Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish. Maqsad


Download 43.15 Kb.
bet8/18
Sana07.05.2023
Hajmi43.15 Kb.
#1439895
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
bosma harflar

Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Savol-javob”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:
1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq: “Savol-javob”
Bolalar aylana shaklida turadilar. Tarbiyachi har bir bolaga koptok uloqtiradi va qanday fasl, ob-havo, kun so‘raydi. Ular javob berib pedagogga koptokni qaytaradilar. Shundan so‘ng pedagog bolalarga joylariga o‘tirishni taklif etadi.
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda P tovushi bor piyola rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi P tovushini takrorlab (p-p-p-pi-yo-la) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. TarbiyachiP tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Tarbiyachiga eslatma.

Ptovushini talaffuzidaavval lablar tinch jipslashgan bo‘ladi,so‘ngra havoning tez yorib chiqishi natijasida ochiladi, tish qirralari orasidagi masofa va tilning holati Ptovushidan keyin keladigan unli tovushlarga bog‘liq bo‘ladi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan bo‘lib, tomoqning orqa devoriga siqilgan va burun yo‘llarini yopib turadi, natijada o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi og‘izdan o‘tib ketadi, tovush bog‘lamlari ochiq bo‘lib, tovush jaranglamaydi.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga P undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, Ptovushining talaffuzini o‘rgatadi.P tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng P harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda P harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi
P harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga P kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.

Download 43.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling