Mavzu: bilish nazariyasi


Download 96 Kb.
bet13/16
Sana13.05.2023
Hajmi96 Kb.
#1457068
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
8 mavzu. Bilish nazariyasi

Isbotlash va rad etish. Fanning u yoki bu qoidasining haqiqiyligi yoki soxtaligi, aniq-ravshan ko‘rinib turmaydi. Faqat eng sodda mulohazalar o‘zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun sezgi idrokidangina foydalanishni talab qiladi: ko‘rsatish mumkin bo‘lgan narsani isbotlashning hojati yo‘q.
Fanning aksariyat qoidalari sezgi a’zolari orqali bilish darajasida va boshqa haqiqatlardan alohida emas, balki mantiqiy tafakkur darajasida, boshqa haqiqatlarga bog‘langan holda, ya’ni isbotlash yo‘li bilan haqiqiy deb qabul qilinadi. Isbotlash – ilmiy tafakkurning muhim vositasi.
Ob’ektiv haqiqatbilimlarimizning inson insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan mazmuni. Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy guruhga bog‘liq bo‘lgan unsur mavjud bo‘ladi. Binobarin, o‘z bilimlarimizda sub’ektiv unsurlarga bog‘liq bo‘lmagan va shu sababli ob’ektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob’ektiv haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.
Nisbiy haqiqat – bu bizning borliqdagi predmet va hodisalar to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri, lekin to‘liq bo‘lmagan bilish jarayonida tuzatilib, to‘ldirilib borilishi lozim bo‘lgan bilimlarimizdir.
Mutlaq haqiqat esa – bu borliqdagi predmet va hodisalar haqidagi har tomonlama to‘liq, aniq, mukammal, kelgusida tuzatilmaydigan, to‘ldirilmaydigan bilimlardir. Bunday bilimlar inson tafakkurining ob’ektga cheksiz yaqinlashib borishi asosida, cheksiz nisbiy haqiqatlarning jami sifatida qaror topadi. Bu jihatdan nisbiy va mutlaq haqiqatlar o‘zaro chambarchas bog‘liqdir, ular bir-birlaridan ajralmasdir, har qanday mutlaq haqiqat nisbiy haqiqatlarning cheksiz birligidan yuzaga keladi. Har bir nisbiy haqiqatda mutlaq haqiqatning donasi, zarrasi, ulushi mavjud bo‘ladi. Shu asosda inson bilishi nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqatga tomon boradi. Inson bilishi hech qachon mutlaq haqiqatga to‘liq ega bo‘lmaydi, balki unga cheksiz yaqinlashib boradi.
DOGMATIZM insonning borliqni bilishida bilimlarning mutlaq tomonlarini bo‘rttirib, ularning nisbiy tomonlarini inkor etishdir. U faqat mutlaq haqiqatni e’tirof etib, bilimlarga o‘zgarmas, qotib qolgan bilimlar sifatida qaraydi. Shu bilan birga, dogmatizm inson bilishiga oid u yoki bu qoidani aniq sharoit, joy va vaqt bilan bog‘lanmagan holda olib, uni hamma vaqt har qanday sharoitda qo‘llash natijasida kelib chiqadi. Dogmatizm inson bilish faoliyatining hamma sohalarida ham namoyon bo‘lishi mumkin. U insonning borliqni bilishga, uni amaliy va nazariy o‘zlashtirish va o‘zgartirishiga to‘sqinlik qiladi.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling