Mavzu: bilish nazariyasi


Download 96 Kb.
bet1/16
Sana13.05.2023
Hajmi96 Kb.
#1457068
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
8 mavzu. Bilish nazariyasi


MAVZU: BILISH NAZARIYASI.


reja:

  1. Bilishning mazmuni va moxiyati. Falsafa tarixida bilishga oid qarashlar evolyusiyasi.

  2. Bilimning asosiy turlari va shakllari. Bilishda sub’ekt va ob’ektning o‘zaro aloqasi. Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o‘zaro aloqasi va farqi.

  3. Xaqiqat bilish mezoni. Xaqiqatning asosiy shakllari va konsepsiyalari.

  4. Amaliyotning premeti va maqsadi. Amaliyot va faoliyatning mutanosibligi.



Tayanch tushunchalar
Dunyoni anglash, in’ikos, psixika, til, o‘z-o‘zini anglash, Ijtimoiy ong, individual ong, odatiy va nazariy ong, ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy mafkura, milliy mafkura, axborot dunyosining globallashuvi, Bilish, gnoseologiya, bilim, kundalik (empirik) bilim, nazariy bilim, bilish ob’ekti, bilish sub’ekti, hissiy bilish, mantiqiy bilish, nazariya, haqiqat, nisbiy haqiqat, mutlaq haqiqat


GNOSEOLOGIYANING MOHIYATI VA MAZMUNI. «Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, Shu jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan.


GNOSEOLOGIYADA QUYIDAGILAR O‘RGANILADI:
1. insonning dunyoni bilish imkoniyati;
2. insonning o‘zlikni anglash jarayoni;
3. bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi,
4. bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati o‘rganiladi.
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o‘z-o‘ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko‘ramiz. Biroq bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go‘yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu ko‘rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling