Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish. Maqsad
Download 43.15 Kb.
|
bosma harflar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi: - Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi? - Bugun qaysi harf bilan tanishdik? - D harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli) - Qanday so‘zlarni tuzdik? - Qanday gaplarni tuzdik? Mavzu: Jj harf-tovushi bilan tanishtirish Maqsad: - undosh harflar guruhiga kiruvchi Jj harf-tovushi bilan tanishadilar; - J tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar; - J tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar; - harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar; -Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar; - bolalarning kelajakda o’z oldiga maqsadqo‘yish qobiliyati shakllantiriladi; - mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar. Kerakli jihozlar: “Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, rangli iplar, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh “J” va kichik “j” harflari “J” tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, “J” tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar. Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Men nimani yaxshi ko‘raman”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing” Mashg‘ulotning borishi: 1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa Muzyorar mashq: “Men nimani yaxshi ko‘raman” Tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarni doira bo‘lib turishlarini so’raydi. Bolalar bir-birlariga nimani yaxshi ko‘rishlarini aytadilar. (men rasm chizishni yaxshi ko‘raman, men raqsga tushishni yaxshi ko‘raman, musiqa tinglashni yaxshi ko‘raman, men she'r yodlashni yaxshi ko‘raman, men ertaklarni aytib berishni yaxshi ko‘raman.....). Download 43.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling