Mavzu: Biologiya darslarida yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish Reja


Download 273.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana09.05.2023
Hajmi273.47 Kb.
#1448762
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12 ma`ruza

1-muammo:____________________________________________________ 
__________________________________________________________________


2-
muammo:_____________________________________________________ 
__________________________________________________________________
Muammoning 
namoyon 
bo‘lish 
sabablari
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
Muammoni hal etish yo‘llari: _________________________________ 
__________________________________________________________________ 
Muammoni barataf etish tadbirlarini rasmiylashtirishda tayanch atamalar 
asosida konspekt tuzing: 
“Keys stadi” qo‘llanilganda o‘quvchilar avval o‘zlashtirgan bilimlarini yangi 
vaziyatlarda qo‘llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat 
usullarini egallaydi, shaxs sifatida aqliy rivojlanishi va kasbiy tayyorgarligi ortadi. 
O‘quvchilarning bilish faoliyatining bu tarzda tashkil etilishi ularda ijodiy 
faoliyatni tarkib toptirishga imkon yaratadi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar tomonidan tushuncha va atamalarni 
mustahkam o‘zlashtirishga zamin tayyorlash muhim o‘rin tutadi, shu sababli 
o‘qituvchi har bir bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalarni “Atamalar 
zanjiri” tizimiga keltirishi kerak. 
“Atamalar zanjiri” bu atamalar va ularning ta’riflari bo‘lib, ulardan o‘qituvchi 
o‘tgan mavzuni yakunlash, yangi o‘rganilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilarning 
bilimlarini mustahkamlash maqsadida darsning bir qismida foydalanilganligi 
sababli, lokal texnologiyalar guruhiga kiritish maqsadga muvofiq. 
Mazkur texnologiyadan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga bir necha 
usulda yondoshish mumkin. 
• O‘quvchilar kichik guruhlarga ajratilib, guruh a’zolaridan kichik konsultant 
tayyorlanadi. Kichik konsultant unga berilgan topshiriqdagi atamalar asosida guruh 
a’zolarini kartochka vositasida baholaydi. Bunda o‘quvchilar aytilgan atamalarning
izohini aytishi yoki izohga qarab atamani aniqlashi mumkin. Har bir to‘g‘ri javob 
uchun kartochka berilganligi sababli, kartochkalar soni ularning to‘plagan balini 
belgilaydi.
• O‘quvchilarga bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalar 
ro‘yxati beriladi. Ularning mazmuni va mohiyatiga ko‘ra o‘zaro mantiqiy 
bog‘langan zanjir Klaster holiga keltirish talab etiladi. Ushbu yondoshuv ko‘p vaqtni 
talab etsa-da samaradorligi yuqori bo‘lib, o‘quvchilarning mantiqiy fikr yuritish 
ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. 
• “Atamalar zanjiri”dan o‘tgan mavzuni yakunlash qismida foydalanilganda 
o‘quvchilarning kichik guruh a’zolaridan og‘zaki holda atamalarni ketma-ket 
avvalgilarni takrorlagan holda mazmuni va mohiyatiga ko‘ra o‘zaro bog‘liq holda 
yangi atama qo‘shishi talab etiladi. Guruhning birinchi ishtirokchisi bitta atama bilan 
boshlagan o‘yin yakunida guruh a’zolari soniga teng atamalar zanjiri vujudga keladi. 
Ikkinchi bosqichda mazkur atamalarga ta’rif berish va ularni izohlash talab etadi.


1 – topshiriq. Atamalar raqamini ularning ta’rifi bilan juftlang. 

Plazmid 
A Asosiy xromosomaga birika olmaydigan va asosiy 
xromosomadan mustaqil ravishda o‘z-o‘zidan 
replikatsiya 
qiladigan 
xalqasimon 
DNK 
molekulalari. 

Transmissibl 
plazmid 
B DNK zanjirining kesuvchi fermentlar.(Restriktaza) 

Avtonom 
plazmidlar 
D Xromosomadan tashqarida joylashgan o‘z-o‘zini 
replikatsiya qila oladigan ‘alqali DNK molekulasi 

Endonukleaza 
E i-RNK matritsa vositasida o‘z nusxasini sintezlab, 
genomning boshqa joyiga ko‘chib o‘tadigan 
virussimon DNK molekulasi. 

Retrotranspozon 
F Bitta hujayradan hosil bo‘lgan, irsiy jihatdan 
o‘xshash hujayralar koloniyasi.

Transpozon 
H Molekulalarning elektr maydonida joylashtirilgan 
maxsus gel ichida kattaligiga ko‘ra ajratish usuli.

Restriktaza 
G DNK 
molekulasini 
maxsus 
nukleotidlar 
izchilligiga ko‘ra bo‘laklarga bo‘luvchi ferment. 

Klon 
J Hujayra xromosomalari tarkibiga rekombinatsiya-
lana oladigan plazmid. 

Transpozaza 
I Genomdan o‘zini qirqib genomning boshqa joyiga 
ko‘chib o‘tadigan genetik tuzilma.
10 
Elektroforez 
K Transpozonlarning ko‘chib yurishini ta’minlovchi 
ferment. 
Topshiriqning javobi: 1 – D; 2 – J; 3 – A; 4 – B; 5 – E; 6 – I; 7 – G; 8 – F; 9 
– K; 10 – H.
Biologiyani o‘qitishda tezkor o‘yinlar va o‘yin mashqlardan ham foydalanish 
muhim o‘rin tutadi. Biologik diktant o‘quvchilarning o‘zlashtirgan nazariy 
bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashga imkoni yaratib, o‘quvchilar 
bilimidagi tipik xatoliklarni aniqlash imkonini beradi. SHu sababli biologiyani 
o‘qitishda o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholashda biologik 
diktantlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Masalan, “Genetik injeneriya haqida tushuncha.Irsiyatning moddiy asoslarini 
o‘rganish tarixi” mavzusida quyidagi biologik diktantdan foydalanish maqsadga 
muvofiq.
Biologik diktantning birinchi turida o‘quvchilardan nuqtalar o‘rniga mos 
keluvchi tushunchalarni qo‘yish tavsiya etiladi. 
O‘tgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimlarini nazorat qilish va baholash 
uchun topshiriqlar 

Download 273.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling