Fan: : O‘zbek tili grammatikasining nazariy masalalari
Mavzu: Ergashgan qo‘shma gaplar. Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi.
Soatlar soni: 2 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi (Davlat talablariga asosida)
Bosh gapdan ifodalangan mazmunning sababi , maqsadi , sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab (chunki , negaki ) , maqsad (toki ) , shart
( agar , agarda , maboda , basharti ) , qiyoslash –chog‘ishtiruv (go‘yo , xuddi , go‘yoki ) ergashtiruvchi bog‘lovchilari yordamida bog‘lanadi . Sabab , maqsad , qiyoslash -chog‘ishtiruv bog‘lovchilari ergash gap boshida qo‘llanadi va ergash gap bosh
gapdan so‘ng qo‘llanadi . Bunday vaqtda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi . M : Bu masalani sinfda muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin .
Ular mening aytganimni qilishadi , chunki men oilaning kenjatoyiman
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Metod: Og‘zaki bayon qilish, “Aqliy hujum” metodi, davra suhbati, o‘zaro tajriba almashish,
Vositalar (texnik va didaktik): tarqatma materiallar, savollar, prezentatsiya slaydlari, skoch, marker, flipchart, videoproektor.
Nazorat: Og‘zaki nazorat, o‘z-o‘zini nazorat qilish, savol javob.
Baholash: Rag‘batlantirish
Dars shakli : kichik ma’ruza, suhbat, savol-javob
|
Nazariy mashg‘ulotning maqsad va vazifalari:
|
Maqsad:
Kurs tinglovcilariga ergashgan qo‘shma gaplar, ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi haqida umumiy va chuqur ma’lumot berish ko‘zda tutiladi
|
Vazifalar:
Ta’limiy savol:
1. Bo‘lsa , esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar orasida qanday
mazmun munosabati ifodalanadi ?
2 . Ergashgan qo‘shma gap deb nimaga aytiladi ?
Tarbiyaviy savol:
1. Bosh va ergash gapni izohlab bering .
Rivojlantiruvchi savol:
1. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar nimalardan iborat?
|
Kutilayotgan natijalar:
|
Nazariy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Bilim):
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun , shu tufayli , shu sababli singari ko‘makchili qurilmalar vositasida bog‘lanadi . Ular bosh gap tarkibida keladi .
|
Qaysi savollar beriladi:
1. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida ergashgan qo‘shma gaplarni tushuntiring .
2. Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarga misollar keltiring .
|
Nazriy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Ko‘nikma): Ergashgan qo‘shma gaplar - Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yoki shunday bo‘glovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar .
Bunday qo‘shma gap qismlari o‘zaro hokim-tobe munosabatda bo‘ladi . Ergashgan qo‘shma gaplar tarkibida nechta gap bo‘lishidan qat`i nazar , doimo ikki qismdan tashkil topadi
|
Qaysi savollar beriladi:
1. Ko‘makchili qurilma yordamida ergashgan qo‘shma gaplar tuzing
|
Amaliy mashg‘ulot yakunida tinglovchi bilib oladi ( Malaka):
Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe`llar orqali ifodalanganda , shart mayli qo‘shimchasi ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vosita sanaladi . Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini , paytini bildiradi Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi .
|
Qanday topshiriqlar beriladi?
1. Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar orasida qanday mazmun munosabati ifodalanadi ?
|
Dars jarayoni va bosqichlari:
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
metodi
|
Vaqt (daqiqa)
|
1-bosqich: tashkiliy qism.
|
Davomatni aniqlash
|
Xotira mashqi
|
5
|
2-bosqich: Refleksiya. Ehtiyojlarni aniqlash
|
Mavzu bo‘yicha savol-javob orqali tinglovchilarning ushbu mavzuga tayyorligi va ehtiyojlari aniqlanadi
|
savol-javob
|
10
|
3-bosqich:
Mavzu bayoni
|
Mavzuni reja asosida yoritish:
1.Ergashgan qo‘shma gaplar
2.Ergashtiruvchi bog‘lovchili ergashgan qo‘shma gaplar 3.Ko‘makchili qurilma yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
|
Slaydlar asosida kichik ma’ruza.
Aqliy hujum
O‘zaro tajriba almashish
|
10
10
10
5
|
4-bosqich:
Mustahkamlash:
|
Kurs tinglovcilariga ergashgan qo‘shma gaplar, ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi haqida umumiy va chuqur ma’lumot berishda interfaol o‘yinlar va zamonaviy o‘qitish metodlardan foydalaniladi
|
Guruhlarda ishlash.
|
10
|
5-босқич: Baholash.
Dars yakuni
|
Xulosa (savol-javob, fikr mulohazalar va takliflar)
|
Guruhlarni baholash
Savol-javob
|
10
5
|
6-bosqich: Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar (uyga vazifa)
|
Mavzuga oid savollar Tegishli adabiyotlar tavsiya qilinadi.
|
Og‘zaki
|
5
|