Mavzu: Biologiya darslarida yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish Reja


Download 273.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana09.05.2023
Hajmi273.47 Kb.
#1448762
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12 ma`ruza

“KIM CHAQQON” O‘quvchilarga tez va xatosiz ravishda «O», «A»,«I» 
yoki boshqa harflari bor bo‘lgan o‘simlik nomlarini yozish topshiriladi.
Masalan: terak, atirgul, andiz, ebalak, na’matak, nastarin, olma va h. k.
Belgilangan vaqt ichida eng ko‘p o‘simlik nomini yozgan o‘quvchiga rag‘bat
beriladi.
2. O‘quvchi diqqat- e’tiborini bir fikrdan boshqasiga tez o‘tkaza olishini mashq
qildirish uchun ushbu mashqning vazifasini bir oz o‘zgartirish mumkin. 
O‘quvchilarga tez va xatosiz ravishda avval «O», keyin «A», so‘ngra «I» harflari 
bor bo‘lgan o‘simlik nomlarini ketma ket yozish topshiriladi. 
Masalan: olma, atirgul, andiz, olcha, nastarin, ebalak, olxo‘ri, izen, na’matak, 
oqquray, pista va h. k.


3. O‘quvchilarga bosh harfi alfavit bo‘yicha boshlanuvchi o‘simlik nomlarini 
yozish topshiriladi.
Masalan: anor, behi, do‘lana, ebalak, funariya, gilos, handalak, izen, jo‘xori, 
kaktus, lola, mingdevona, nok, olma, pista, qirqquloq va h. k.
4. O‘quvchilarga tez va xatosiz ravishda daraxt, buta, bir yillik o‘t, ko‘p yillik 
o‘tlar nomlarini yozish topshiriladi. 
5. O‘quvchilarga tez va xatosiz ravishda madaniy yoki yovvoyi o‘simlik 
nomlarini yozish topshiriladi. Bu mashq yordamida o‘quvchilarda maqsadni aniq 
va puxta tushungan holda avtomatizm darajasiga etkazilgan hatti-harakat
faoliyatini shakllantirish mumkin.
“KUZATUVCHANLIK MASHQI” O‘qituvchi o‘quvchilarga bir yoki ikkita
o‘simlikning rasmini ko‘rsatadi. O‘quvchilar xotiralarida saqlanib qolgan belgilarni 
daftarga yozadilar. 5-sinf o‘quvchilari o‘simlikning nomini, hayotiy shaklini, ildiz
turini, o‘t yoki yog‘och poya ekanligini, poyasining fazoda joylashuviga ko‘ra 
turini, bargining oddiy yoki murakkab tuzilishi, ko‘payish usuli kabi belgilarini 
yozadilar.
6-sinf o‘quvchilari esa yuqorida berilganlarga qo‘shimcha yuksak yoki tuban 
o‘simlik, bo‘limi, sinfi, oilasi, gul tuzilishi, mevasining turi, yashash joyi va 
boshqalarni yozadilar. Eng ko‘p va to‘g‘ri javob bergan o‘quvchiga rag‘bat beriladi.
Bu mashq yordamida o‘quvchilarning diqqati, ko‘rganini eslab qolish qobiliyati - 
ko‘z xotirasi ortib boradi.

Download 273.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling