Mavzu: Biznes faoliyati va uning turlari. Reja


Download 169.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi169.54 Kb.
#1514427
  1   2   3
Bog'liq
Biznes faoliyati va uning turlari.



Mavzu: Biznes faoliyati va uning turlari. 
 
Reja: 
 
1.Tadbirkorlik turlari va shakllari 
2.. Tijorat tadbirkorligi 
4. Moliyaviy tadbirkorlik 
5.Konsultativ tadbirkorlik 
6.Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari 


1. Tadbirkorlik turlari va shakllari 
Barcha ko„rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab 
toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, 
tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va 
hokazolar bo„yicha. Bulardan ayrimlarini ko„rib chiqamiz. Turi yoki qo„llanilishi 
bo„yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ 
va boshqa turlarga bo„linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat 
ko„rsatishi mumkin. 
Mulkchilik shakli bo„yicha korxona mulki xususiy, davlat, munitsipal 
bo„lishi shuningdek, jamoa birlashmalari (tashkilotlari) ixtiyorida bo„lishi mumkin. 
Bu borada mulkka egalik qilish huquqini belgilashda, mulkni xususiy, davlat, 
munitsipal yoki jamoa ixtiyorida ekanligidan qatiy nazar turli cheklamalarga yoki 
imtiyozlarga davlat tomonidan ko„rsatma berilishiga yo„l qo„yilmaydi. 
Mulkdorlar soni bo„yicha tadbirkorlik faoliyati yakka tartibli yoki jamoa 
shaklida bo„ladi. Yakka tartibli tadbirkorlikda mulk bir jismoniy shaxsga tegishli 
bo„ladi. Jamoa tadbirkorligida esa mulk bir necha subyektga tegishli bo„lib, 
ularning mulkka egalik hissalari aniqlangan yoki aniqlanmagan bo„lishi mumkin. 
Bu borada mulkka egalik, undan foydalanish va ishlatish barcha mulkka egalik 
qiluvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladi. 
Tadbirkorlikni shakllari bo„yicha: tashkiliy - huquqiy va tashkiliy iqtisodiy 
turlarga bo„lish mumkin. Tashkiliy - huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga 
shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi. 
Shirkatlar - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar 
uyushmasidir. Shirkatlar korxonani tashkil etilishida ikki yoki undan ortiq shaxslar 
ishtirok etgan taqdirda tuziladi. Shirkat uyushmalarining afzalligi shundaki, ularda 
qo„shimcha kapitalni jalb etish imkoniyati mavjuddir. 
Bundan tashqari, mulk egasining bir nechta ekanligi, korxona ichida, 


egadorlarning bilimi, tajribasiga qarab, bir necha ixtisoslashgan sohani tashkil. 
etish imkonini beradi. Lekin tadbirkorlikning bunday tashkiliy-huquqiy shakli 
kamchiliklarga ega bo„lib, ular quyidagilarda namoyon bo„ladi: har bir shirkat 
ishtirokchisi o„zining qo„shgan hissasidan qatiy nazar. bir xil javobgarlikka ega. 
Bundan tashqari bir sherikning harakati qolgan sheriklar uchun, agar ular bunga 
qarshi bo„lsalarda, majburiy bo„lishi mumkin. 
Shirkatlar mas‟uliyati cheklanmagan va mas‟uliyati cheklangan ikki 
guruhga bo„linadi. Jamiyatlar, kamida ikki fuqaro yoki huquqiy shaxs tomonidan, 
ularning mablag„larini birlashtirish orqali (pul yoki natura ko„rinishida) xo„jalik 
yuritish faoliyatini amalga oshirish maqsadida tuziladi. Mas‟uliyati cheklangan 
jamiyat a‟zolari uning majburiyatlari bo„yicha javobgar hisoblanmaydi. Ular faqat 
o„zlari qo„shgan hissalari qiymati doirasida javobgardirlar. Bulardan farqli o„laroq, 
qo„shimcha masuliyatli jamiyat a‟zolari o„zlarining barcha mulklari bo„yicha 
javobgar hisoblanadilar. 
Tadbirkorlikning eng ko„p tarqalgan ko„rinishi aksiyadorlik ja-miyatidir. 
Ularning farqi shundaki, ularga qimmatli qog„oz - aksiya chiqarish yo„li bilan zarur 
mablag„ni ishlab chiqarishga jalb etish huquqi berilgan. Bu borada aksiyadorlik 
jamiyati a‟zolari jamiyat faoliyati yakunlari bo„yicha, o„zlari egalik qilayotgan 
aksiyalar qiymati chegarasida javobgar hisoblanadilar. 
Ishlab chiqarish yoki boshqa xo„jalik yuritish faoliyatini yo„lga qo„yish 
maqsadida shaxslar guruhi tomonidan tuzilgan korxona kooperativ korxona deb 
ataladi. 
Kooperativ a‟zolari uchun, ularning shaxsan mehnat qilishlari yoki 
kooperativ faoliyatida qatnashishpari, shuningdek ular tomonidan badallarni 
birlashtirishi majburiydir. 
Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy-iqtisodiy shakllariga kon-sernlarni, 
assotsiatsiyalarni, konsorsiumlarni, sindikatlarni, kartellarni, moliyaviy — sanoat 


guruhlarni kiritish mumkin. 
Konsern - ko„p tarmoqli aksiyadorlik jamiyati bo„lib, korxona-larni qatnashishi 
tizimi orqali nazorat qiladi. Konsern tarmoqlanib chiqqan sho„ba 
kompaniyalarning aksiyalari nazorat paketlariga egalik qiladi. O„z navbatida 
sho„ba kompaniyalar ham boshqa aksiyadorlik kompaniyalar (jumladan chet 
ellardagi) aksiyalari nazorat paketlariga egalik qilishi mumkin. 
Assotsiatsiya — iqtisodiy jihatdan mustaqil bo„lgan korxonalar, tashkilotlarning 
ixtiyoriy birlashmasidir. Assotsiatsiyaga birlashgan korxona va tashkilotlar ayni 
paytda boshqa tuzilmalar tarkibiga ham kirishi mumkin. Odatda, assotsiatsiya 
tarkibiga bir hududda joylashgan, bir sohaga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar 
kiradi. Assotsiatsiyaga birlashishdan asosiy maqsad - ilmiy-texnika, ishlab-
chiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa muammolarni birgalikda hal etishdir. 
Konsorsium - yirik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan 
tadbirkorlarning uyushmasidir. 
Tadbirkorlarning bunday uyushmasi yirik loyihalarga mablag„ sarflash imkoniga 
ega bo„lib, bunda tavakkalchilik bir muncha kamayadi, chunki javobgarlik ko„plab 
qatnashchilar o„rtasida taqsimlanadi. 
Sindikat - ortiqcha raqobatchilikni cheklash maqsadida, mahsulot sotish uchun 
tuzilgan bir tarmoqdagi korxonalar birlashmasidir. 
Kartel — bir. sohadagi korxonalarning, mahsulot, xizmat narxlari, bozorni 
taqsimlanishi, umumiy ishlab chiqarish hajmidagi qissasi va boshqalar bo„yicha 
kelishuvidir. 
Tadbirkorlikning 
yangi 
tashkiliy 

iqtisodiy 
shakli 
moliya-sanoat 
guruhidir (MSG). Ular sanoat, bank, sug„urta va savdo kapitalining 
shuningdek, 
korxona 
va 
tashkilotlarning 
intellektual 
potensiallari 
birlashmasini tashkil etadi. 
Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda tijorat korxonalarining asosiy shakllari 


Bularga xususiy tadbirkorlik firmalari, hamkorlik korxonalari, kooperatsiyalar 
kiradi. «Firma» deganda xo„jalik mustaqilligiga ega bo„lgan, ishlab chiqarish yoki 
boshqa faoliyat yurituvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi. 
Xususiy tadbirkorlik firma - shunday korxonaki, uning egasi o„z manfaatlari 
yo„lida mustaqil ish olib boradi. U firmani boshqaradi, olingan barcha daromadga 
egalik qiladi, firmaning barcha majburiyatlari bo„yicha javobgar hisoblanadi. 
Firma egasi ishchilarni ishga yollash va ishdan bo„shatish huquqiga ega,
shartnomalar tuzadi. Firmaning afzalligi shundaki, uning boshqaruvi
sodda, xarakat faoliyati erkin, iqtisodiy mazmuni yetarlicha kuchli 
hisoblanadi (bir kishi barcha foydaning egasidir). 
Kamchiliklari esa quyidagilardan iborat: moliyaviy va moddiy resurslarning 
cheklanganligi, rivojlangan ichki ishlab chiqarish ixtisoslashuvining va 
takomillashgan boshqaruv tizimining yo„qligi, javobgarlikning cheklanmaganligi. 
Hamkorlik korxonalar - hamkorlikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi bir necha 
shaxslar tomonidan tashkil etilgan firma yoki korxonadir. Bunda barcha 
hamkorlarga muhim huquqlar beriladi, biroq hamkorlik mas‟uliyati cheklangan 
bo„lib, bu borada firma faoliyati bo„yicha to„liq javob beruvchi asosiy hamkorlar 
bilan bir qatorda, faqat ishga qo„shgan hissalari bilan javobgar bo„luvchi hamkorlar 
(masuliyati cheklangan hamkorlar) ham bo„ladi. 
Hamkorlik sharoitida moliyaviy masalalarnini hal etish nisbatan osondir. Bunday 
firmada, xususiy tadbirkorlik firmadan farqli ravishda mehnat taqsimoti, ishlab 
chiqarish 
va 
boshqaruvni 
ixtisoslashtirilishidan 
foydalanish 
mumkin. 
hamkorlikning kamchiligi funksiyalar taqsimoti bo„lib, buning natijasida faoliyat 
yuritilishida kelishmovchiliklar va xatto manfaatlarning mos kelmasligi hollari 
yuzaga kelishi mumkin. Natijada kelishmovchiliklar sababli bir yoki bir necha 
hamkorning ishdan chiqib ketishi, hamkorlikning barbod bo„lishi havfini 
tug„diradi. 


Korporatsiya deganda huquqiy shaxs shaklidagi yoki korxona tushu-niladi. Bunda 
har bir mulkdorning javobgarligi mazkur korxonaga hissasi chegarasida 
cheklanadi. 
Korporatsiya — paychilik asosidagi jamiyatdir. Jamiyatning aksiya-larini sotib olar 
ekan, alohida shaxslar koorporatsiya mulkdorlari qatoridan joy oladi. Shu tariqa 
jamiyatga ko„p miqdordagi aholining moliyaviy mablag„lari jalb qilinadi. Aksiya 
egalari foydaning bir qismini dividend sifatida oladilar, Ular faqat aksiya sotib 
olishda sarflangan mablag„lari bo„yicha tavakkal qiladilar. Korporatsiya aksiyalar - 
egalariga bog„liq holda mavjuddir. Shu boisdan korporatsiyalar nisbatan 
mustaqkam, ishonchli korxona hisoblanadi. 
Korporatsiyaning kamchiliklaridan biri turli suiiste‟molchilik harakatlari uchun 
imkoniyat mavjudligi, shuningdek mayda va o„rtahol aksiya egalari tomonidan 
korporatsiya faoliyatini nazorat qilish imkonining yo„qligidir. 
Amerika Qo„shma Shtatlarida kapital tadbirkorlik assotsiatsiya-larida to„plangan 
bo„lib, ularning eng ko„p tarqalgani tarmoq assotsia-siyalaridir. Assotsiatsiyalar 
kompaniyalarga (alohida biznesmenlarga, korporatsiyalarga, firmalarga) moliyaviy 
hisobotlar qilishda, budjetni rejalashtirishda yordam ko„rsatadilar: narx tashkil 
bo„lishini 
o„rganadi, 
bozor 
konyukturasini 
tekshiradi, 
tijorat-reklama 
samaradorligini oshirishning yangi yo„llarini izlaydi. 
AQShda franchayzing deb ataluvchi yirik korxonalarining kichik korxonalar bilan 
imtiyozli hamkorligi keng taraqqiy etgan. 
Franchayzingni asosiy maqsadi kichik biznesni rivojlanishi uchun moliyaviy
moddiy, axborot va ishchi kuchi resurslaridan keng ko„lamda foydalanishdir.. 
Barcha asosiy ko„rsatkichlar bo„yicha Yaponiyada jamoa ko„rinishida 
guruhlashgan tadbirkorlar oldinda turadilar. Yaponiyada boshqaruvchilar va 
boshqa ishchi-xizmatchilar o„zlari xizmat qilayotgan firmani juda e‟zozlaydilar. 
Notanish kimsaga o„zlarini tanishtirar ekanlar avval firma nomini, so„ngra o„z ism-


shariflarini aytadilar. Yaponlar jamiyatida qadimdan rusum bo„lib kelgan 
boshliqlar 
va 
unga bo„ysunuvchilar o„rtasidagi norasmiy, yumshoq muomala, mehnat 
munosabatlari 
Yaponiya 
korporatsiyalarida 
tadbirkorlikning. 
guruq- 
lashgan 
shaklini 
yuqori 
darajada 
rivojlanishiga 
sabab 
bo„ldi. 
Bu 
borada, 
odatda, 
muhim 
tadbirkorlikka 
oid 
qarorlar 
(masalan, 
yangi 
mahsulot ishlab chiqarishni yo„lga qo„yish) har doim oliy bosh- 
qaruvchilar 
tomonidan 
qabul 
qilinsada, 
bu 
quyi guruhlar albatta, ishtirok etadi. 

Download 169.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling