Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish. Maqsad


Download 43.15 Kb.
bet14/18
Sana07.05.2023
Hajmi43.15 Kb.
#1439895
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
bosma harflar

Amaliy masq.
Tarbiyachi J undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (jo’-ja, jib-la-ji-bon, ja-la, joy, jiy-da, baq-la-jon, jaj-ji, jo’-ja-xo’-roz) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda J undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa J harfni baland ko‘taradilar.
Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar: 
1.“J” harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.So’zlarni bog’inlarga bo’ling. “J” harfi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
3.Harflarni qo’shib o’qiymiz.
4. Bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish.
5. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.So‘zlarning tagiga bo‘g‘in andozasini chizish
6. Tuzilgan so‘zlardan gap tuzdirish.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik? 
- J harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
- Qanday so‘zlarni tuzdik? 
- Qanday gaplarni tuzdik?
-Qaysi so‘zdan gap tuzdik?
Mavzu: Qq harf-tovushi bilan tanishtirish.
Maqsad:
- undosh harflar guruhiga kiruvchi Qq harf-tovushi bilan tanishadilar
- Q tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
- Q tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, rangli iplar, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh “Q” va kichik “q” harflari Q tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, Q tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakatbo‘g‘in andozali kartochkalar.

Download 43.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling