Mavzu: bilish nazariyasi


Haqiqatning korrespondent, kogerent va pragmatik konsepsiyalari


Download 96 Kb.
bet12/16
Sana13.05.2023
Hajmi96 Kb.
#1457068
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
8 mavzu. Bilish nazariyasi

Haqiqatning korrespondent, kogerent va pragmatik konsepsiyalari mavjud. Ularning har biri fanda rivojlanish jarayonida katta qiyinchiliklarga duch keladi.
Haqiqatning korrespondent konsepsiyasi nazariyaning tajribada olingan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lishini talab qiladi. Bu talab fanda qabul qilinadi, u taklif qilinayotgan gipoteza fan sohasiga taalluqli yoki taalluqli emasligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kogerent (nazariy) konsepsiya eksperimentga muvofiq bo‘lishi, unga zid kelmasligi, uning natijalarini bashorat qilish imkonini berishi lozim. Masalan, neopozitivistlar eksperimentni nazariya to‘g‘ri ekanligining mukammal tavsifi deb hisoblaganlar. Nazariya eksperimentda tekshiriladi, verifikatsiya qilinadi: u yo mazkur sinovdan muvaffaqiyat bilan o‘tadi, yo o‘tmaydi; u yo to‘g‘ri, yo noto‘g‘ri. K.Popper bu fikrda kamchilik topdi: hamonki nazariyalar ertami, kechmi inkor etilar, falsifikatsiya qilinar ekan, ularning eksperimentga avvalgi muvofiqliklari amalda haqiqiy sinov hisoblanmaydi. Popperga e’tiroz bildirish mumkin: agar nazariya eksperimentda olingan ayrim ma’lumotlar bilan ziddiyatga kirishgan bo‘lsa, bu nazariyadan mazkur ma’lumotlarni sharhlash uchun foydalanish mumkin emas, biroq u boshqa eksperimental ma’lumotlar uchun o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Fanda yangi nazariya eskisini doim ham istisno etavermaydi. Fizikada ba’zi bir fizik hodisalarni talqin qilish uchun Nyuton mexanikasidan hozirgacha foydalaniladi. Vaholanki, u eng yangi fizik nazariyalar bilan rad etilgan. Nyuton mexanikasi nisbiylik nazariyasi va kvant fizikasining ayrim, nisbatan sodda ko‘rinishi sifatida o‘z ahamiyatini saqlab qolgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, eksperimentda nazariyaning u yoki bu ayrim qoidasi emas, balki umuman nazariya sinovdan o‘tadi yoki rad etiladi. Har qanday muayyan qoida umuman nazariya mahsulidir. Shu sababli eksperiment butun nazariyaga nisbatan tatbiq etiladi.
Haqiqatning pragmatik konsepsiyasida amaliyot mezoni ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksperiment tushunchasi bilan bog‘lanadi. Biroq ilmiy amaliyot faqat eksperimentdan iborat emas, u fanda qo‘llaniladigan butun maydonni, uning inson uchun hayotiy ahamiyatini qamrab oladi. Shuni hisobga olganda, insonning butun hayoti, uning fandan amalda foydalaniladigan barcha jabhalari fanning haqiqiyligini sinash maydoniga aylangan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Fanning sertarmoq, murakkab xususiyati uni talqin qilishga jiddiy talablar qo‘yadi. Fanning kuchi nimada? U qanday ideallarga ega? Fandan «Hodisalar qanday yuz beradi?» yoki «Ular nima uchun aynan shunday yuz beradi?» degan savolga javob berishni talab qilishning o‘zi kifoyami? Fan san’at, dinga, inson hayotining boshqa sohalariga zid emasmi? Fan insoniyatni pirovard natijada halokatga olib kelmaydimi?, degan savollar fanning haqiqatni bilish jarayonida shakllangandir.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling