Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish. Maqsad


Download 43.15 Kb.
bet7/18
Sana07.05.2023
Hajmi43.15 Kb.
#1439895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
bosma harflar

Quvnoq daqiqa
Samolyot” o‘yini
Tarbiyachi: Bolalar, hammamiz o‘rnimizdan turamiz. Hozir samolyot o‘yinini o‘ynaymiz. Hammamiz samalyotning motorini “R”- “R”- “R” deb talaffuz etamiz. Va qo‘llarimiz bilan matorning harakatini ko‘rsatamiz. Matorni yurgazdik va samolyot baland- baland uchib ketdi: “L”-“L”-“L” deb bolalar qo‘llarini qanot qilib xona bo‘ylab uchib yuradilar.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalarga katta bosma R harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta R harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga R harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Bir qo‘lni belga qo‘yib,
Bir oyoqni tiragin,
R” ga o‘xshab qolding sen
Bir oynaga qaragin.
Amaliy masq.
Tarbiyachi R undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (rom, a-ri, ar-ra, Bo-tir, ru-bob, ra-ke-ta, tur-na, bo‘-ri) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda R undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa Rkesma harfni baland ko‘taradilar.
Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar: 
1.“R” harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.Krosvord echish. Berilgan rasmlarning nomlaridagi harflarni mos katakga joylashtiring. Hosil bo’lgan so’zni o’qing. Yashiringan so’zni top. 
3. Bo’g’inlarni birlashtirib o‘qi.
Mavzu Pp harf-tovushi bilan tanishtirish.
Maqsad:
- undosh harflar guruhiga kiruvchi Pp harf-tovushi bilan tanishadilar; 
- P tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
- P tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, rangli iplar, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh “P” va kichik “p” harflari “P”  tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, “P” tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakatbo‘g‘in andozali kartochkalar.

Download 43.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling