Mavzu: Bifidobakteriyalar yordamida nordon sut mahsulotlarini ishlab chiqarish Reja: Kirish
Sutning oziqaviy tarkibi va qiymati
Download 61.72 Kb.
|
Bifidobakteriyalar yordamida nordon sut mahsulotlarini ishlab
Sutning oziqaviy tarkibi va qiymati
Ovqatga ishlatish uchun asosan sigir sutidan foydalaniladi. Axoli tomonidan iste’mol qilinadigan sutning 95 foiziga yaqinini sigir suti tashkil etadi. Shu munosabat bilan asosan, sutning shu turi xaqida so‘z yuritamiz. Sut to‘g‘risida, xozirgi kunga qadar tuplab kelingan katta xajmdagi ilmiy va amaliy bilimlar odamzot uchun bebaxo qimmatga ega bo‘lgan shu boylikni munosib ravishda qadrlashga imkon beradi. Sutni o‘simliklarning yashil bargi, ipak qurtning pillasi bilan bir qatorda haqli ravishda yer yuzidagi yetti mo‘jizaning biri desa bo‘ladi. Ona qonining tarkibiy qismlaridan endigina bunyodga kelgan xayotni tiklab berish uchun zarur bo‘lgan yangi bir narsa hosil bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bola uchun u birmuncha vaqt davomnda birdan bir zarur oziq-ovqat vazifasini o‘taydi. Shuning uchun ham sutning fiziologik vazifasi tirik organnzmning barcha ehtiyojlarini qondirib turishdan iborat. Shu munosabat bilan tabiat sut to‘g‘risida alohida gamxo‘rlnk ko‘rsatganki, bu - tasodifiy emas. U sutni biologik aktiv moddalar bilan serob qilgai, serob qilganda ham bularni unga eng foydali nisbatlarda ato etgan. Zamonaviy ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra sutda 200 dan ortiq juda qimmatli har xil tarkibiy qismlar jamul-jam, qulay tarzda muvozaiatlashgan 20 ta aminokislota, 147 tadan ortiqroq yog‘ kislotalari, sut qandi, ya’ni laktoza, turli xil mineral moddalar, mikroelementlar, hozir ma’lum bo‘lgan vitaminlarning barcha turlari, pigmentlar, fosfatidlar, sterinlar, fermentlar, gormonlar va normal hayot faoliyatni saqlab borish uchun organiemga zarur bo‘lgan boshqa moddalar shular jumlasidandir. Sutda uglevodlar, yoglar, oqsillar va mineral tuzlar hammasidan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi. Vitaminlar, fermentlar, mikroelementlar, gormonlar, immun tanalar va shu kabi nihoyat kam miqdorda bo‘ladigan boshqa moddalar yuksak darajada biologik aktivlikka ega bulib, inson uchun oziq- ovqat sifatida g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Sut tarkibi o‘zgarib turadi. Bu talaygina omillarga: mol sog‘lig‘ining ahvoli, uni boqnsh va asrash sharoitlari, signrlarning zoti va individual xususiyatlari, yoshi va tashqi muhit sharoitlari, sut sog‘ib olish usuli, uning sifati ustidan nazorat qilishning qanday tashkil etilganiga bog‘liq. Sutni qayta ishlovchi korxonalariga olib kelinadigan sut sifatini o‘rganish natijasida sutdagi yog‘ miqdori o‘rtacha 3,55% bo‘lib chiqqani holda ayrim respublikalar bo‘yicha bu miqdor o‘zgarib, 3,36-3,8% ni tashkil etishi aniqlandi. Sutdagi umumiy oqsil miqdori ayrim respublikalar bo‘yicha ham 2,96% dan 3,3% ni tashkil etdi. Asosiy oqsil (kazein) miqdori 2,09 - 2,79%, zardob oqsillari miqdori 0,42—0,51%, nooqsil azotli moddalar miqdori 0,17—0,38% atrofida o‘zgarib turdi. Laktoza miqdori 4,40% dan 4,80% gacha bo‘lib, o‘rtacha 4,62% ni tashkil etdi. K. V. Markova ma’lumotlariga qaraganda mamlakatda boqiladigan asosiy zotdor sigirlar sutidagi laktoza miqdori, 4,5—5% ni tashkil etadi. Uning 4,5% dan kam miqdori yetarli zmas deb hisoblanadi. Tekshirish o‘tkazilgan davr ichida sutdagi umumiy quruq moddalar miqdori ayrim respublikalar bo‘yicha 11,6% dan 12,66% gacha o‘zgarib turgani xolda o‘rtacha 11,93% ni tashkil etdi. Olingan ma’lumotlar sutning ximiyaviy tarkibi eng yuqori ko‘rsatkichlar bilan ta’riflanadigan zonalarni tanlab olishga imkon berdi. Bularga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Rossiyaning G‘arbiy Sibir rayoni kiradi. Sutning asosiy tarkibiy qismlarini qisqacha ta’riflab, inson salomatligi uchun ularning qanday ahamiyati borligini ko‘rsatib beramiz. Download 61.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling