Mavzu: Bilish falsafasi (gnoseologiya) REJA: 1. Bilish va bilim tushunchalari. 2. Bilimning asosiy shakllari. 3. Bilishning hissiy, mantiqiy va intuitiv darajalari. 4. Falsafada haqiqat muammosi. “Gnoseologiya” tushunchasi - Gnoseologiya atamasi yunoncha gnosis - bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so’zlaridan kelib chiqqan. Ma’nosi – “bilish haqidagi ta’limot (fan)”. Falsafiy adabiyotlarda “bilish nazariyasi” deb ham tarjima qilingan. Gnoseologiya ong, bilish, bilimni o’rganish bilan shug’ullanadi.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafa fani bo’limi bo’lib, unda: 1)insonning dunyoni bilish imkoniyati; 2)insonning o’zlikni anglash jarayoni; 3)bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi; 4)bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o’zaro nisbati o’rganiladi. - Gnostiklar fikricha olamni bilish mumkin va inson bilimlar vositasida olamni o’ziga mos ravishda o’zgartiradi.
- Agnostiklar esa olamni bilish mumkin emas va inson dunyoni bilishga qodir emas, deb hisoblaydilar.
- Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar, lekin bilimlarning haqiqiyligiga shubha bilan qaraydilar.
- Bilim – inson ong yordamida oladigan dunyo haqidagi ma’lumotlarning eng oliy darajasidir. Bilim shakllari xilma – xildir. Xususan, kundalik bilim, nazariy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy bilim va h.k. Tabiat, odamlarning o’zlari, ularning yashash sharoti, ijtimoiy aloqalari va hokozalar tug’risida elementar bilimlar beruvchi kundalik – amaliy bilimlar bilishning tarixan eng birichi shakli hisoblanadi.
Diniy bilim - Diniy bilim insoniyat to’plagan tajribaga tayanib, inson hayotining muhum ko’rinishlari, chunonchi: oila va turmushdagi hulq-atvor, axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga munosabatni tartibga soladi. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat borlig’ining mazmunini aniqlashdan iborat .
Do'stlaringiz bilan baham: |