Mavzu: bilish nazariyasi
Download 96 Kb.
|
8 mavzu. Bilish nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hissiy bilish
- Mantiqiy bilish
- G‘oyibona bilish
Shaxsiy bilim - muqarrar tarzda intellektual salohiyatni talab qiladi. Unda nafaqat bilish borlig‘i, balki bilishga harakat qilayotgan shaxs, uning bilimga qiziqishi, bilimni talqin qilish va undan foydalanishga nisbatan shaxsiy yondashuvi, uni o‘ziga xos tarzda anglab etishi mujassamlashadi.
Shaxsiy bilim nafaqat qandaydir fikr-mulohazalar majmui, balki shaxsning kechinmalari hamdir. Shaxs bilimni shunchaki qayd etmaydi, balki u bilan birga yashaydi. Bulardan tashqari, inson bilishida bilishning qanday paydo bo‘lishi jihatidan hissiy bilish, mantiqiy bilish, intuitiv bilish, g‘oyibona bilish kabi ko‘rinishlari ham farq qilinadi. Hissiy bilish, deyilganda, odatda, insonning his qilishi sezgi a’zolari orqali predmet va hodisalarni, ularning tashqi tomonlarini, tashqi belgi va xususiyatlarini bevosita idrok qilish tushuniladi. Insonning bu bilishi, deyarli hayvonlarga ham xos bo‘lgan bilish bilan bir xil xususiyatlarga ega bo‘lgan bilishdir (lekin ular tub farqlarga ham ega). Mantiqiy bilish esa insonning predmet va hodisalarni tafakkur orqali umumlashtirib, mavhumlashtirib va konkretlashtirib, ularni fikrda bilishidir (kuyida ular haqida alohida to‘xtalamiz). Intuitiv bilish esa, odatda kishi biror narsa yoki hodisa haqida muayyan tasavvurlar va bilimlarga ega bo‘lgan, uning fikri ma’lum muammo yoki masalani echishga yo‘naltirilgan, shu asosda o‘z fikrini rivojlantirayotgan bir paytda ro‘y beradi. Intuitiv bilish ham inson bilish jarayonining muhim jihatini tashkil qiladi va uning borliqni bilishida muhim rol o‘ynaydi. Intuitiv bilish, hissiy va mantiqiy bilishlardan farq qilib, u o‘z tabiatiga ko‘ra, hech bir bevosita hissiy idroksiz va mantiqiy muhokamasiz biron bir yangi tasavvur yoki yangi fikrning birdaniga, kutilmaganda tug‘ilishidir. G‘oyibona bilish inson bilishining shunday turiki, bunda kishi uzoq masofadan turib sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘ladigan hodisa va voqeani bilishi, xis qilishi, bu hodisa va voqeaning qanday sodir bo‘lishi unga ayon bo‘ladi. Kishilar biron ishni qilmoqchi bo‘lsa, bu ishning natijasi haqida oldindan: “Shunday bo‘lishi kerak, bunga men qat’iy ishonaman”, “oyog‘im tortmovdi”, “negadir ko‘nglim g‘ash” degan fikr va mulohazalarni aytishadi. Lekin shuni aytish kerakki, g‘oyibona bilishning hozircha mexanizmi fanga ma’lum emas. Shu sababli ko‘pincha g‘oyibona bilishni kishilar ilohiylashtirib, bunday bilish faqat aziz-avliyolarga, alohida g‘ayritabiiy kishilarga xos deb qaralib kelinmoqda. Xullas, insonning borliqni bilish hissiy bilishdan aqliy bilishga tomon, va aksincha, intuitiv bilishdan mantiqiy bilish tomon dialektik yo‘l bilan sodir bo‘ladi. Bundagi hissiy bilish va aqliy bilish bir butun inson bilishining bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq ikki: “quyi” va “yuqori” bosqichlaridir. Hissiy bilish - inson bilishining dastlabki birinchi bosqichi bo‘lib bilish jarayoni ayni shu hissiy bilishdan boshlanadi. Natijada, miyada predmet va hodisalarning tashqi tomonlari, tashqi belgilari aks etib ularni miyada signallari va hissiy obrazlari hosil bo‘ladi. Inson bilishining hissiy bilish bosqichi: his qilish, sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllarda sodir bo‘ladi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling