Mavzu: Bibliografik tavsiflash nazariyasi va uslubiyati
Bibliografiyaning obyektlari
Download 47.17 Kb.
|
Shohida mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy tushuncha
Bibliografiyaning obyektlari
Mavzuning maqsadi - bibliografik faoliyatning natijasi sifatida hujjatlar haqida bibliografik axborot berishning mohiyati, hujjatlar va ularning turlari, davomli va vaqtli matbuot nashrlari, mamlaka-timizdagi yirik nashriyotlar haqida axborot berish. Asosiy tushunchalar - hujjat, axborot iste 'molchisi, bosma mahsulot, vaqtli matbuot nashri, davomli nashr, rasmiynashr, ilmiy-ommabop nashr, o'quv nashri, ma 'lumotnoma nashrlari. Umumiy tushuncha Bibliografik faoliyatning natijasi- hujjatlar haqidagi ma'lu-motlar yig'indisi - bibliografik axborot deyiladi. Bibliogra-fiyaning asosiy obyekti hujjatdir. Hujjatlardagi asosiy xususiyat unda berilayotgan axborotning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligida, bu uning yaratilayotgan tarixiy davr, shart-sharoit bilan uzviy bog'liqligida ko'rinadi. 1964-yil “hujjat” so'zi axborotning moddiy tashuvchisi sifatida belgilab berildi. Hozirgi paytda ,,hujjat“ deganda axborot bilan bog'liq, kishilar tomonidan ularni to'plash, foydalanish, uzatish, saqlash va hisobga olish bilan bog'liq moddiy obyekt tushuniladi. “Hujjat” so'zi ahamiyatiga ko'ra keng tushuncha. Hujjatlarda real hayot voqeliklari, faktlari va barcha ma'lumotlar o'z aksini topadi, hujjatda u yaratilayotgan davrning ma'lum bir qirrasi haqidagi axborot to'planadi. “Hujjat” termini qog'oz, kinolenta, turli xil ko'rinishdagi tasmalar, elektron disklar ko'rinishidagi axborot tashuvchi materialni anglatadi. Davr o'tishi bilan, taraqqiyot natijasida yangi-yangi axborot eltuvchilar qo'shilib boraveradi. Har bir axborot eltuvchi yoki axborot resurslari o'ziga xos xarakterga va xususiyatga ega va u axborotni tayyorlashda hisobga olinadi. Shunga ko'ra belgilari, ahamiyati, mazmuni va shakliga ko'ra turlanadi. Axborot iste'molchisi - inson. Uning maqsadi mustaqil bilim olish, o'quv malakasini oshirish, ilmiy bilim olish va ilmiy salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish malakasini oshirish va boshqalar. Yuqori darajada axborot-kutubxona va bibliografik xizmat ko'rsatish uchun kitobxonlar ilmiy asoslangan holda klassifikatsiya qilinishi lozim. Klassifikatsiya asosiga insonning professional ishlab chiqarish faoliyati, egallab turgan lavozimi, ma'lumot darajasi, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, o'qish madani-yati darajasi, bibliografik qo'llanmalardan foydalana olish qobiliyati, ruhiy va boshqa xususiyatlari olinadi. Chunki inson-kitobxon ham bibliografiyaning obyektidir. Hujjat va axborot iste'molchisi mazmun mohiyatiga ko'ra matbuot asari (kitob, nashr) va kitobxon (bibliografik axborot iste'molchisi) tushun-chalaridan farqlanadi. Ilmiy axborot faoliyati faqatgina matbuot asari bilan emas, balki barcha ko'rinishdagi axborot resurslari (elektron resurslar) bilan bog'liq. Bibliografiya esa, matbuot asari (kitob, gazeta, jurnal) bilan ishlaydi. Kitob, gazeta va jurnallar tarixan insoniyat bilimining manbayi, uning bilim-larini aks ettiruvchi, to'plovchi va saqlovchi vosita hamda inson bilimini oshirish va ruhiy ta'sir vositasi bo'lib kelgan. Kitobning o'rnini hech narsa bosa olmaydi. Ammo keyingi paytda boshqa axborot tashuvchi resurslar ham bibliografik faoliyat doirasiga singib bormoqda. Demak, kitob-kitobxon tizimi ham bibliogra-fiyaning obyektidir. Bu keyingi paytda hujjat-axborot iste'mol-chisi tizimi bilan boyidi. Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish Nashrlar qurilishiga ko'ra kitob, jurnal, gazeta, varaqaga, belgisiga ko'ra matnli, notali, kartografik va izonashrga bo'linadi. Eng muhim belgisi nashrning davomiyligi yoki chiqishining xarakteridir. Bunga ko'ra nodavriy (bir martalik), vaqtli va davomli nashrga bo'linadi. Bir marta nashr etilgan asar nodavriy deyiladi, zarur bo'lgan holda qayta nashr etilishi mumkin, bunda, albatta, qayta nashr etilgani haqidagi ma'lumot ko'rsatiladi. Qayta nashrda u muallif tomonidan to'ldirilishi, qisqartirilishi, tuzatilishi, o'zgartirishlar kiritilishi mumkin va bu, albatta, ko'rsatiladi. Bunga kitob, risola, varaqalar kiradi. Kitob 48 sahifadan ortiq bo'lgan matnli nashr. Risola esa 48 sahifagacha bo'lgan matnli nashr. Varaqalar I sahifadan 4 sahifagacha hajmda bo'ladi. Vaqtli bo'lmagan nashr bir jildlik yoki bir necha jildlik bo'ladi. Ko'p jildlik nashr bir maqsadga, bir mavzuga yoki bir yo'nalishga, bir xil poligrafik bezatilishga ega bo'lgan bir necha kitobdan iborat bo'ladi. Vaqtli nashrlar - gazeta, jurnal, to'plam va bulletenlar bo'lib, ularning xususiyati nashrdan chiqishda ma'lum bir tartibda ketma-ketlikka egaligidir. ,,Periodika“ - vaqtli so'zi grekchadan olingan bo'lib, yana boshlangan, qaytayotgan degan ma'noni anglatadi. Davomli nashrlar -to'plangan materialning hajmiga ko'ra muntazam bo'lmagan tartib raqamiga ega bo'ladi. Unda biror- bir tashkilot yoki muassasaning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid ma'ruzalar, xabarlar, maqola va boshqa materiallar beriladi. Davomli nashrlar, asosan, ,,Ilmiy ishlar“, ,Ishlar“, ,,Ilmiy xabarlar“, ,,Xabarlar“ kabi umumiy nomlar bilan chiqariladi. Har biri alohida tartib raqamiga ega bo'ladi. Masalan, Madaniyat instituti ilmiy ishlar to'plami har yili nashr etiladi va ular soni 30 taga yetdi. Davriy nashrlar ma'lum bir davrda chiqish raqami bilan chiqariladi. Ana shunday nashrlardan biri-,,Qizil kitob“yo'qolib borayotgan yoki yo'qolish xavfida bo'lgan noyob o'simlik va hayvon turlarini qayd etib boruvchi va ular haqida ma'lumot beruvchi ma'lumotnoma xarakteridagi davlat hujjati. Unda avval o'simlik yoki hayvon haqida ma'lumot beriladi, yo'qolib borishiga sabab va omillar haqida, yo'qolishining oldini olish uchun tavsiyalar beriladi. Download 47.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling