Mavzu: birjalarning iqtisodiy mohiyati reja: Kirish Vositachilik faoliyatining mazmuni va vositachilik faoliyatining asosiy turlari
Birja tushunchasi, Birjalarning iqtisodiy funksiyalari
Download 68.68 Kb.
|
birjalarning iqtisodiy mohiyati oxirgi
3. Birja tushunchasi, Birjalarning iqtisodiy funksiyalari
Qadimdan «Birja» so’zi quyidagi uch xil voqyealikni ifodalash uchun qo’llanilgan: birinchidan, sotuvchi va sotib oluvchilarni bir joyda yig’ilishini, ikkinchidan bunday yig’ilishlarni o’tkazish joyini va uchinchidan shu vaqtda amalga oshiriladigan savdo-sotiqlar yig’indisini. Bu fikrlarning hammasi jamlansa. Ma’lum tarzda tashkil etilgan bozor yoki Birja degan ma’no chiqadi. Birjaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u har doim ulgurji tarzda olib boriladi, savdo buyumi bo’lim esa ma’lum bo’lgan xususiyatlari, tavsilotlari avvaldan ko’rsatilgan, lekin sotish joyida yo’q bo’lgan qimmatbaho buyumlar, xom ashyo va mahsulotlar, qimmatbaho qog’ozlar, xizmat ishlari, ish kuchi va boshqalar bo’lishi mumkin. Birja bozori uchun xos bo’lgan narsalardan yana biri shuki, bu yerda ishbilarmonlarning muomala yoki oldi-berdi operasiyalari xar doim ko’pchilik oldida, avvaldan belgilangan vaqtda va belgilangan joyda olib boriladi. Bundan maqsad shuka, xoxlaganlarning barchasi bunday savdoda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lsinlar. Umuman «Birja» so’zi lotincha «BURSA» va nemischa «VORSE» so’zidan kelib chiqqan «cho’ntak» ma’nosini bildiradi. XV asrda Niderlandiyaning Bryugge shahridagi Van der Burs ismli savdogarning uyi oldidagi maydonda turli xil mamlakatlardan kelgan savdogarlar sotiladigan va olinadigan tovarlarni aslini aniq ko’rsatmay turib savdo to’g’risidagi ma’lumotlar bilan fikr almashishi va chet el veksellarini sotib olish va savdo operasiyalarini bajarish uchun to’planganlar. Van der Bursning tamg’asiga tushirilgan yana shu charm cho’ntakning uchta shakli uning uyi darvozasiga joylashtirilgan edi, natijada «Birja» so’zi odatga kirib butun Yevropa kontinenti bo’ylab Rosssiyada ham yoyilib ketdi. Birja eng qadimiy savdo instituti bo’lib, hozirgi Birja tashkilotlarini yaratilishi, savdoning rivojlanishi, yirik savdo markazlarining tarkib topishi, savdogarlar guruhlarini ko’plab yuzaga kelishi bilan bog’liqdir. Demak, hozirgi Birjalarning avlodi bo’lib, bozor va yarmarkalar hisoblanadi. Bozorda savdo muttasil olib borilar edi, ammo Birjadan farq qilgan holda bozorda tovarning asli sotilib, odatda xarid qiluvchilar bo’lib tovarni iste’mol qiluvchilar hisoblanar edi. Yarmarkalarda tovarni o’zi bo’lmay uning namunasi, ulgurji partiyalari bo’yicha savdo qilinar edi va uni savdo vositachilari xarid qilar edilar. Yarmarkalarda eng kamyob va chaqqon tovar bo’lib pul hisoblanar edi. Yarmarkalar bir yilda bir necha marta o’tkazilar edi. Odatda. Yarmarkalar halqaro savdoni rivojlantirishga xizmat qilar, bozor esa cheklangan rayonlarda savdo oborotini taxminlar edi. Sanoatning rivojlana borishi bilan doimiy ulgurji bozorga muhtojlik, zaruriyat tug’iladi. Bunday bozor rivojlanayotgan xo’jalik soxalari o’rtasidagi aloqani bog’lash imkonini berar edi. Bunday bozor Birja shaklida XVI asrda Ispaniya bilan Gollandiya o’rtasidagi savdoni rivojlanishi bilan tarkib topdi. Demak, Birja qimmatbaho qog’ozlar fondiga ega bo’lgan, standart talablarga javob beradigan tovarlar yoki ularni namunalarni, talab va takliflarga binoan qonuniy ravishda narxi belgilangan valyutalar asosida savdo amalga oshiriladigan, tashkil etilgan doimo amal qilib turadigan bozordir. Birja operasiyalarini bajarish obyekti bo’yicha quyidagi Birjalar turi ajratiladi: tovar Birjalari shu jumladan kompensasiya qiluvchi, ya’ni o’rnini to’ldiruvchi yoki barterli fond qo’yilgan holda valyuta Birjalari, frakta Birjalari va shunga o’xshashlar bo’lib, unda savdo buyumi bo’lib turli xil xizmatlar, masalan «g’oya Birjasi» deb ataluvchi Birjalar ilmiy-texnik ishlovchilar va injenerlar xizmatlarini bajaradilar. Mehnat Birjasi va boshqalar. Birjalar aniq tarkib topgan ixtisoslashuvga ega bo’lishi lozim. Masalan, avtomobillar, don mahsulotlari, metall, qimmatbaho qog’ozlar indeksi bilan savdo qiluvchi Birjalar. Shuni aytish kerakki, Birja savdo qilishning dastlabki shakli uni tovar shakli bo’lmay, balki valyuta-veksel Birjasi shakli bo’lgan. Birjada qimmatbaho buyumlar obyekti bo’lib hisoblangan, ular va veksellar ayirboshlashning talablariga eng ko’p darajada javob bergan. Tovarlar bilan bitim to’zish o’sha davrlarda faqat yarmarkalarda bo’lar edi. Transport vositalarni rivojlanish bilan bunday shaklda savdo qilish susayib bordi va Birjani rivojlanishini keyingi bosqichi hisoblangan tovar Birjalari tarkib topdi. Dastlabki Birjalar XV-XVI asrlarda Italiyada, Venesiya, Genuya, Florensiya, Gollandiya, Angliya va shuningdek boshqa mamlakatlarning yirik savdo shaharlarida paydo bo’lib, bu yerlarda manufakturalar asosida tashqi savdo rivojlangan. Anterpendagi Birja dastlabki halqaro Birja bo’lib, unga 1531 yili asos solingan. Uning binosini kiraverishiga «Barcha halqlar va tildagilarning savdogar ldamlari uchun» degan afsonaviy yozuv bitilgan. Anterpen Birjasida ikki turdagi tovar, ayniqsa muhim o’rin tutar edi: angliya juni va xind qalampiri. Ular yuqori darajadagi ayirboshlash qobiliyatiga ega bo’lib, hattoki Birjada bo’lmagan tovarlar bilan ham bitim to’zish imkonini berar va ular xozirgi zamon tovar Birjasini yaratdilar. Yanada tez sur’atda valyuta-veksel bilan savdo qiluvchi Birjalar rivojlana boshladi. Ular asta-sekinlik bilan operasiyalarni bajarish obyekti bo’lib avvalgi veksel Birjalaridagidek to’lovlar emas, balki investisiya qog’ozlari - obligasiya va aksiyalar bo’lgan fond Birjalariga yaqinlashib boradilar. Bu qimmatbaho qog’ozlar Anterpen Birjasida ish ko’rishning asosi bo’lib xizmat qildilar. O’sha davrda obligasiyalar bilan savdo qilishning yirik markazi bo’lgan va 1549 yili yuzaga chiqqan Lion Birjasidir. Amsterdam Birjasi universal Birja bo’lgan. Bunda non, to’z, baliq, shirinliklar, o’rmon yog’ochlari va boshqa tovarlar pul, obligasiya bilan savdo bo’lar edi. Ko’plab ishtirokchilarning tezda boyib ketishga chanqoq bo’lganligi shunga olib keldiki, Amsterdamdagi Birja tashkilotlari XVII asrda tarixda Birja uchun birinchi mahsus bino qurdilar. Shunday kilib, birinchi bor hozirgi zamon Birjasining ajralmas qismi - Birja zali paydo bo’ldi. Niderland Birjalari estafetasini XVII asrning oxiri va XVIII asr boshida 1 570 yili yuzaga kelgan London Birjasi oldi. Uning gullab yashnab ketishi Janubiy dengiz savdo kampaniyalari tashkil etilishiga bog’liqdir. Keyinchalik London Birjasi yopiq uyushmaga «korxonaga» aylanib, unda faqat katta savdogar «kommersant»larning bir qismi uchun eshik ochiq bo’lgan. 1742 yili Parijning veksel fond Birjasi ta’sis etiladi. Bundan keyingi eng ko’zga ko’ringan fond Birjalaridan Frankfurtdagi Birja bo’lgan. Dastlabki vaqtlarda Birja ishlarni olib borish obyekti bo’lib, xar qanday qimmatbaho qog’ozlar, shu jumladan, veksellar, varrantlar, aksiyalar, obligasiyalar hisoblangan. Keyinchalik bu xil operasiyalarni olib borish banklar ixtiyoriga berilgan. Natijada qisqa muddatli kredit berish uncha katta ahamiyatga ega bo’lmay qoladi va Birjalar lombardga o’xshash operasiyalarni bajarish bilan cheklanib qolgan. XIX asr oxiridan to xozirgacha fond Birjalarida Birja bitimlarini amalga oshirishning eng asosiy obyekti aksiya va obligasiyalar-davlat makomi boshqaruv tashkilotlari, yirik banklar va kommersiya tashkilotlari qarzlari, majburiyatlari hisoblanib kelinmoqda. XVI asrda yuzaga kelgan tovar Birjalari fond Birjalari kabi uncha katta rol o’ynamaydi. Keyinchalik XIX asrning oxirlarida ma’lum xil tovarlar bo’yicha ixtisoslashgan tovar Birjalarini gullab-yashnashi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlanishi bilan o’zviy bog’liq edi. Xulosa Xulosa qilib aytganda Birja sotuvchi va sotib oluvchilarni bir joyda yigʻilishini ta`minlaydi. Bunday yigʻilishlarini oʻtkazish joylarini ha birjaning o`zi belgilab, shu vaqtda amalga oshiriladigan oldi-sotdi amallarining yigʻindisi hisobini amalga oshiradi Bu fikrlarning barchasi jamlansa maʼlum maʼnoda bozor yoki Birja dyegan maʼno kelib chiqadi. Birjaning oʻziga xosligi shundaki unda savdo ulgurji tarzda amalga oshiriladi. Birjaning dastlabki shakllaridan biri bu — qadimdan savdo-sotiqda oʻzaro tovar va maxsulotlar almashinuvini taʼminlashda dallollar (brokerlar) vositachilik qilganlar, chet eldan va mamlakatlar viloyatlaridan kelgan savdogarlar bilan doimiy aloqada boʻlib turganlar, oʻz mushtariylarga yetishmagan tovarlar haqida tyez-tyez karvonlarning boshqa turkumlari orqali oʻz ehtiyojlarini maʼlum qilganlar. Dallollik xizmati oʻsha davrlarda muhim hisoblangan. Birja eng qadimgi savdo instituti boʻlib, hozirgi Birja tashkilotlarini yaratilishi, savdoning rivojlanishi, yirik savdo markazlarining tarkib topishi, savdogarlar guruxlarining koʻplab yuzaga kyelishini taʼminlaydi. Demak, hozirgi Birjalarning avlodi boʻlib bozor va yarmarkalarni tushunsak to`g`ri bo`ladi. Download 68.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling