- Hissiy bilish shakllari quydagilarga bo’linadi: sezgi, idrok, tasabbur. Sezgi – narsalar, ayrim hossalarining sezgi a’zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi hisoblanadi. Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi Yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi.
Hissiy bilish shakllari - Tasavvurlar – bu bir payitlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko’rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo’yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir. Tasavvur xotira bilan uzviy bog’liq. Xotira o’tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o’tishini ta’minlaydi.
Ilmiy bilish darajalari - Bilishning yuqori darajasi – aqliy (mantiqiy) bilishdir. Mantiqiy bilishning asosiy 3 ta shakli bor: tushuncha, mulohaza, xulosa chiqarish. Falsfa tarixida inson dunyoni faqat aql (idrok) yordamida bilish mumkin, deb hisoblaganlar rasionalistlar (ratio-aql) deb ataladi. Ularning fikricha, sezgilarga ishonib bo’lmaydi, ular bizga notug’ri ma’lumot berishadi.
Mantiqiy bilish shakllari - Tushuncha – narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi fikr.
- Mulohaza – biror narsa-hodisa haqidagi tasdiqlab yoki rad etilib aytilgan fikr.
- Xulosa chiqarish – bir yoki undan ortiq fikrdan mantiqiy qoidalar asosida yangi fikr hosil qilishdir.
Ilmiy bilish darajalari - Ilmiy bilishning oliy darajasi – intuitiv, qalban bilishdir.
- Intuisiya – haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab etish qobiliyatidir. Lekin bu qobiliyat faqat ayrim shaxslargagina xosdir. Faqat iste’dodli, mehnatkash va tirishqoq odamlargina intuitiv bilish qodir.
- Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. Haqiqat inson bilimlarining voqelikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi hisoblandi. Haqiqat o’zining mazmuniga ko’ra mutlaq va nisbiy bo’lishi mumkin.
Haqiqat tushunchasi - Mutlaq haqiqat – predmetni kelajakda to’ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin bo’lmagan tarzda to’la, mukammal bilishdir.
- Nisbiy haqiqat – kelajakda to’ldirirlishi mumkin bo’lgan bilimdir.
- Ob’ektiv haqiqat – bilimlarimizning inson va insoniyatga bog’liq bo’lmagan mazmuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |