Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish. Maqsad


Download 43.15 Kb.
bet2/18
Sana07.05.2023
Hajmi43.15 Kb.
#1439895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
bosma harflar

Tarbiyachiga eslatma.

Btovushini talaffuzidalablar tinch holatda birikkan bo‘lib, havo chiqishi bilan birdaniga ochiladi, tish qirralari orasidagi masofa va tilning holati B tovushidan keyin keladigan unli tovushga bog‘liq bo‘ladi, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi. Havo oqimi og‘izdan o‘tadi, tovush boylamlari birikkan bo‘ladi va tebranib tovush hosil qiladi.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilanBtovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi.B tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng B harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda B harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
B harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga Bkesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
Quvnoq daqiqa
Bolalar she'r so‘zlariga mos harakat qiladilar.
Oyog‘imiz taq– taq – taq,
Qo‘limiz chapak – chapak,
Boshimiz sarak – Sarak.
Qo‘limizni ko‘tardik,
Sekingina tushirdik.
Endi ehtiyot bo‘lib,
Joyimizda aylandik.
Qo‘lni yonga tushirdik,
Doira bo‘ylab yugurdik.
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma B harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplar yoki sho‘r xamirdan katta B harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga B harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Baliq suvda suzadi,
Go‘shti maza bo‘ladi.
Bodring, banan so‘zlari
B”harfidan boshlanadi.

Download 43.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling