Mavzu: Bilish falsafasi (gnoseologiya) reja: 1


Download 8.84 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi8.84 Kb.
#1832036
  1   2   3
Bog'liq
5-Mavzu BILISH

Mavzu: Bilish falsafasi (gnoseologiya) REJA: 1. Bilish va bilim tushunchalari. 2. Bilimning asosiy shakllari. 3. Bilishning hissiy, mantiqiy va intuitiv darajalari. 4. Falsafada haqiqat muammosi.

“Gnoseologiya” tushunchasi

  • Gnoseologiya atamasi yunoncha gnosis - bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so’zlaridan kelib chiqqan. Ma’nosi – “bilish haqidagi ta’limot (fan)”. Falsafiy adabiyotlarda “bilish nazariyasi” deb ham tarjima qilingan. Gnoseologiya ong, bilish, bilimni o’rganish bilan shug’ullanadi.

Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafa fani bo’limi bo’lib, unda: 1)insonning dunyoni bilish imkoniyati; 2)insonning o’zlikni anglash jarayoni; 3)bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi; 4)bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o’zaro nisbati o’rganiladi.

Dunyoni bilish mumkinmi

  • Gnostiklar fikricha olamni bilish mumkin va inson bilimlar vositasida olamni o’ziga mos ravishda o’zgartiradi.
  • Agnostiklar esa olamni bilish mumkin emas va inson dunyoni bilishga qodir emas, deb hisoblaydilar.
  • Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar, lekin bilimlarning haqiqiyligiga shubha bilan qaraydilar.

Bilim shakllari

  • Bilim – inson ong yordamida oladigan dunyo haqidagi ma’lumotlarning eng oliy darajasidir. Bilim shakllari xilma – xildir. Xususan, kundalik bilim, nazariy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy bilim va h.k. Tabiat, odamlarning o’zlari, ularning yashash sharoti, ijtimoiy aloqalari va hokozalar tug’risida elementar bilimlar beruvchi kundalik – amaliy bilimlar bilishning tarixan eng birichi shakli hisoblanadi.

Diniy bilim

  • Diniy bilim insoniyat to’plagan tajribaga tayanib, inson hayotining muhum ko’rinishlari, chunonchi: oila va turmushdagi hulq-atvor, axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga munosabatni tartibga soladi. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat borlig’ining mazmunini aniqlashdan iborat .

Download 8.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling