Mavzu: bilish nazariyasi


Download 96 Kb.
bet9/16
Sana13.05.2023
Hajmi96 Kb.
#1457068
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
8 mavzu. Bilish nazariyasi

His qilish - inson bilishining shunday shakliki, unda kishi o‘z-o‘ziga, atrofdagi narsa, hodisalarga, kishi yoki kishilarga bo‘lgan munosabatida o‘zining muayyan holatga kirishi, muayyan holda bo‘lishidir.
Sezgi esa hissiy bilishning dastlabki shakllaridan bo‘lib, u insonning borliqni bilishining ma’lum shaklidir. Sezgilar insonning sezgi a’zolariga borliqdagi predmet va hodisalarning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida yuzaga keladigan hissiy obrazlardir. Sezgilarni hosil qiluvchi bunday sezgi a’zolari insonda tashqi va ichki holatlarda joylashgan bo‘lib ular: ko‘rish, ta’m bilish, hid bilish, teri sezgisi va eshitish sezgi a’zolaridir, qolganlari ichki sezgi a’zolari hisoblanadi.
Idrok his qilish va sezgidan farqli o‘laroq, borliqdagi predmet va hodisalarni yaxlit holda, bir butun ko‘rinishda ularning hamma asosiy tashqi belgi va xususiyatlarini umumlashtirgan holda in’ikos ettiruvchi hissiy bilishning nisbatan yuqoriroq shaklidir. Idrok predmet va hodisalarning bir butun yaxlit hissiy obrazidir. U o‘zida his qilish va sezgilar shakllaridagi obrazlarni jamlab ifodalovchi xususiyatga ega.
Biroq insonning hissiy bilishi idroklar bilan ham cheklanib qolmaydi. Hissiy bilishda xis qilish, sezgilar va idroklar shakllarida yuzaga kelgan hissiy ma’lumotlar inson miyasida qayta ishlanib, hissiy bilishning yangi, yuksakroq shaklini hosil qiladi. Bu tasavvurdir.
Tasavvur - ilgari idrok etilgan, ammo ayni vaqtda bevosita idrok etilmayotgan predmet va hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan hissiy obrazdir. Tasavvurning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u borliqdagi predmet va hodisalar bilan ayni vaqtda bevosita bog‘lanishda bo‘lmagan holda, ularning ilgarigi paydo bo‘lgan obrazlari asosida qayta tiklanishidir. Ammo inson o‘z tasavvurida, shu bilan birga oldin idrok etilgan predmet yoki hodisaga, ularga o‘xshash yangi predmet va hodisalarning hissiy obrazlarini ham hosil qilishi mumkin. Masalan, hozir biz mustaqil O‘zbekistonning mavjud imkoniyatlari, shart-sharoitlaridan kelib chiqib, uning kelajakda rivojlangan mamlakatlar safidan o‘rin olishi, ya’ni buyuk davlat bo‘lishini tasavvur qilmog‘imiz mumkin.
Umuman olganda, insonning hissiy bilish shakllari ma’lum darajada cheklangan, bir tomonlama, to‘liq bo‘lmagan bilishdir.
Inson borliqdagi predmet va hodisalarning ichki tomonlarini, ularning o‘zgarish va rivojlanish qonunlarini, bir so‘z bilan aytganda ularning mohiyatini faqat aqliy bilish orqaligina bila oladi.
Aqliy bilish - predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning borliqni aqliy bilishi - bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarning fikr shakllarida bilishdir. Aqliy bilish borliqdagi predmet va hodisalarning inson miyasidagi umumlashgan, mavhumlashgan va konkretlashgan fikriy ifodalanishidir.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling