Veb-kvestlarning ustunligi o‘qitishning faol metod ( uslub ) larini qo‘llaydi. Veb-kvest guruli yoki yakka holda bajarish uchun mo‘ljallanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, veb-kvest texnologiyasi orqali o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish ortadi. Har qanday veb-kvestning asosiy bo‘limi bu baholar mezonidir, ularga tayangan holda, loyiha ishtirokchilari o‘zlarini, jamoadagi o‘rtoqlarini baholashadi. Bu mezonlardan o‘qituvchi ham foydalanadi. Veb-kvest kompleks topshiriqlardan iborat bo‘lib, shuning uchun uni bajarilishini baholash bir necha mezonlarga asoslanishi kerak. Bauer-Ramazani ta’kidlashicha veb-kvest texnologiyasi: Bauer-Ramazani ta’kidlashicha veb-kvest texnologiyasi: - o‘quvchilarni muammoli topshiriqlarni bajarishda, mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi; - muloqot ko‘nikmalarini, ularning jamiyatlashuvi, bag‘rikenglikni shakllanishiga; - muammoni еchish jarayonida, o‘z harakatlarini, sheriklarini harakatlarini tahlil qilish va baholash; - fanlararo bog‘lanishni o‘qib-o‘rganish jarayonida rivojlantiradi. Shunga e’tibor qilaylikki, veb-kvest texnologiyasi tanqidiy fikrlashni rivojlantirib, materialni (mavzuni) eslab qolishga emas, muammoni qo‘yish va uni еchish uchun izlanishga intilishni ilgari suradi. Ta’lim oluvchilarni biologiya faniga bo‘lgan qiziqishini orttirish, intellektual rivojlanishini ta’minlashda ularni mantiqiy va ijodiy fikrlashga yo‘naltiradigan intellektual o‘yinlardan foydalanish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida intellektual o‘yinlardan foydalanish talabalarni mustaqil fikrlashga, ijtimoiy-ma’naviy tafakkurining kuchayishiga yordam beradigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali ularni ilm olishga bo‘lgan qiziqishlari ortishi, bilim, ko‘nikma va malakalarni chuqur egallashga katta imkoniyat yaratadi. E’tiboringiz uchun rahmat!!! E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |