Mavzu: bilish nazariyasi
Download 96 Kb.
|
8 mavzu. Bilish nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BILIM SHAKLLARI
- O‘yin vositasidagi bilim
Bilish predmeti – bu izlanayotgan fikrning diqqat markazidan o‘rin olgan muayyan jihatlar. Masalan, inson juda ko‘p fanlar – biologiya, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, falsafa va hokazolarning tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Biroq ularning har biri insonni o‘rganishga o‘z nuqtai nazaridan yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq-atvorini, tibbiyot – insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini o‘rganadi va h.k. Binobarin, tadqiqot predmetiga tadqiqotchining muhim mo‘ljali kiradi, ya’ni u tadqiqot vazifasi nuqtai nazaridan shakllanadi.
Ma’lumki, inson tarix yaratuvchisi, sub’ekti hisoblanadi, o‘z tarixiy mavjudligining zarur shart-sharoitlari va asoslarini o‘zi yaratadi. Ijtimoiy-tarixiy bilish ob’ekti odamlar tomonidan nafaqat o‘rganiladi, balki yaratiladi ham, demak, ob’ektga aylanishdan oldin u yaratilishi, shakllantirilishi lozim. BILIM SHAKLLARI - Inson o‘zini qurshagan olamni anglab etadi, uni har xil usullar yordamida o‘zlashtiradi. Kundalik amaliy bilim. Tabiat haqida, shuningdek odamlarning o‘zlari, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‘g‘risida elementlar bilimlar beruvchi kundalik-amaliy bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan. Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam bo‘lsa-da, biroq tartibsiz, tarqoq xususiyatga ega bo‘ladi, ma’lumotlar, qoidalar va shu kabilarning oddiy majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi juda rang-barang. U sog‘lom fikr, e’tiqodlar, belgi-alomatlar, shaxsiy tajribadan chiqarilgan dastlabki xulosalar, ularning an’analar, rivoyatlar, o‘gitlar va hokazolarda ifodalangan ko‘rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. O‘yin vositasidagi bilim nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri hisoblanadi. O‘yin jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta hajmini o‘zlashtiradi, madaniy boylik – ishga doir o‘yinlar, sport o‘yinlari, aktyorlarning o‘yinlari va shu kabilarni qon-qoniga singdiradi. O‘yin bolalarning qiziquvchanligini qondirish, ularning ma’naviy dunyosi va ma’lum bilimlari, o‘zaro til topish ko‘nikmalari va shu kabilarni shakllantirishda muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling