kichik “b” harflari Btovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubikB tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakatbo‘g‘in andozali kartochkalar, har bir bolaga yetarli rangli iplar yoki sho‘r xamir, bo‘g‘inli kubiklar: (bo, ba, bi, bu, no, ab, ib, ob)
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Savol-javob”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:
1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq“Savol-javob”
Bolalar aylana shaklida turadilar. Tarbiyachi har bir bolaga koptok uloqtiradi va qanday fasl, ob-havo, kun so‘raydi. Ular javob berib tarbiyachiga koptokni qaytaradilar. Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarga joylariga o‘tirishni taklif etadi.
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda B tovushi bor Ba-liq rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi B tovushini takrorlab (b-b-b-ba-liq) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda B tovushini xo‘r bo‘lib aytadilar. U tovushi undosh tovush ekanligiBtovushini cho‘zib talaffuz qilib bo‘lmasligi tushuntiriladi.

Download 43.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling