Mavzu: Biologiya darslarida yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish Reja


Download 273.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana09.05.2023
Hajmi273.47 Kb.
#1448762
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12 ma`ruza

 
 
 
 
 
Biologiya kursi mazmunidagi muammoli masalalarni o‘qitishda “Keys”dan 
foydalanish yuqori samara beradi.
“Keys” – case stadies ingliz tilidan olingan bo‘lib, jarayon yoki vaziyat degan 
ma’noni beradi.
Dastlab bu texnologiyadan biznes va tadbirkorlarni o‘qitishda foydalanilgan 
bo‘lib, hozirgi paytda o‘qitiladigan fanning mazmunidan kelib chiqqan holda, tirik 
organizmlarda boradigan jarayonlarning tashqi va ichki, ob’ektiv va sub’ektiv 
omillari yuzasidan muammoli vaziyatlar yaratilib ularni hal etish uchun o‘quv 
munozaralari tashkil etiladi. 
Biologiyani o‘qitishda dastur mazmunidagi evolyusion tushunchalar etakchilik 
qilgan, shuningdek munozarali “O‘simliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi”, 
“Hayvonot olamining paydo bo‘lishi va rivojlanishi” kabi mavzularni o‘qitishda 
foydalanish mumkin. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida Keysdan foydalanish uchun o‘qituvchi: 
• Dastur mazmunidagi muammoli mavzularni aniqlashi, shu mavzularni 
o‘qitish uchun muammoli savol-topshiriqlar tuzishi; 
Бир геннинг бир 
белгига таъсири 
Бир нечта геннинг 
бир белгига 
таъсири 
Генларнинг 
белгиларга 
таъсири 
Бир геннинг кўп
белгиларга таъсири 
Табиий
танланиш 
нинг ўзига 
хос 
хусусиятлари 
Сунъий
танлаш нинг 
ўзига хос 
хусусиятлари 
Ўхшашлиги


• Dars davomida muammoli savol-topshiriqlarning qiyinchilik darajasiga 
ko‘ra yakka tartibda yoki o‘quvchilarning kichik guruhlarida mustaqil ishlarni 
tashkil etilishini aniqlashi; 
• O‘quvchilarning bilish faoliyatini mazkur muammolarni hal etish, o‘quv 
munozaralari orqali muloqotga kiritish yo‘llarini rejalashtirishi; 
• Muammoli savol-topshiriqlar asosida tashkil etilgan o‘quv munozaralarida 
yakuniy fikrni vujudga keltirishi lozim. 
Biologiyani o‘qitishda izohlashni talab etadigan biologik muammolar muhim 
o‘rin tutib, o‘quvchilarda ob’ektlarni tanish, ob’ektlar o‘rtasida bog‘lanishlarni 
aniqlashda ham Keys stadidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Quyida botanikani o‘qitishda Keys stadidan foydalanish imkonini beradigan 
muammoli masalalar berilmoqda: 
1-masala. Lishayniklar tabiatda keng tarqalgan, hattoki dengiz va okeanlardagi 
suvdan chiqib qolgan qoyalarda ham o‘sadi, lekin shaharlarda uchramasligining 
sababini aniqlang. 
2-masala. O‘rmonlarda qirqquloqlar juda ko‘p uchraydi. Qirqquloqlarning 
ahamiyatini anglagan holda o‘rmonchilar boshqa daraxtlarni kesib tashladilar. 
Natijada qirqquloqlar qirilib ketdi. Mazkur holatning sababini aniqlang va 
javobingizni sxema tarzida ifodalang. 
3-masala. Olcha va gilos mevasini chumchuq ham, qarg‘a ham iste’mol qiladi. 
CHumchuq mevani cho‘qiydi, qarg‘a yutib yuboradi. Sizningcha bu qushlarning 
qaysi biri o‘simlik uchun foyda keltiradi? 
4-masala. Oq qayin o‘rmondagi o‘simliklarning 1-raqamlisi sanaladi, ya’ni 
dastlab oq qayin o‘sa boshlaydi va o‘rmon hosil qiladi. Lekin, oq qayinli o‘rmon 
vaqtinchalik sanaladi. O‘rmonda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni sxematik tarzda 
ifodalang. 
5-masala. Ma’lumki, o‘simlikning ildiz sistemasi uning o‘sayotgan muhitga 
bog‘liq. Botqoqlikda yoki cho‘lda o‘sayotgan o‘simlikning ildizi nisbatan 
rivojlangan bo‘lishini aniqlang. 
O‘quvchilar ushbu muammoli masalalarni hal etish jarayonida avval 
o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi vaziyatda qo‘llashi, o‘z 
javoblarini dalillashi, xulosa yasashi asnosida ularning mustaqil fikr yuritish 
ko‘nikmalari rivojlantiriladi. 
Zoologiya darslarida Keys stadidan foydalanish uchun zarur bo‘ladigan 
muammoli masalalardan namunalar berilmoqda. O‘qituvchi o‘zining ilmiy 
salohiyati va pedagogik mahoratiga tayanib har bir mavzu yuzasidan muammoli 
masalalarni tuzishi va ta’lim-tarbiya jarayonida muvaffaqiyatli foydalanish yo‘llari 
belgilashi zarur. 
1-masala. Nima sababdan qushlarda diafragma bo‘lmaydi-yu, sut emizuvchilar 
uchun diafragma zarur? 
2-masala. Faraz qiling Sizga qushning skeleti berilib, uning qaysi muhitda 
yashaganligi va qanday oziq turi bilan oziqlanganligini aniqlash so‘raldi. Siz avvalo 
nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va qanday aniqlashni tavsiya etgan bo‘lardingiz? 


3-masala. Hasharotlarda yurak urushining chastotasi tana hajmiga bog‘liq 
emas. Buni qanday izohlash mumkin? 
4-masala. Qushlarda tish bo‘lmasligi qaysi organlarining o‘zgarishiga olib 
kelgan? Siz bu holatni qanday izohlaysiz? 
5-masala. Odamni operatsiyaga tayyorlash jarayonida narkoz maskasi yuz 
tomoniga qo‘yiladi. Hasharotlarni tinchlantirish uchun narkoz maskasini qaerga 
qo‘yishni tavsiya etasiz? 
Odam va uning salomatligini o‘qitishda foydalaniladigan muammoli masalalar 
nafaqat shu o‘quv fani balki avvalgi sinflarda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va 
malakalarni yangi vaziyatda qo‘llashi orqali fanlar o‘rtasidagi aloqani amalga 
oshirish, shuningdek, bilimlarni tizimga solib, yaxlit tasavvur qilish, o‘z javoblarini 
dalillashi, xulosa yasashi asnosida ularning mustaqil va ijodiy fikr yuritish 
ko‘nikmalari rivojlantiriladi 
1-masala. 150g go‘sht iste’mol qilinganda organizmda 150 kk energiya hosil 
bo‘lishiga qaramasdan, u 100g nondan hosil bo‘lgan 300 kkal energiyasiga nisbatan 
2 marta kam bo‘lishiga qaramasdan odamni to‘q tutadi. Mazkur holatning sababini 
tushuntiring. 
2-masala. Ko‘zning to‘r pardasida 2 tipdagi tayoqchasimon va kolbachasimon 
retseptorlari bo‘lgan hayvonlar, to‘r pardasida bir xil tipdagi retseptorlar bo‘lgan 
hayvonlarga nisbatan qanday afzallikka ega bo‘ladi? 
3- masala. Ko‘z soqqasida suyuqlik bilan to‘lgan shishasimon tanacha 
joylashgan. Mazkur shishasimon tanachaning suyuqlik bilan to‘lganligining 
ahamiyatini tushuntiring. Agar shishasimon tanacha havo bilan to‘lganida qanday 
o‘zgarish sodir bo‘lardi. 
4-masala. Odam organizmining 1 minutda qancha energiya sarf qilishini yurak 
urushining chastotasi (puls) yordamida quyidagi formula yordamida: 
Q = 0,2 xA- 11,3;2 aniqlash mumkin. 
Bu erda Q-energiya miqdori
A- yurak qisqarishining chastotasi (puls), qolgan kattaliklar o‘zgarmas sonlar. 
Agar odam yuragi tinch holatda 70 marta urayotgan bo‘lsa, unda bir minutda 
qancha energiya sarf bo‘ladi? Bir soatda-chi? Bir sutkada-chi? 
5-masala. Odamning nafas olish organlari butunligiga qaramasdan uzunchoq 
miyaning zararlanishi nafas olish jarayonining to‘xtashiga olib kelishining sababini 
tushuntiring. 
Biologiya o‘quv dasturidan o‘rin olgan muammoli mavzularni o‘rganishda 
Keys stadidan foydalanish muhim o‘rin tutadi. 
“Biosfera evolyusiyasi. Biogenez, No‘genez, No‘sfera” mavzusida Keysni 
quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi. 
1-topshiriq. Biosferaning no‘sfera bosqichida biosfera gomeostaz holatining 
buzilish sabablarini aniqlang. Yuzaga kelgan muammolarni tartib bilan yozing. 

Download 273.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling