Umumiy bibliografiya fanidan Amaliy ish mavzu: bosma nashrlarni klassifikatsiya qilish Bajardi: 061-19 guruh talabasi


Download 3.63 Mb.
Sana22.10.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1715643
Bog'liq
bosma nashrlarni klassifikatsiya qiliw


Umumiy bibliografiya fanidan
Amaliy ish
MAVZU: bosma nashrlarni klassifikatsiya qilish
Bajardi: 061-19 guruh talabasi
Andasbayeva Y.
REJA
  • Bosma nashrlar klassifikatsiyasi haqida
  • Nodavriy nashrlar haqida
  • Nodavriy nashrlarning turlanishi

  • Rasmiy nashrlar
    Ilmiy nashrlar
    Ilmiy-ommabop nashrlar
    O’quv nashrlari
    Kasb va ishlab chiqarish oid nashrlar
    Ma’lumotnoma nashrlari

Nashrlar qurilishiga koʼra kitob, jurnal, gazeta, varaqaga; belgisiga koʼra matnli, notali, kartografik va izonashrga boʼlinadi.
Eng muhim belgisi nashrning davomiyligi yoki chiqishining xarakteridir. Bunga koʼra nodavriy ( bir martalik), vaqtli va davomli nashrga boʼlinadi.
Bir marta nashr etilgan asar nodavriy deyiladi, zarur boʼlgan holdagina qayta nashr etilishi mumkin, bunda ham albatta qayta nashr etilgani haqidagi maʼlumot koʼrsatiladi.
Qayta nashrda toʼldirilgani, qisqartirilgani, tuzatilgani, oʼzgartirishlar kiritilgani koʼrsatiladi.
Kitob 48 sahifadan ortiq boʼlgan matnli nashr. Risola esa 48 sahifagacha boʼlgan matnli nashr.
Varaqalar 1 sahifadan 4 sahifagacha hajmda boʼladi.
Vaqtli boʼlmagan nashr bir tomlik yoki bir necha tomlik boʼladi.
Koʼp tomlik nashr bir maqsadga, bir mavzuga yoki bir yoʼnalishga, poligrafik bezatilishga ega boʼlgan bir necha kitobdan iborat boʼladi.
BOSMA NASHRLAR KLASSIFIKATSIYASI HAQIDA
Bir marta nashr etilgan asar nodavriy deyiladi, zarur boʼlgan holdagina qayta nashr etilishi mumkin, bunda ham albatta qayta nashr etilgani haqidagi maʼlumot koʼrsatiladi.
Qayta nashrda toʼldirilgani, qisqartirilgani, tuzatilgani, oʼzgartirishlar kiritilgani koʼrsatiladi.
Kitob 48 sahifadan ortiq boʼlgan matnli nashr. Risola esa 48 sahifagacha boʼlgan matnli nashr.
Varaqalar 1 sahifadan 4 sahifagacha hajmda boʼladi.
Vaqtli boʼlmagan nashr bir tomlik yoki bir necha tomlik boʼladi.
Koʼp tomlik nashr bir maqsadga, bir mavzuga yoki bir yoʼnalishga, poligrafik bezatilishga ega boʼlgan bir necha kitobdan iborat boʼladi.
Nodavriy nashrlar
Rasmiy nashrlar davlat organlari, hukumat tashkilotlari nomidan chiqariladi.
Ular qonuniy, meʼyoriy va direktiv hujjatlar va mazmuni davlat organi faoliyati bilan bogʼliq boʼladi, masalan, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Sudining axborotlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy majlisi axborotlari kabi nashrlar
Rasmiy nashrlar
Ilmiy nashrlar fan, texnika, madaniyatning turli sohalaridagi ilmiy –tadqiqot ishlarining natijasini aks ettiruvchi materiallardir.
Bunday nashrlar ilmiy-texnik taraqqiyot koʼrsatkichlari haqidagi, mutaxassislar tomonidan oʼtkazilgan tadqiqot ishlari haqidagi axborot materiallaridan iborat, tarkibiga, mazmuni, xarakteri, ahamiyatiga koʼra fan arboblarining asarlari; koʼp tomli shaklda nashr etiladigan fan tarixiga oid asarlar; dolzarb mavzulardagi ilmiy asarlar toʼplamlari; monografiyalar; ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, kongresslar materillari va boshqalar chiqariladi
Ilmiy nashrlar
Ilmiy-ommabop nashrlar fan, texnika, madaniyat sohalaridagi yutuqlarni, yangiliklarni mutaxassislardan boshqa keng kitobxonlar ommasi tushunadigan tilda va uslubda bayon etgan asarlardir.
Ular keng kitobxonlar ommasiga moʼljallanadi, kitobxonlar oʼzlarining bilim saviyasini oshirib boradi, hozirgi zamon fan va texnika yutuqlaridan xabardor boʼladi, mustaqil bilim olish koʼnikmasini egallaydi.
Bunday nashrlarning adadi ilmiy nashrlarga nisbatan katta boʼladi, turli xil mazmunga va xarakterga ega boʼladi.
Hozirda tibbiyotga, tabiiy-ilmiy bilimlarga, mamlakatimiz tarixiga, siyosiy muammolarga, maʼnaviyatga oid ilmiy-ommabop adabiyotlar, biografik materiallar nashr etish kengaygan.
Ilmiy-ommabop nashrlar
O‘quv nashrlari
O‘quv nashrlari fanning, amaliy faoliyat sohasining maʼlum bir tizimda aks etgan axborotini o‘z ichiga oladi.
O‘quv nashrlariga oʼquv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar kiradi.
Ular mazmuniga ko‘ra sohali yoki ixtisoslashgan adabiyotdir.
Ular maktab, kollej-litsey, oliy o‘quv yurtlarining o‘quvchilari va talabalariga, malaka oshirish kurslarining tinglovchilariga va o‘qituvchilarga mo‘ljallangan boʼladi.
Hozirda elektron darsliklar ham yaratilmoqda.
Kasbiy ishlab chiqarishga oid adabiyotlar xalq xoʼjaligining turli sohasidagi ishlab chiqarish texnologiyasi, texnikasi va uni tashkil etishga bagʼishlangan adabiyotlardir.
Ularning kitobxonlari oliy va oʼrta maxsus maʼlumotli ishlab chiqarish mutaxassislari-muxandislar, agronomlar, injener-texniklar.
Ular uchun moʼljallangan adabiyotlar ilmiy-ishlab chiqarish adabiyotlari deyiladi.
Ishlab chiqarishdan tashqari oʼqituvchilar, tibbiyot xodimlari, iqtisodchilar, yuristlar, kutubxonachi-bibliograflar uchun kasbiy adabiyotlar- amaliy qoʼllanmalar, uslubiy qoʼllanmalar, xatlar, turli mavzularga oid tavsiya adabiyotlari nashr etiladi.
Ommaviy-ishlab chiqarishga oid adabiyotlar turli kasbdagi ishchilar, mutaxassislar, ustalar, ishlab chiqarish firmalari va fermer rahbarlari uchun moʼljallanadi.
Kasbiy ishlab chiqarishga oid nashrlari
Maʼlumotnoma nashrlar - qidirilayotgan axborotni topish uchun qulay bo‘lgan tartibda joylashtirilgan ilmiy va amaliy xarakterdagi qisqa, aniq va lo‘nda maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi.
Maʼlumotnoma nashrlarining keng tarqalgan turlaridan - qomusnomalar, qomusiy lug‘atlar, lug‘atlar, spravochniklar, taqvim (kalendar) lar, yo‘l ko‘rsatkichlar va boshqa nashrlarni ko‘rsatish mumkin.
Ma’lumotnoma nashrlar
E‘tiboringiz uchun raxmat
Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling