Mavzu: Bifidobakteriyalar yordamida nordon sut mahsulotlarini ishlab chiqarish Reja: Kirish
Download 61.72 Kb.
|
Bifidobakteriyalar yordamida nordon sut mahsulotlarini ishlab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyot Kirish
Mavzu: Bifidobakteriyalar yordamida nordon sut mahsulotlarini ishlab chiqarish Reja: Kirish Sutning oziqaviy tarkibi va qiymati Sutga dastlabki ishlov berish Nordon sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni Probiyotik xususiyatlarga ega fermentlangan sutli ichimliklar ishlab chiqarish Xulosa Foydalanilgan adabiyot Kirish Respublikamiz aholisining to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil etishda yuqori biologik qiymatga ega bo‘lgan sut mahsulotlarini ahamiyati juda katta. Sut va sut mahsulotlari texnologiyasi fundamental fanlar yutuqlariga asoslanib doimiy rivojlanish va takomillashishda bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlari texnologiyasi xom ashyodan ma’lum, oldindan belgilangan xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot olishga qaratilgan. Buning uchun, avvalo, xom ashyoni barcha qimmatli tabiiy xususiyatlarini uni sut fermalarida olinishidan boshlab savdo tarmog‘iga berilgunicha qadar vaqt mobaynida saqlab qolish zarur bo‘ladi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal etilishiga sutni qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilishi, ishlov berilishi, uni sut maxsulotlariga qayta ishlanishi texnologik jarayonlarini yaxlit, uzluksiz zanjirini yaratish yo‘li bilan erishiladi. Zamonaviy ilmiy maʼlumotlarga ko‘ra, sutda 200 dan ortiq har xil tarkibiy qismlar bor va qulay tarzda muvozanatlashgan 20 ta aminokislota, 147 tadan ortiq yog‘ kislotalari, sut qandi yaʼni laktoza, turli xil mineral moddalar, mikroelementlar, hozir maʼlum bo‘lgan vitaminlarning barcha turlari, pigmentlar, fosfatidlar, sterinlar, fermentlar, gormonlar va normal hayot faoliyatini saqlab borish uchun organizmga zarur bo‘lgan boshqa moddalar shular jumlasidandir. Sut mineral moddalar kalsiy, kaliy, natriy, magniy, fosfor, temir va h.k. lar tuzlaridan iborat bo‘ladi. Ularning hammasi kishi organizmi uchun katta ahamiyatga ega. Sutdagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar kishi organizmida deyarli to‘la hazm bo‘ladi. Bir litr sut taxminan 670 kkal beradi. Sutning tarkibi doim bir xil bo‘lmaydi va ular sigirning nasli va yoshiga, parvarish qilinishi, boqilishi, sog‘ilishi davrining davomiyligiga va boshqa sababiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillardan eng asosiysi – chorvaning boqilishi va nasli hisoblanadi. Yaxshi boqim sut sog‘imini oshiradi, uning tarkibi va sifatini yaxshilaydi. Respublikamizda sut sanoati ilg`or texnologiya bilan jihozlangan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bu tarmoq tizimiga sut, achitilgan sut mahsulotlari, qaymoq, sariyog`, pishloq, sut konservaralari, muzqaymoq, kazein va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Sut va sut mahsulotlari aholining noyob ozuqaviy modda-oqsilga bo'lgan talabini qondirishida iste'mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini yaxshilashda muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli, sut sanoati tarmog`ini rivojlantirishga aloxida e'tibor berilmoqda. So'nggi yillarda sut sanoati korxonalarida kichik yoshdagi bolalar uchun sut mahsulotlari buzoqlarini boqishda foydalanadigan sut ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Sariyog`, qattiq va yumshoq pishloq, brinza, texnik xamda ozuqa kozeini ishlab chiqarish xajmi ko'paymoqda. Axolining sut va sut mahsulotlariga bo'lgan talabini to'laroq qondirish va mahsulot sifatini oshirish maqsadida xorijiy mamlakatlari bilan hamkorlikda qo'shma korxonalar barpo etilmoqda. Sut-sut emizuvchi hayvonlarning sut bezlari faoliyati natijasida hosil bo`lib, och-sarg`ish rangli, o'ziga xos hid va sal shirinroq ta'mga ega bo`lgan suyuqlikdir. Hayvon organizmida sutning hosil bolishi yemish tarkibidagi ozuqaviy moddalarning chuqur va murakkab o'zgarishi va sut bezlari hujayralarida moddalarning yangidan sintez bo`lishi natijasida ro'y beradi. Sutning tarkibida inson organizmining normal rivojlanishi uchun zarur bo`ladigan oqsil, yog', sut shakari, mineral tuzlar, suv, organik kislotalar, vitaminlar, fermentlar va boshqalar mavjuddir. Ovqatga va qayta ishlash uchun sigir, qo'y, tuya, bug'u, echki sutlari ishlatiladi. Lekin hozirgi kunda respublikamizda qayta zarur bo'lgan kalsiyni olar ekan. Shuningdek, boshqa mahsulotlarga nisbatan fosforga boyligi bilan ham ajralib turadi. 100 g pishloqda fosforning miqdori 0,4-0,6 grammga teng. Bu esa organizm uchun ishlatiladigan va aholi iste'mol qiladigan asosiy sut sigir suti hisoblanadi. Download 61.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling