Mavzu: Bibliografik tavsiflash nazariyasi va uslubiyati


Bibliografik axborotning asosiy shakllari


Download 47.17 Kb.
bet2/5
Sana14.02.2023
Hajmi47.17 Kb.
#1196905
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shohida mustaqil

Bibliografik axborotning asosiy shakllari,
axborotni yig`ish va uzatish

Mavzuning maqsadi - bibliografik axborotning mohiyati, xususiyatlari, tarixi, uni uzatish va tarqatish usullari, bibliografik yozuv va uning xususiyatlari, bibliografiyalash texnologiyasi haqida ma'lumot berish.


Asosiy tushunchalar - bibliografik kirish, bibliografik axborot, bibliografik xabar, bibliografik yozuv, bibliografik yozuvning tavsıf boshi, bibliografik tavsif, annotatsiya, referat, indekslash, yo 'naltirish, bibliografik faoliyat,bibliografiyalash, bibliografik xizmat.


Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi
Ikki yarim ming yil mobaynida qadimgi hujjatli manbalarni o'rganish bibliografik axborotni tashkil etuvchi matnlarni aniqlashga imkon berdi. Bular quyidagilardan iborat: bibliografik kirish, matn ichi ro'yxatlari, mashhur mualliflar asarlarining ro'yxati, kutubxona kataloglari, bibliografik ro'yxatlar.
Bibliografik kirish- matn boshidagi muallif ism-sharifi, sarlavha, kitobxon guruhi, maqsadi va boshqalar; asar boshida avtobiografik xarakterda muallif haqidagi, matndagi va matndan tashqaridagi asar sarlavhasi; matn so'ngidagi yozuvlar haqida ma'lumot. Hozirgi paytda bibliografik kirish deganda matn bilan tanishishdan avval asar haqidagi eng zarur, qisqa ma'lumotlarni aks ettiruvchi titul (sarvaraq) sahifasi tushuniladi. Qadimgi antik adabiyotda bunday ma'lumotlar ,, Bilim beruvchi“ 'didaktik, hikoya va qo'shiq janridagi asarlarda qo'llanilgan. 22 ta adabiy yodgor-liklarda ana shunday ma'lumotlar borligi aniqlangan. Bibliografik kirish tuzilishi o'sha davr uchun xos bo'lgan shaklda, ma'lum bir tartibda berilgan - asar muallifi yoki shaxs haqida ma'lumot, ba'zan qo'shimcha titul varag'ida muallifning kasbi, shajarasi, agar otasi yoki ustozi mashhur shaxs bo'lsa, ular haqidagi ma'-lumot, asar sarlavhasi, uning yaratilishi sabablari, muallifning o'z asariga bergan bahosi keltirilgan. Avtobiografik xarakterdagi bibliografik kirishda faqat muallif haqida ma'lumot berilgan.
Bibliografik axborot - asar haqidagi ma'lumotdir. Axborot-ning boshqa turlaridan farqi shundaki, bibliografik axborot murakkab ijtimoiy hodisa bo'lib, uni tuzish, yoshi, kasbi, mutaxassisligi, qiziqishi, maqsadi, tayyorgarlik darajasiga ko'ra, turli xil iste'molchilarga uzatishda mutaxassis-bibliograflar ishtirok etadi. Asosiysi, bibliografik axborot - tushunish va foydalanish uchun zarur bo'lgan hujjatlar haqidagi axborot yoki ikkinchi darajali axborotdir. Bibliografik axborotning asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatning yoki alohida iste'molchilarning turli xil ax-borotga bo'lgan talablarini qondirishdan iborat.
Axborot - lotincha informatio so'zidan olingan bo'lib, tushuntirish ma'nosini anglatadi va biror narsa haqida ma'lumot yoki xabar beradi.
Hozirgi paytda bibliografik axborotni qaror toptirish va uni uzatish shakllari turlichadir: eng sodda axborot xabarlaridan to tuzilishi va qamrab olish darajasiga ko'ra murakkab an'anaviy bosma shakldagi bibliografik qo'llanmalar va, shuningdek, elektron shakldagi ma'lumotlar bazasigacha.
Bibliografik xabar-bibliografik axborot elementi va ma'lum bir tartibda keltirilgan hujjat qismi yoki hujjatlar guruhi haqidagi asosiy ma'lumot bo'lib, u og'zaki yoki yozma shaklda beriladi. Kutubxonalar har qanday voqea, hodisa, siyosiy yangilik, ishlab chiqarish muammolari va ularni hal etish yo'llari, ilg'or tajribalar, ixtirolar, kashfiyotlar hamda asarlar haqidagi ma'lumotlarni ana shu shaklda tezkorlik bilan bajaradi. Ayniqsa, tezkor axborotga muhtoj, ammo imkoniyatga ega bo'lmagan tashkilot va muassasalar maqsadiga xizmat qiluvchi bibliografik xabarlarni o'z vaqtida yetkazib berish, birinchidan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirsa, ikkinchidan, o'zaro hamkorlikni ta'minlaydi, uchinchidan, kutubxonalar faoliyatiga yordam beruvchi homiylarni jalb etadi.
Bibliografik yozuv -bibliografik axborot elementi va biblio-grafik qidirish maqsadida hujjatning tarkibi va mazmuni haqidagi rasmiy ma'lumot bo'lib, odatda, o'ziga xos ahamiyatga, funk-siyaga, aniq axborot berishga mo'ljallangan bir qancha elementlardan tashkil topadi. Bibliografik yozuv turli xil biblio-grafik qo'llanmalarni tuzish, kutubxona kataloglarini tashkil etish va boshqa maqsadlarda qo'llaniladi. Shuning o'zi uning turli-tumanligini va xususiyatini ko'rsatadi. Xususan, an'anaviy va elektron kataloglarda qo'llaniladigan bibliografik yozuvlarda, albatta, nashrni fondda saqlash shifri ko'rsatiladi. Umumlashma bibliografik yozuvda qayta nashr haqidagi, bir nashrning yoki hujjatning bir necha xil tarjimalari va unga berilgan taqrizlar haqidagi ma'lumotlar to'planadi. Masalan, taqrizlar haqidagi bibliografik yozuv ikkita yozuvni birlashtiradi: hujjatning biblio-grafik yozuvi va taqrizning bibliografik yozuvi. Bibliografik yozuvlar unga kiritilgan elementlarning tarkibiga ko'ra ham ajratiladi. Bular: tafsiv boshi, bibliografik tavsif, annotatsiya yoki referat, indeks-lash tushunchalari, hujjatni saqlash shifri, yo'naltirish, xizmatga oid ma'lumotlar. Har bir element hujjat xarakterini u yoki bu darajada ochib beradi. Bibliografik axborotning murakkab shakli bibliografik qo'llanmalardir.
Bibliografik qo'llanmalar - minglab bibliografik yozuvlarning ma'lum bir tartibda bir joyga to'plangan shakli, fikrlarning umu-miyligi, kitobxonlik maqsadi aks etayotgan hujjatlarning mazmuniga ko'ra turli xil usulda amalga oshiriladi. Hozirgi paytda an'anaviy bibliografik qo'llanmalardan tashqari elektron ko'rinishdagi bibliografik qo'llanmalar ham yaratilmoqda.
Tafsiv boshi-bibliografik yozuv elementi bo'lib, bibliografik tavsif boshida joylashadi va bibliografik qidirishning asosini tashkil etadi. Qo'llaniladigan tavsif boshi hujjat yoki uning qismi haqidagi ma'lumot xarakteriga ko'ra har xil bo'ladi:
1. Shaxs nomini ko'rsatuvchi;
2. Tashkilot nomini ko'rsatuvchi;
3. Qisqartirilgan sarlavhani ko'rsatuvchi;
4. Hujjat turini anglatuvchi;
5. Geografik nomini anglatuvchi.
Yakka muallif haqidagi tavsif boshi alohida muallif yoki hammuallif nomini aks ettiradi. Mualliflar jamoasi haqidagi tavsif boshida doimiy yoki vaqtinchalik xarakterga ega bo'lgan nashr uchun mas'ul tashkilot nomi beriladi. Tavsif boshida mamlakat nomi, alohida qayd etish lozim bo'lgan hujjat turi, (masalan, rasmiy nashrlar- hukumat qarorlari, buyruqlari, farmonlari) ko'rsatiladi.
Bibliografik tavsif-belgilangan ma'lum bir qoidaga ko'ra nashr haqidagi umumiy va xususiy ma'lumotlarni aks ettirish maqsadida, ma'lum bir ketma-ketlikda bir qancha bibliografik elementlardan tashkil topgan tavsif sohalari yig'indisi. Bu tavsif-dan muallif, sarlavha, unga taalluqli ma'lumotlar, mazmuni, ahamiyati va maqsadi, nashr turi, hajmi va boshqa xususiyatlari haqida ma'lumot olish mumkin. Kutubxonachilik-bibljografik amaliyotida elementlar tarkibi, to'laligi va tavsif obyektiga ko'ra turli xil bibliografik tavsif qo'llaniladi.
Monografik tavsif-bir asar tafsivi bo'lib, u vazifasi yoki mazmuniga ko'ra bir xillikni tashkil etuvchi bir yoki bir necha elementdan iborat tuzilma (masalan, chiqish ma'lumotlari sohasida nashrjoyi, nashriyot yoki bosmaxona nomi, nashr yili) beriladi. Elementlar majburiy yoki fakultativ (yordamchi)ga ajratiladi. To'liq tavsif o'zida hamma majburiy va fakultativ elementlarni aks ettirsa, qisqa tavsif faqat majburiy elementlarni aks ettiradi. Majburiy elementlar hujjat haqidagi asosiy ma'lumotlarni, fakultativ esa hujjat haqidagi qo'shimcha axborotni beradi (masalan, kitobxon guruhi, illustratsiyasi, chizma, kartalar haqida).


Download 47.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling