Mavzu: Biologiya darslarida yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish Reja


Download 273.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana09.05.2023
Hajmi273.47 Kb.
#1448762
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12 ma`ruza

“KORREKTURA” mashqi. O‘quvchiga qog‘ozda yozilgan matn beriladi. 
o‘quvchi matndagi xatoliklarni aniqlab tagiga chizadilar.
Masalan: Qirqbo‘g‘im ildizpoyali bir yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, poyasi serqirra, 
bo‘g‘imlarga bo‘linmagan.Barglari yirik, poyada ketma-ket o‘rnashgan. Erta
bahorda 
dala 
qirqbo‘g‘imining 
ildizpoyasidagi 
kurtaklardan 
jigarrang 
shoxlanmagan poya o‘sib chiqadi. Uning uchida spora beruvchi ikkita boshoq 
etiladi. Spora beruvchi boshoqlarda etilgan sporalar faqat suv yordamida tarqaladi. 
Bunday mashqlar 2-3 ta o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhlari o‘rtasida musobaqa 
tarzida o‘tkazilishi mumkin.
“UMUMIY TUSHUNCHALARNI ANIQLASH” Umumlashtiruvchi so‘z 
bilan mantiqiy bog‘liq bo‘lgan so‘zlarni aniqlang va tagiga chizing. 
1. Qiriqbo‘g‘im (urug‘, ildizpoya, ko‘p yillik o‘t, buta, spora, arxegoniy
urug‘kurtak, endosperm, antiridiy, zigota, spora beruvchi boshoq, sorus).
2. Gul (urug‘chi, changchi, gulkosa, murtak, endosperm, gultoj, gulqo‘rg‘on, 
urug‘).
3. Quruq meva (don, qovoq, danakli, qo‘zoq, ko‘sak, dukkak, yong‘oq, 
rezavor).
4. Bakteriya (kokk, batsilla, koloniya, mitseliy, spora, gommoz, vertitsill, gifa, 
sporangiy). 
5.Mitseliy (bakteriya, zamburug‘, gifa, gommoz, vertitsill, penitsill, qo‘ziqorin, 
kokk, achitqi, mevatana, vilt, lishaynik).
“TEGISHLI BO‘LMAGAN TUSHUNCHANI RO‘YXATDAN 
O‘CHIR” 


Berilgan so‘z va atamalar orasidan boshqalariga tegishli bo‘lmagan ortiqcha
so‘zni toping va tagiga chizing.
1. Laminariya, ildiz, tallom, xromatofor, rizoid, tuban o‘simlik. 
2. Qirqquloq, ildizpoya, ildizmeva, spora, sorus, arxegoniy.
3. Urug‘chi, changchi, gultoj, gulkosa, ndosperm, urug‘kurtak.
4. Sabzi, turp, rediska, kartoshka, lavlagi, sholg‘om. 
5. Kungaboqar, g‘o‘za, o‘rik, bodom, yong‘oq, makkajo‘xori.

Download 273.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling