Mavzu: Bitiruv ishini tayyorlashda ta'limning faol usul va texnikalaridan foydalanishni o'zlashtirish


Download 310.42 Kb.
bet3/12
Sana18.12.2022
Hajmi310.42 Kb.
#1027129
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bitiruv ishini tayyorlashda ta\'limning faol usul va texnikalaridan foydalanishni o\'zlashtirish - копия

1.2. Ilmiy ishning turlari haqida.

Ilmiy ish yozishda bir qancha usullardan foydalaniladi va bu usullardan BMI yozishda ham foydalanish mumkin. Bu usullardan foydalanish ishning mazmunini yoritishda va oldinga qo’yilgan maqsadlarga erishishda katta yordam beradi.


3
Demak, ular umumiy qilib aytganda quyidagi turlarga bo’linadi:

1. Huquqiy-dogmatik (doctrinal) 2. Sohalararo
3. Qiyosiy
4. Nazariy, tarixiy, tanqidiy, metodologik.

Bitiruv Malakaviy Ishi mavzusi uchun nom tanlash.

2.1Mavzuga mos keluvchi yaxshi nom tanlash.

Keling, dastavval qanday nom yaxshi nom ekanligini aniqlab olamiz. Yaxshi nom quyidagi 3 belgini o’z ichiga oladi.

1. Tushunishga osonligi;
2. BMIda ko’tarilayotgan asosiy masalani tasavvur qila olinishi; 3. O’quvchida qiziqish uyg’ota olishi.

Albatta mavzuning nomi hamma uchun oson bo’lishligi muhim masala hisoblanadi. Chunki mavzuning nomi qisqa va unga ergashib, uni tushuntirib keladigan gaplar bo’lmaydi. Asosiyqismda qaysidir so’z tushunarsiz bo’lsa, keyingi gapda unga izoh berish mumkin. Mavzu nomida esa buning sira ham iloji yo’q.

Siz mavzuning nomini tushunishga oson qilib yozishingiz mumkin, lekin u siz BMIda ko’tarayotgan asosiy masalani ko’rsatib turmasa va ma’lum bir qismgagina aloqador bo’lsa, qanchalik chiroyli nom topmang u foydasiz bo’lib qolaveradi.

Uchinchi holat bo’lgan hammada qiziqish uyg’otuvchi nom topish yuqoridagi ikki belgidek zaruriy ahamiyatga ega emas, biroq bunday nom o’quvchi siz yozgan BMIni qo’liga olgan paytdan siz yozgan ishga bo’lgan qiziqishining uyg’onishi demak sizda o’quvchi bor degan bir tuyg’uni vujudga keltiradi.


Download 310.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling