Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish. Maqsad


Bolalar bilan amaliy mashq “Eslab qoling va aytib bering”


Download 43.15 Kb.
bet16/18
Sana07.05.2023
Hajmi43.15 Kb.
#1439895
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
bosma harflar

2.Bolalar bilan amaliy mashq “Eslab qoling va aytib bering”
Tarbiyachi bolalarga qofiyadosh so‘zlarni aytadi, bolalar takrorlaydilar.
Qor-tor, qo‘y-so‘y, qosh-tosh, qayiq- ayiq, o‘roq- so‘roq, qoya- soya
Amaliy masq.
Tarbiyachi Q undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (qovun,qovoq, qush, qosh, qarg‘a)aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda Q undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa Qkesma harfni baland ko‘taradilar.
Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar: 
1.“Q” harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.So’zlarni bog’inlarga bo’ling. “Q” harfi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
3.Harflarni qo’shib o’qiymiz.
4. Bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish.
5. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.So‘zlarning tagiga bo‘g‘in andozasini chizish
6. Tuzilgan so‘zlardan gap tuzdirish.
7. Tez aytish. Yod oling.
Qo‘sh qo‘lqop, qo‘shovi ham bo‘sh qo‘lqop.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik? 
- Q harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
- Qanday so‘zlarni tuzdik? 
- Qanday gaplarni tuzdik?
Mavzu: SH sh harf-tovushi bilan tanishtirish.
Maqsad:
- undosh harflar guruhiga kiruvchi SH, sh harf-tovushi bilan tanishadilar
- SH tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
- SH tovushini so‘zning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
- harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rganadilar;
-Bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga o‘rganadilar;
- do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, rangli iplar, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh SH va kichik “sh” harflari SH tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, SH tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakatbo‘g‘in andozali kartochkalar.

Download 43.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling