Mavzu. Biznes faoliyatining turlari va shakllari


Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati


Download 223.17 Kb.
bet19/25
Sana07.04.2023
Hajmi223.17 Kb.
#1337362
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
2-maruza

Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkorlik faoliyatining turlari nisbatan mustaqil bo‘lib, bir-birini to‘ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuuvorligini tan olish kerak.
Innovatsion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug‘ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko‘rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug‘ullanadi. Tovarga bo‘lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potentsial iste’molchilari, haridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo‘lajak haridorlar o‘rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat oьzaki va ‘okalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi.
Ishlab chiqarish omillari. Ma’lumki, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari o‘z navbatida asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) in-shootlar, uzatuvchi moslamalar, quvvatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va jihozlar, o‘lchov uskunalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asbob-uskunalardan iborat. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga sex, zavod va laboratoriya binolari kiradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining muhim elementi bo‘lib ishchi mashinalar va uskunalar hisoblanadi. Ularga yordamchi sexlarning barcha texnologik moslamalari, mashina vz uskunalari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu mashina va uskunalarda mahsulotlarning asosiy qismi tayyorlanadi. Transport vositalari tarkibiga avtomobil, temir yo‘l, havo yo‘llari va boshqa transportlarning barcha turlari kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energetik resurslar, idish va idish moslamalar, chidamsiz va qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab chiqarish moslamalari, taomirlash uchun kerak bo‘lgan ehtiyot va butlash qismlari tashkil qiladi.
Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, o‘zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulot, kelajakdagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish jamьarmasini tash-qil qiladi. Asbob-uskunalarning xizmat muddati bir yildan oz bo‘lsa, u aylanma fondlarga taalluqlidir. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olingan yoki o‘zida tayyorlangan turlariga bo‘linadi. Yarim tayyor mahsulotlar iste’molga tayyor bo‘lmagan bo‘lib, uni boshqa sex, firma yoki korxonada tayyor holatiga keltirish lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish tugallanmagan mahsulot bo‘lib, yarim tayyor mahsulotdan farqli ravishda o‘z ishchi joyida turadi. Uni meyoridagi ishlov berish uchun korxonaning boshqa bo‘linmasiga berilmay, shu sexning o‘zida qiyomiga yetkaziladi.
Kelajakdagi xarajatlarga alohida to‘xtalmoq lozim. Bu xarajatlar yangi mahsulotlarni tayyorlashdagi xarajatlar bo‘lib, keyinchalik ishlab chiqarish xarajatlari jumlasiga kiritiladi.
Ishchi kuchini tadbirkor - e’lon, mehnat birjasi, ishga joylash agentligi, tanish-bilishlar orqali topadi. Ishga olishda nomzodning ma’lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi.
Undan keyin tadbirkor moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, tayyorlanadigan mahsulotlarni sotish bozori haqida axborot to‘playdi.

Download 223.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling