Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish. Maqsad
Download 43.15 Kb.
|
bosma harflar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qism: 20 daqiqa
- Tarbiyachiga eslatma
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Savol-javob”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi: 1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa Muzyorar mashq: “Savol-javob” Bolalar aylana shaklida turadilar. Tarbiyachi har bir bolaga koptok uloqtiradi va qanday fasl, ob-havo, kun so‘raydi. Ular javob berib pedagogga koptokni qaytaradilar. Shundan so‘ng pedagog bolalarga joylariga o‘tirishni taklif etadi. 2. Asosiy qism: 20 daqiqa “Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda P tovushi bor piyola rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi P tovushini takrorlab (p-p-p-pi-yo-la) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. TarbiyachiP tovushini talaffuzini tushuntirib beradi. Tarbiyachiga eslatma.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga P undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, Ptovushining talaffuzini o‘rgatadi.P tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng P harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda P harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi P harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga P kesma harfi yopishtiriladi.) Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi. Download 43.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling