Mavzu: Bir bosh bo‘lakli gaplar
Nazariy mashg‘ulotning borishi
Download 201.44 Kb.
|
Mavzu Bir bosh bo‘lakli gaplar
Nazariy mashg‘ulotning borishi: 1-bosqich: O‘qituvchi mavzuni tanishtiradi. Mashg‘ulotga zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlash 2-bosqich: Tinglovchilarning mavzuga oid bilimlari va ehtyojlarini aniqlash maqsadida og‘zaki savol-javob o‘tkaziladi: 1. Bo‘lsa , esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar orasida qanday mazmun munosabati ifodalanadi ? 2 . Ergashgan qo‘shma gap deb nimaga aytiladi ? 3. Bosh va ergash gapni izohlab bering . 4. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar nimalardan iborat ? 3-босқич. Mavzuni reja asosida yoritish: Slaydlar yordamida kichik ma’ruza., o‘quvchilarning nutqini o‘stirishning eng muhim vazifalardan biri ekanligi. Pedagog faoliyati birinchi navbatda shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iboratligi, uning bilim va malakalarini vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun yo‘naltirishga qaratilishi. 1.Ergashgan qo‘shma gaplar 2.Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar 3.Ko‘makchili qurilma yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
Bunday qo‘shma gap qismlari o‘zaro hokim-tobe munosabatda bo‘ladi . Ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nechta gap bo‘lishidan qat`i nazar , doimo ikki qismdan tashkil topadi : 1) bosh gap 2) ergash gap . Bosh gap – mazmuni izohlanayotgan gap . Ergash gap – bosh gapning mazmunini izohlab kelayotgan gap . Bu jihatdan ergashgan qo‘shma gaplar so‘z birikmalariga o‘xshab ketadi . So‘z birikmasining tarkibi ham doim ikki xil so‘zdan – hokim va tobe so‘zdan tashkil topadi . M: ulkan daraxt , sinfga kirmoq , sekin gapirmoq . Bunda : ulkan , sinfga , sekin – ergash so‘z . Daraxt , kirmoq , gapirmoq – hokim so‘z . Ergashgan qo‘shma gaplar qolipi . - bosh gap - ergash gap Bosh so‘z ergash so‘zdan oldin ham , keyin ham kelaverishi mumkin . M: Shuni bilingki , bitta so‘zning tig‘i yuzta shamshirdan o‘tkirroqdir . Bunda : Shuni bilingki – bosh gap . Bitta so‘zning tig‘i yuzta shamshirdan o‘tkirroqdir – ergash gap . Qolipi . –ki Erta eksang , erta o‘rasan . Qolipi . –sa Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar Ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog‘lanadi : 1) ergashtiruvchi bog‘lovchilar ; 2) ko‘makchili qurilmalar ; 3) yuklamalar (-ki ) 4) nisbiy so‘zlar (kim-o‘sha , nima-shu , qayer-shu yer ) 5) deb so‘zi va boshqalar .
Bosh gapdan ifodalangan mazmunning sababi , maqsadi , sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab (chunki , negaki ) , maqsad (toki ) , shart ( agar , agarda , maboda , basharti ) , qiyoslash –chog‘ishtiruv (go‘yo , xuddi , go‘yoki ) ergashtiruvchi bog‘lovchilari yordamida bog‘lanadi . Sabab , maqsad , qiyoslash -chog‘ishtiruv bog‘lovchilari ergash gap boshida qo‘llanadi va ergash gap bosh gapdan so‘ng qo‘llanadi . Bunday vaqtda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi . M : Bu masalani sinfda muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin . Ular mening aytganimni qilishadi , chunki men oilaning kenjatoyiman . Sinf jim-jit , go‘yo hamma yoqqa suv quygandek . Shart bog‘lovchilari gap boshida keladi . Ergash gap kesimi esa shart maylidagi fe`llar bilan ifodalanadi . Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi . Ko‘pincha shart bog‘lovchisi qo‘llanmasa ham , shart mayli shakli qo‘shma gap qismlarini bog‘layveradi . M: Agar boshingga qilich kelsa ham , to‘g‘ri gapir . Agar Olloh oldida javobgar bo‘lsang , boshing , shaksiz , kesilgay . Ona yurting omon bo‘lsa , rangi-ro‘ying somon bo‘lmas . Ko‘makchili qurilma yordamida ergashgan qo‘shma gaplar Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun , shu tufayli , shu sababli singari ko‘makchili qurilmalar vositasida bog‘lanadi . Ular bosh gap tarkibida keladi . M: Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik , shu sababli mo‘l hosil oldik . Giyohvandlik –insoniyat kushandasi , shu tufayli dunyo unga qarshi kurashmoqda . Ilmsiz inson - mevasiz daraxt , shuning uchun hamisha ilmlilar safida bo‘l . Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini , sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko‘pincha deb so‘zi yordamida bog‘lanadi va ergash gaplarning kesimi III shaxs buyruq mayli shaklidagi fe`llar bilan ifodalanadi . Bunday gaplar tarkibida deb so‘zi uchun ko‘makchisi bilan ma`nodosh sanaladi , shuning uchun bir-biri bilan erkin almasha oladi . Deb so‘zi aksar hollarda ergash gapning oxirida keladi va yozuvda undan keyin vergul qo‘yiladi . She`riy misralarda o‘rni almashishi ham mumkin . M : Yovlar yakson bo‘lsin deb (uchun) , Yigitlar jang boshladi . O‘quvchilar o‘qisin deb , yangi kitoblar keltirdik . Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb chiroq , Ne aziz zotlarga yondoshdim gohi . Sen otash ichida urasan javlon , Dushman qolmasin deb sevgan elimda . Mehmonlar kelishdi deb, hamma ko‘chaga chiqdi . Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gaplar Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe`llar orqali ifodalanganda , shart mayli qo‘shimchasi ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vosita sanaladi . Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini , paytini bildiradi Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi . M : Yerga mehring bersang , u senga rizq beradi . Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg‘aysa , kuz erta keladi . Qaldirg‘och pastlab uchsa , yog‘ingarchilik bo‘ladi . Mehmon kelsa eshikdan , rizqi kelar teshikdan . Ko‘rsatish olmoshili ergashgan qo‘shma gaplar Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma`nosini izohlash uchun qo‘llangan ergash gaplar bosh gapga – ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi . Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi .
Bunday gaplarda ba`zan izohlanayotgan bo‘lak (ko‘rsatish olmoshili ) qo‘llanmasligi ham mumkin , ammo uning o‘rni bilinib turadi . M : (Shunday )odam borki , hayvon undan yaxshidir . Men (shunga ) aminmanki , sen buni uddalaysan . Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar Ergash gap tarkibida qo‘llanuvchi kim , nima , qancha , qanchalik , qanday , qayer kabi so‘roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo‘lib keluvchi shu , o‘sha , shuncha , shunchalik , shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo‘llanganligi , biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so‘zlar hisoblanadi . Bunda ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi (-sa ) fe`llar bilan ifodalanadi .
Tarkibida ko‘rsatish olmoshi mavjud bo‘lgan ergashgan qo‘shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan ma`nodosh bo‘la oladi . Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo‘lagi o‘rniga qo‘yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin . M : Kim ko‘p o‘qisa , u ko‘p biladi .- Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi . Shuni sezdimki , oila – a`zolari bir-biri bilan ittifoq ekan .- Oila-a`zolari bir-biri bilan ittifoq ekanligini sezdim . Qo‘shma gaplar sodda gaplar bilan ma`nodoshligiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi : 1. Kesim ergash gapli qo‘shma gaplar . 2. Ega ergash gapli qo‘shma gaplar . 3. Hol ergash gapli qo‘shma gaplar . 4. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar . 5. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar .
1. Bo‘lsa , esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar orasida qanday mazmun munosabati ifodalanadi ? 2 . Ergashgan qo‘shma gap deb nimaga aytiladi ? 3. Bosh va ergash gapni izohlab bering . 4. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar nimalardan iborat ? 5. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida ergashgan qo‘shma gaplarni tushuntiring . 6. Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarga misollar keltiring . 7. Ko‘makchili qurilma yordamida ergashgan qo‘shma gaplar tuzing . 8. Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar orasida qanday mazmun munosabati ifodalanadi ? Test savollari: 1.Bir turdagi Bog‘lovchilar berilgan qatorni toping sababli, natijada,va,lekin B) ammo,biroq ,balki agar va,ham,ammo,lekin D) yoki,zeroki, chunki,-ki E) Barcha javob to‘g‘i 2.Qaysi gapda ega sifat bilan ifodalangan A.undan yoqimli va shirin hid kelardi B.Iste`dodli adib ko‘p nasriy va dramatik asarlar yozdi S,Soddalik kamtarlik alomati .D.Ubiz bilan ketishi lozim E.Bahor keldi 3.Egasi yashiringan gap berilgan qatorni toping Bugun biznikida qolsangiz bulardi Boshqalar ham xayrlashib chiqib ketishdi Bunday unvonlar bekorga berilmaydi, albatta Tekslik ufq bilan tutashgan joyda bir suruv qo‘y elas-elas ko‘zga tashlanadi Ufq Qizardi 4.Ikkinchi darajali bulagi uyushgan gapni aniqlang A.Birni birov berald,ko‘pni mehnat B.Butun zamin larzaga keldi S .Ilk bahor Shamollari yoqimli esadi D.Saida goh afsuslanib ,goh kuyunib gapirdi E.Quyosh chiqdi 5.Kengaygan ega ishtirok etgan gapni toping A .ko‘chat ekish oyligi bahorda o‘tkaziladi B.Ilmli bir yashar ,ilmsiz ming S.A`lo o‘qish asosiy maqsadimiz D.Yalqov bilan anqov Dushman uchun katta ov E.Gullar ochildi 6.Bog‘lovchi yuklamalardan iborat qatorni toping A.-kim,-agar,chunki, basharti, shuning ucun B shuning uchun natijada,va,lekin S.-mi,-yu,-ku,-da D.sari-dek,-gacha.-toki E.va.lekin 7.Ma`no jihatdan birikkan so‘z birikmalari ni toping A.Moviy osmon,zuhro yulduzi B.Tog‘ cho‘qqisi ,kitob o‘qimoq S.Yoqimli ko‘y,dala yumushlari D.A`lochi o‘quvchilar ,kitobsevarlar uyushmasi E.uyning kattasi 8.Matnda qo‘llangan qo‘shma gapning turini toping .Aql faqat insongagina xos bo‘lgan to‘g‘ma quvvat,ruhiy kuch, bilan bog‘liqdir. A.Ergashtiruvchi bog‘lovchi B.Teng bog‘lovch S.Bog‘lovchi yuklamalar D.nisbiy so‘zlar E.Barcha javob to‘g‘ri 9.Qo‘shma gap berilgan qatorni toping A.Biz ziyoli va madaniyatli bo‘lamiz B.Biz ziyoli bo‘lamiz ,madaniyatli bo‘lamiz Selbekni tanlovda bo‘lgani hammamizni xursand qildi D.Izg‘irindan ko‘zlar yoshlanib,oyoq ostida qor garchillaydi E.Barcha javob to‘g‘ri 10.Sodda gapni toping A.Inson tabiatining ikki asosiy bisoti aql va fikrdir B.Kimda vijdon bo‘lsa tezda ishga kirishsin S.Suqrotning donoligi shunda ediki ,u bilmaganini bildim deb uylamadi D.Tafakkur buyuk fazilatdir,va odamning donoligi haqiqatni aytishdadir E.Bahor kelib gullar ochildi
MAQSAD: Kurs tinglovchilarini kesim ergash gapli qo‘shma gaplar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari ko‘zda tutiladi. KUTILADIGAN NATIJA: Kurs tinglovchilarini kesim ergash gapli qo‘shma gaplar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak. Zarur jihozlar: gazeta, jurnal,yangi adabiyotlar , plakat va videoproyektor mavzuning texnologik xaritasi
Nazariy mashg‘ulotning borishi: 1-bosqich: O‘qituvchi mavzuni tanishtiradi. Mashg‘ulotga zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlash 2-bosqich: 3-босқич. Mavzuni reja asosida yoritish: Slaydlar yordamida kichik ma’ruza., o‘quvchilarning nutqini o‘stirishning eng muhim vazifalardan biri ekanligi. Pedagog faoliyati birinchi navbatda shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishdan iboratligi, uning bilim va malakalarini vatan ravnaqi va taraqqiyoti uchun yo‘naltirishga qaratilishi. 4-bosqich: Mustahkamlash Kurs tinglovcilariga kesim ergash gapli qo‘shma gaplar haqida umumiy va chuqur ma’lumot berishda interfaol o‘yinlar va zamonaviy o‘qitish metodlardan foydalaniladi 5-bosqich: Savol – javob asosida o‘qituvchining mavzuni mustahkamlash bo‘yicha xulosasi bayon qilinadi 6-bosqich: O‘qituvchi mashg‘ulot yakunida umumiy xulosalar bildiradi va adabiyotlar tavsiya qiladi. Kesim ergash gapli qo‘shma gaplar- bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo‘llangan ko‘rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi ergash gap . Kesim ergash gap bosh gapga ko‘rsatish olmoshi tarkibidagi –ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi . –ki yuklamasi bosh gapning kesimi tarkibida keladi . M : Qizig‘i shundaki , shu ko‘rinishiga ovozi muloyim edi . Toleim shulki , jahonda bir guliston tanladim . Buning natijasi shu bo‘ldiki , To‘laganning qanshariga musht tushdi . Kesim ergash gapli qo‘shma gapni sodda gapga aylantirsak , ergash gap butunisicha sodda gapning kesimi bo‘lib keladi .
Download 201.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling