Mavzu: Bibliografik tavsiflash nazariyasi va uslubiyati


Axborot-bibliografiya resurslari


Download 47.17 Kb.
bet4/5
Sana14.02.2023
Hajmi47.17 Kb.
#1196905
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shohida mustaqil

Axborot-bibliografiya resurslari

Mavzuning maqsadi-hozirgi zamon talablari va xusu-siyatlaridan kelib chiqqan holda axborot-bibliografiya resurslari, ularning xususiyatlari, ahamiyati, ularni iste 'molchilarga yetkazib berish usuli bilan talabalarni tanishtirish.


Asosiy tushunchalar - axborot resurslari, kutubxona-biblio-grafiya resurslari, bibliografik mahsulotlar, bibliografik ko'r-satkichlar, bibliografik ro'yxatlar, bibliografik obzor (sharh)lar, ma'lumotlar bazasi, ma 'lumotlar banki.

Axborot-bibliografiya resurslari haqida


umumiy tushuncha

Axborot resurslari maqsadga mos axborotni olish uchun tashkil etilgan ma'lumotlar yig'indisidir. Kutubxona-bibliografiya resurslari - kutubxonalar oldida turgan vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan axborot, moddiy-texnik va xodimlar bazasi. Axborot-bibliografiya resurslari jamiyatning va axborot iste'molchilarining talablarini qondirish uchun zarur bo'lgan hujjatlar, faktlar va boshqalar haqidagi turli xil manbalar bo'lib, kutubxonalarda va axborot markazlarida saqlanayotgan an'anaviy va mashinada o'qiladigan axborot tashuvchilar (har xil kataloglar va kartotekalar, ma'lumotlar banki va bazasi hamda axborotga bo'lgan ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi intellektual va moddiy kuchlardan iborat. Bu resurslarning eng muhim axborot mahsuloti axborot tizimlari-ning harakati natijasida yuzaga kelgan hujjatlar, axborot massivi, ma'lumotlar bazasi va axborot xizmatidir. Bibliografik mahsulot axborot mahsulotining bibliografik axborot, ya'ni bibliografik yozuvlar bilan ta'minlangan turi.


Bibliografik mahsulotlar
Rasmiy hujjatli bibliografik axborot bo'lib, bir vaqtning o'zida uni tayyorlash jarayonining natijasi va iste'molchilarga xizmat ko'rsatish vositasidir. Bibliografik mahsulot tushunchasi negizida minglab bibliografik yozuvlarni aks ettiruvchi bibliografik qo'llanmalar yotadi. Bibliografik mahsulotlar tizimini yaratish va bibliografik so'roqlarni bajarish kutubxonalar faoliyatining an'anaviy yo'nalishlaridan biri. Bibliografik qo'llanmalarning turlari bibliografik ko'rsatkichlar, bibliografik ro'yxatlar va bibliografik sharhlardir. Bibliografik xizmat ko'rsatish kundalik va retrospektiv ko'rsatkichlar, referativ jurnallar, bibliografik va axborot ma'lumotlar bazasi, monografiya va dissertatsiyalarga tuzilayotgan adabiyotlar ro'yxatlariga asoslanadi.
Bibliografik ko'rsatkichlar - murakkab tuzilishga va ma'lumot-qidiruv apparatiga ega bo'lgan bibliografik qo'llanmalardir. U tor, aniq mavzuni, masalani yoki keng, atroflicha muammoni, bilim sohasiga bag'ishlangan hujjatlarni, boshqa materiallar haqidagi ma'lumotni aks ettiradi. Ko'r-satkichlar bir qancha bo'limlardan iborat bo'ladi. Bo'limlardagi bibliografik yozuvlar ma'lumi bir tartibda joylashtiriladi. Ko'rsatkichlar o'ziga xos ma'lumot-qidiruv apparatiga ega: kirish so'zi, so'zboshi, mundarija va yordamchi apparatlar. Bibliografik ko'rsatkichlarning shakllari bosma kataloglar, nashriyotlarning yillik mavzuli rejalari, nashriyot kataloglari, bibliografik bulletenlar, Kitob palatasining yilnomalari, biobibliografik ko'rsatkichlar. Ular uchun 3 ta tarkibiy element xarakterlidir: biografik ma'lumot, muallif asarlarining va asarlari nashrlarining tavsiflari, hayoti va ijodiga oid adabiyotlar ro'yxati. Ko'rsatkichning yana bir turi jurnallar va badiiy asarlar sarlavhalarining ko'rsatkichlari.
Bibliografik ro'yxat -oddiy tuzilishga ega bo'lgan biblio-grafik qo'llanma. U qoidaga ko'ra tor mavzu yoki muammoga oid, hajmiga ko'ra uncha katta bo'lmagan, tuzilishiga ko'ra soddaroq materiallarning bibliografik yozuvlariga, ya'ni ma'lu-mot-qidiruv apparatiga ega bo'lmagan qo'llanma. Ulardan ko'p qo'llaniladigani kitobxonlarga eslatmalar, kitob ichi, jurnal ichi, maqolaga berilgan, gazeta ichida berilgan ro'yxatlar. Kitob ichi bibliografik ro'yxatlar bir mavzuiga oid ilova qilingan mustaqil ro'yxat. Masalan, ilmiy asarlarda muallifning asarlari ro'yxati, o'quv va ishlab chiqarishga oid adabiyotlarda shu mavzuga oid boshqa mualliflarning asarlari ro'yxati, kitoblarda mavzuga oid foydalanilgan, fikrlar olingan, esga olingan adabiyotlar ro'yxati beriladi. Matn ichida adabiyotlarga yo'llanma (ssilka) ham beriladi, bular sahifaning pastida asosiy matndan so'ng yoki bo'lim va boblar oxirida ham beriladi. Jurnal ichi bibliografik ro'yxatlari mustaqil material sifatida jurnalda nashr etiladi. Ko'pgina jurnallarda alohida maxsus sahifalarda yangi adabiyotlar, taqrizlar, yil davomida jurnal sahifalarida nashr qilingan maqolalar ro'yxati nashr etiladi. Masalan, ,,Sharq yulduzi“, ,,Tafakkur“, ,,O'zbek tili va adabiyoti“, ,,O'zbekiston matbuoti“jurnallari oxirgi sonida yil davomida nashr qilingan maqolalar yo'nalishiga ko'ra yoki xronologik tartibda beriladi. ,,Adabiy meros“ to'plami esa 10 yil davomida to'plamda nashr qilingan maqolalarning muammo yoki masalalarga sistemalashtirgan holda ro'yxatini berib boradi. ,,Biblioteka“, ,,Библиотековедение“, ,,Мир библиографии“ jurnallarida ham maxsus sohaga oid yangi adabiyotlar ro'yxati berib boriladi. Ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda, ilmiy to'plamlarda nashr etilgan maqolalar so'ngida mavzu bo'yicha foydalanilgan, eslatib o'tilgan yoki bosmadan chiqqan yangi nashrlar haqida ro'yxat ilova qilinadi. Bular maqolaga berilgan ro'yxatlar deb yuritiladi. Gazeta ichi ro'yxatlari gazetadagi mustaqil adabiyotlar ro'yxatidir. Respublika, viloyat gazetalarida ,,Yangi kitoblar“,,,Kitoblar orasida“, ,,Kitoblar olamida“,,,Kitob tokchasi yonida“ kabi sarlavhalar ostida adabiyotlar ro'yxati berib boriladi.



Download 47.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling