Mavzu: Boborahim Mashrabning talmeh san’atidan foydalanish mahorati Bitiruvchi
O‘zidan oldin yashagan ijodkorlar va bir qator avliyolarga ishora qilgan
Download 225.57 Kb.
|
Boborahim mashrabning talmeh san’atidan foydalanish mahorati
2.4. O‘zidan oldin yashagan ijodkorlar va bir qator avliyolarga ishora qilgan
Boborahim Mashrabning she’riyatini talmeh san’atisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Quyidagi muxammasda Boborahim Mashrab talmeh san’atidan foydalanib ilk misralarga o‘zidan oldin yashagan bir qator buyuk shoirlar ruhidan madad so‘ragan. Ular o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, “yassaviy” tariqatining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy, “Mavlaviy” Mavlono Jaloliddin Rumiy, fors-tojik adabiyotining namoyandasi shoir Abdurahmon Jomiy va mutafakkir Farididdin Attorga ishoralar qilgan. Inson doim birovning yordamiga muhtoj, ahli ma’rifat hamma vaqt o‘tganlar ruhidan madad so‘rab yashaganlar. Chunki har bir odam oq va qorani farqiga borish uchun, birovdan maslahat oladi. Mumtoz adabiyot namoyandalari xususan so‘fiy shoirlar o‘zlariga “piri komil” izlagan, tubanda keltirgan she’riy misralarda Boborahim Mashrab o‘zidan oldin yashagan shoirlar ruhidan madad so‘rash, bilan birga buzurg avliyolardan ham yordam so‘ragan: Xoja Ahmad, Mavlaviy Jomiyu, Attori vali, Piri komil istadim, oqu qaroni bilgali, Mashrabi osiyni qo‘llang siz buzurg shayxu vali, Sadr atovu Badr ato yo Shoh Abbosi vali, Dini Xorazm buzurgi Polvon ato sizdin madad (389-bet) Har bir inson hayot ekan, parvardigordan madad so‘rash bilan birga o‘tganlar ruhidan ham madad so‘raydi. Boborahim Mashrabga shunday buyuk ijodkorlik ne’matini ato qilgan bo‘lsa ham, so‘fiy shoirning tilidan boshqalar ruhidan madad so‘rash kanda bo‘lmagan. Shoirning “Yo Rahim-Rahmon, O‘zungsan, yo Iloh, Sandin madad” misrasi bilan boshlanadigan muxammasida bu holat yaqqol ko‘zga tashlanadi: Bag‘ri qon Mardon ato, Sayyid ato yer avliyo, Sa’dvaqqosi azizi Nur ato yer avliyo, Xoja Orif Mohi tobon Dor ato yer avliyo, Badr atovu Sadr ato, Husayn ato yer avliyo, Abu Bakru Umar, Usmon, Aliyo sizdin madad (316-bet) Shu tariqa pirlar ruhidan madad so‘rar ekan, shoir ko‘plab buxorolik avliyolar nomiga talmeh san’ati orqali ishoralar qiladi. O‘z imon-e’tiqodini mustahkamligi, riyozatlari barokati uchun ulardan shafoat so‘raydi: Xoja O‘bon, Nur ato, Hazrati Xoja jahon, Ham Bahoul-Haqqi vad-din G‘avsul A’zam dar jahon, Man gunahkor osi qulni qo‘l tutunglar bir zamon, Bandayi osiy qulung bechora yig‘lar har zamon, Oq atovu Ko‘k atovu Chilton ato sizdin madad. (316-bet) Misralarda nomlari zikr etilgan “Xoja O‘bon, Nur ato, Hazrati Xoja jahon, Ham Bahoul-Haqqi vad-din G‘avsul A’zam dar jahon”lar Buxoroning avliyo va pirlari bo‘lib, mazkur misralarda shoirning ularga bo‘lgan ulkan muhabbati, samimiy hurmati o‘z ifodasini topgan. Boborahim Mashrabning buxorolik avliyolar ichida Hazrat Bahouddin Naqshbandga hurmati g‘oyat balanddir. Ma’lumki, Hazrat Bahouddin Naqshband (1318-1389) Buxoroi sharifning yetti pirlaridan biri, ya’ni yettinchi piridir. Ul zot Xojagon-Naqshbandiya tariqatini g‘oyaviy jihatdan to‘ldirib, uni oliy nuqtaga olib chiqdilar. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida bu tariqatga kirib, izdoshlik qilayotganlarni uchratish mumkin. Chunki bu zot doimo Ollohning farzi-yu paygambarimiz Muhammad (s.a.v.)sunnatlariga qattiq rioya qilganlar. Xususan, janob payg‘ambarimizning “Haqiqiy musulmon bu dunyoni deb, u dunyosini tashlamaydi, u dunyo deb, bu dunyosini qo‘ldan bermaydi” degan hadislari Xoja Bahouddin Naqshband uchun ibratli ta’limot edi. Shu bois Naqshbandiya sulukiga kirgan kishilar, oilasini farovonligini ta’minlash, yurt obodligi uchun kurashish, millatni sevish, o‘zlikni anglash, xalq manfaatini o‘ylash, Vatanni asrash, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish va boshqa huquqlarga ega bo‘lganlar. SHuning uchun bu tariqat tez rivojlanib, dunyoning turli burchaklarida keng yoyilgan. “Soqiyo, maxmurman daf’i xumor istar ko‘ngul” misrasi bilan boshlanadigan muxammasida Mashrab Samarqand safaridan so‘ng ko‘ngli Buxoroni istaganligini qayd qiladi. “Ma’dani ilmu adolat deb Buxor istar ko‘ngil” deb aytadi. Yana Hazrat Bahouddin ta’riflariga o‘tadi: Ul Balogardoni olam, ham pisar xoni Rasul, Kimki ixlos birla bordi maqsudi bo‘ldi hasul, Yo Bahouddin, mani chirkinni qilgaysan qabul, Dargahi ahli saxovatdin gado ketmas malul, To‘tiyo deb ostoningdin g‘ubor istar ko‘ngul. (421-bet) Hazrat Bahovuddin Naqshband haqida ma’lumot beruvchi manbalarda bu zotning el orasida “Bahouddin Balogardon”, “Bahouddin pirim”, “Devonai Bahouddin” kabi nomlar bilan mashhur bo‘lganliklari ma’lum qilinadi. Lekin xalq avval va hozirgi kunda ham bu avliyoni – Ollohning do‘stini ko‘proq “Bahouddin Balogardon” nomi bilan tilga oladi. Shoir Mashrab ham hurmat-ikrom bilan ul zotni shu nomlari bilan tilgan olganliklari yuqorida keltirilgan misralardan ma’lumdir. Muxammasining boshqa bandlarida Hazrat Naqshband bilan birga, boshqa buxorolik avliyo va ijodkorlarni tilga olinganligi ayonlashadi: Xojai Sayyid Mir Kulol ermish Bahouddinga pir, Suhbatidin bo‘ldi necha ming sohibzamir, Homiyi shahri Buxoro Xoja Bu Hifzi kabir, Porado‘zu hazrati Mullovu qabri necha Mir, Barchasin tavf aylayub ashkin nisor istar ko‘ngil. (421-bet) Buxoroi sharifning oltinchi piri Sayyid Amir Kulol (q.s.)ning asl ismlari Sayyid Amir Kalondir. Darhaqiqat, Hazrat Bahouddinga ma’naviy ustozlik qilgankim, so‘fi shoir muxammasning birinchi misrasida shunga ishora qilgan. “Homiyi shahri Buxoro Xoja Bu Hifzi kabir”- deb esa Abu Hafs Ahmad ibn Hafs ibn al Zirakon Abdulloh al Buxoriy – buyuk faqih, ulkan alloma, valiyulloh nazarda tutilgan. Hazratning ismlari Sayid Ahmaddir, el ul zotni ulkan olimliklari bois “Kabir” (buyuk), sohibkaromat ekanliklari bois “Hojatbaror” deb e’zozlagan. Hazrat Abu Hafs Kabir Buxoroda 767 yilda tug‘ilib, shu erda 832 yilda vafot qilganlar. Muxammasda buxorolik yana ikki zotga ishora bor. Bulardan biri Buxoroi sharifning yana bir avliyoullohi – haqning do‘sti Hazrat Boboyi Porado‘z bo‘lib, ul zot 842 yilda tug‘ilib, 925 yil marhum bo‘lganlar. Ikkinchisi – Mullo Mir bo‘lib, 14-asrda yashab ijod qilganlar. Shunday qilib, shoir Buxoro shahridan chiqib, boshqa buxoroliklar qabrini ziyorat qilish niyatida G‘ijduvonga yo‘l oladilar: Ba’d azon shahri Buxorodin chiqib bo‘lsak ravon, Surma qilsak ko‘zga borib xoki shayxi G‘ijduvon, Jilva qilsa diydalarga ravzayi Mohi Tobon, Ko‘zga surtib tufrog‘in, dildin ketib zangi shu on, Minnati hamsuhbat eldin bir kanor istar ko‘ngul (421-bet) Yuqorida ko‘rganimizdek? Buxoroi Sharifda ko‘p buyuk allomalar etishib chiqqan, har birlarini o‘z o‘rinlari bor. Buxoroni Sharif degan unvoni olishiga sabab Abu Hafs Ahmad ibn Hafs ibn al Zirakon Abdulloh al Buxoriy – buyuk faqih, ulkan alloma, valiyullohning xizmatlaridir. Lekin tariqat nuqtayi nazardan Xojagon tariqatining birinchi vakili, Buxoroi Sharifning birinchi pirlari ham deb aytiladi, bu zot Xojai Jahon, Hazrat Abduxoliq nomi bilan butun dunyoga mashhur. Xoja Abduxoliq 1103 yil G‘ijduvonda tug‘ilib, 1179 (ayrim manbalarda 1220) yil marhum bo‘lganlar. Qabrlari G‘ijduvon shahrida. Shoir Boborahim Mashrab “shayxi G‘ijduvon” deb Hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniyga ishora qilgan. Keyingi misrada esa Buxoroyi Sharifning ikkinchi pirlaridan birlari, Hazrat Xojai Jahon shogirdlari, Hazrat Muhammmad Orif Xoja Orifi Mohitobon nomi bilan mashhurdir. Bu zoti sharif Buxoro viloyati SHofirkon tumani Revgar qishlog‘ida tug‘ilganlar. Shu bois G‘arb-u Sharqda Ar-Revgariy nomi bilan ham tanilganlar. Boborahim Mashrab muxammaslarida shu zotga ishora qilgan. Avliyoullohlarning shoir tilga olishini boisi shukim, uning qalbi Ollohning rizoligini topish va ikki dunyo saodatiga yetish edi. Darvesh shoirning dardli misralaridan ma’lum, unga Parvardigor ikki dunyo baxtini muyassar qildi. Uning bugun biz o‘rganib mutolaa qilayotgan adabiy merosi shundan dalolat beradi. O‘tganlarni qabrini ziyorat qilish, ularning ruhidan madad so‘rash, esa qalb zangini ketkazadi. Iymonini mustahkamlaydi. Ruhni tetiklashtiradi. Dildan g‘arazni, gina adovatni yo‘qotadi. Dunyoviy hirs-u havasni kamaytiradi. Nafsni jilovlashtirishga yordam beradi. O‘zlikni anglash, o‘zgalarni hurmat qilishni uqtiradi. Shu bois shoir “Ko‘zga surtib tufrog‘in, dildin ketib zangi shu on deydi”. Bunday baxt faqatgina iymonli kimsalarga nasib qilgan. Buxoroning dono va buyuk mutafakkir farzandlariga shunday baxt muyassar bo‘lgan. Buxoroning har bir qarich tuprog‘i har qanday dardga da’vodir. Bu yurtning har bir avliyosiga Parvardigor kasalmand kimsalarni da’volash ne’matini bergan. Muxammasning keyingi bandida Boborahim Mashrab shunday avliyolarning biriga ishora qilgan: Qum ichinda Xojayi O‘bondin izlab davo, Kecha yotib erta qilsak orzuyi Nur Ato, G‘o‘ta ursak mohi yanglig‘ chashmayi rahmat aro, Tun borib, tog‘ uzra yotib, fajrini qilsak ado, G‘o‘ta aylab Nuhdek sayri bixor istar ko‘ngul (422-bet) Hazrati Xoja O‘bbon (Abbon) vafot yillari 724. Buxoro shahridan Gazli tomon qirq kilometr borib, chap tomon burilsangiz va yana o‘n kilometr yurgandan so‘ng cho‘lning o‘rtasida avliyo Hazrat Xoja O‘bbon ziyoratgohlari namoyon bo‘ladi. Bu muqaddas manzil juda ham tabarruk… Buxorodagi Xoja O‘bbon ziyoratgohiga necha asrlardan beri kasallar kelib, sidqidildan ixlos bilan Alloh taolodan dardiga shifo so‘raydi, albatta Alloh ularning kasaliga shifo beradi. Ushbu ziyoratgohdagi quduq suvi g‘oyat shifobaxshdir. Yil o‘n ikki oy ushbu ziyoratgohda turli irqqa mansub bemorlar, turli jumhuriyatlardan kelib ma’lum muddat turadilar. So‘fi shoir Boborahim Mashrab “Xojayi O‘bbondan izlab davo” deb shuni nazarga tutgan. SHunday qilib Boborahim Mashrabning buxoroliklarga bergan ta’riflariga diqqat qilsangiz, yana bir bor Buxoroyi Sharifning avliyoullohlari, Haq do‘stlarining karomatlarini yaqindan bilib olasiz. Xulosa, yuqorida nazardan o‘tkazgan muxammaslarimizda Boborahim Mashrab Buxoroi Sharifning buyuk farzandlariga alohida ehtirom ko‘rsatganligi o‘z badiiy ifodasini topgan. Adib badiiy talqin ya’ni talmeh san’ati orqali kelajak avlodni Buxoroi SHarifning muqaddas qadamjolari va avliyoullohlari bilan ham tanishtirish bir uslubini tatbiq etgan desak ham bo‘ladi. XULOSA Boborahim Mashrab buyuk ijodkor. Shaxs sifatida komilikka yetgan inson. Umrini mazmunli o‘tkazgan shoir. Halollik va poklik, ezgulik va samimiylik yo‘lida jonini fido qilgan mutafakkir. Kelajak avlodni ma’nan va jismonan tarbiyalashga benazir hissa qo‘shgan buyuk adib. O‘zbek va Sharq mumtoz adabiyotining barjasta vakili. Dardmand va xalq dardi bilan yashagan, ularning orzu umidini ma’naviy merosi orqali amalga oshirishni niyat qilgan so‘z bilimdoni. Ma’naviy jihatdan nihoyat yuksaklikka intilgan inson. Barcha narsadan ma’rifatni va haqiqatni ustun qo‘ygan so‘fiydir. Uning she’riyati nihoyatda yuksak badiiy san’atlar bilan sug‘orilgan. Shuningdek juda sodda va xalqona ruhda mujassamdir. O‘qilishi oddiy, mazmuni tushunarli. Ohangdorligi dilkashligi inson ruhiyatiga ta’sir qilib kayfiyatini ko‘tarib, yashashga chorlaydigan o‘ziga xos va mos ma’naviy merosdir. Tashbeh, tavsif, talmeh, mubolag‘a va boshqa she’riy san’atlardan tabiiy foydalangan. Tadqiqotimiz davomida Boborahim Mashrabni yana bir bor kashf etib, uning ma’naviy merosiga qoyil qoldik. SHe’riyatini mutolaa qilar ekanmiz, go‘yo shoir bilan suhbatlashib dardimizga davo topgandek bo‘ldik. Shoir g‘azallari 278ta talmeh san’atini 463 marta qo‘llanganligi, u o‘tmish adabiyotni ipidan ignasigacha bilishidan dalolat beradi. G‘azallarida tarixiy shaxslar Mansuri Hallojni, Ibrohim Adhamni, Hotami Toyni, SHayx San’oni va boshqalarga ko‘p ishora qilganligiga guvoh bo‘ldik. Ishqiy afsonalar qahramonlariga “Layli va Majnun” , “Yusuf va Zulayxo”, “Farhod va Shirin”, “Tohir va Zuhro” va “Vomiqu Uzro”ga ishora qilganligi, adib bu dostonlarni yaxshi o‘zlashtirganligidan dalolat beradi. Suuningdek kitobxonni sevishga, ishq va muhabbat ko‘rsatishga da’vat qilganli ma’lum bo‘ldi. Farishta Jabroilga ishora qilish orqali kitobxonni ustoz va shogirdlikni esdan chiqarmaslikka chaqiradi. Odam Ato, Nuh (a.s.), Ibrohim (a.s.), Iso (a.s.), Muso (a.s.), Ya’qub (a.s), Yusuf (a.s.), Sulaymon (a.s.) va Muhammad (s.a.v.)ga ishora qilganligi haqiqiy mo‘minligidan dalolat beradi. Vatanni asrash har bir o‘g‘lonning burchidir. Qahramonlik, shohlik odamzod uchun buyuk ne’matdir. Bu fazilatga ega bo‘lganlar Iskandar, Jamshid, Rustam, Suhrob va boshqalarning harakatlari kelajak avlod uchun o‘rnakdir. Boborahim Mashrab she’riyatida talmeh san’ati orqali ularga ham ishora qilgan. O‘zidan oldin yashagan bir qator shoirlarga va avliyo anbiyolarga ishora qilgani adibning buyukligidan dalolat beradi xolos. Xulosa Boborahim Mashrabning she’riyati barkamol avlodni to‘g‘ri va komil inson qilib tarbiyalashga benazir ma’naviy manba’dir. Download 225.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling