Mavzu: Bifidobakteriyalar yordamida nordon sut mahsulotlarini ishlab chiqarish Reja: Kirish
Download 61.72 Kb.
|
Bifidobakteriyalar yordamida nordon sut mahsulotlarini ishlab
Mineral moddalar. Sutdati mineral moddalar qatoriga tom ma’nosi bilan aytganda, D. I. Mendeleev davriy jadvalidagi barcha elementlar kiradi. Sutda kalsiy, kaliy, magniy, natriy, temir tuzlari, nitrat, fosfat va xlorid kislota tuzlari xamda boshqa bir qancha moddalar bor. Ularning barchaei sutda oson singiydigan bo‘ladi. Bironta ham taom organizmga sutchalik yaxshi kalsiy bermaydi. Fosfor to‘g‘risida ham shuni aytsv bo‘ladi.
Sutdagi tuzlar tarkibining muhim xususiyati shuki, unda ayrim elementlar inson uchun eng maqbul nnsbatda bo‘ladi. Bundan tashqari, sutning uzi singiydigan kalsiy beruvchi a’lo darajali manba bo‘lishdan tashqari, sut boshqa mahsulotlarda - don, sabzavot, mevalarda bo‘ladigan kalsiyning o‘zlashtirnlishini kuchaytira oladi, ham. Temir sutda nisbatan kamroq bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan tuzlardan tashqari sutda, garchi arzimas miqdorda bo‘lsa ham, ko‘pgina boshqa tuzlar bor. Kobalt, mis, rux, marganes, ftor, brom, yod, mishyak, kremniy, bor, vanadiy mikroelementlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu mikroelementlar nihoyat darajada kam bo‘lishiga qaramasdan, ular inson tanasining modda almashiiuvi jarayonlarida sarflanib turadigan xar xil suyuqliklar va shiralarning o‘rni to‘lib turishi uchun zarurdir. Masalan, mikroelementlar qon, limfa, me’da na ichak shirasi, ter, so‘lak, ko‘z yoshlari va xokazolarning o‘rni to‘lib turishi uchun xizmat qiladi. Ularning ishtiroki bo‘lmasa, qalqonsimon bez, jinsny bezlar va boshqalar singari muhim ichki sekresiya bezlarining ishlab turishi mumkin bo‘lmas edi. Ovqatda mikroelementlar yetishmay qolishi salomatlikka putur yetkazishi mumkin. Masalan, misning qon gemoglobini hosil bo‘lishi uchun zarurligi, kobaltning V vitamini tarkibiga kirishi, ruxning ko‘payish jarayonlarida ishtirok etishi, marganesning oksidlanish- qaytarilish jarayonlarida va S, V vitaminlari hosil bo‘lishida qatnashishi aniqlangan. Organizmda litiy yetishmay qolishi ruhiy kasalliklar paydo bo‘lishiga olib keladi, ftor tishlarning karies bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Vanadiy bo‘lmay qolishi o‘sishning sekinlashib qolishiga olib boradi. Ovqatda yod yetishmasligi og‘ir qalqonsimon bez kasalligiga sabab bo‘ladi. Sutda sitrat (limon) va fosfor kislotalari mavjud. Limon kislotasining ahamiyati, shundan iboratki, u ivitilgan sut mahsulotlari tayyorlash uchun xushbo‘y moddalar hosnl bulishida ishtirok etadi. Mineral tuzlar organizmda ishqor-kislota muvozanatini saqlab turadi. Sutdagi mineral tuzlar miqdori nisbatai o‘zgarmas buladi, chunki ular oziqada yetishmaydigan bo‘lsa, hayvonning suyak tuqimasidan sutiga o‘tadi. Download 61.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling