Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish. Maqsad


Download 43.15 Kb.
bet10/18
Sana07.05.2023
Hajmi43.15 Kb.
#1439895
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
bosma harflar

Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, rangli iplar, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh “D” va kichik “d” harflari “D”  tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, “D” tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakatbo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Erkalatib ayt”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:
1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq: “Erkalatib ayt”
Bolalar aylana shaklida turadilar. Tarbiyachi har bir bolaga koptok uloqtiradi va bolalarga so‘zlarni kichraytirish – erkalatish shaklida nomlashni taklif etadi. Daftar-daftarcha, divan-divancha, do‘ppi-do‘ppicha, dutor-dutorcha, doira-doiracha, ...
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda D tovushi bor do`ppi rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi Y tovushini takrorlab (d-d-d-do`p-pi) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. TarbiyachiD tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Tarbiyachiga eslatma.

Dlablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin jipslashmagan, “D”  tovushi unli “a”, “i”, “o”, “u”tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlarga yoki alveolalarga tiralib turadi.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga Dundosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, D tovushining talaffuzini o‘rgatadi. D tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng D harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda D harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
D harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga D kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.

Download 43.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling