Mavzu: Boborahim Mashrabning talmeh san’atidan foydalanish mahorati Bitiruvchi


Talmeh san’ati orqali tarixiy shaxslarning nomini ifodalash


Download 225.57 Kb.
bet5/12
Sana05.01.2022
Hajmi225.57 Kb.
#231522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Boborahim mashrabning talmeh san’atidan foydalanish mahorati

1.3. Talmeh san’ati orqali tarixiy shaxslarning nomini ifodalash
So‘z buyuk qudratga ega. Shu bois insonlar so‘z orqali buyuklikka erishadilar. Ularning qalbidan chiqqan dardli va ibratli hikmatlari so‘z orqali boshqalar ongidan joy oladi. Ba’zan ularni boshqarib turadi. Jisman o‘lib ketgan bo‘lsa ham, buyuk mutafakkirlarning ma’naviy merosi minglab, millionlab kishini tarbiyalashga qodirdir. Keyingi avlod ana shunday tarixiy buyuk shaxslarning oliyjanob, insonparvar g‘oyalariga suyanib ibrat olib, xulosa chiqarib, hatto ularning hayotlarini o‘zlariga katta darsxona sifatida qabul qilib ergashadilar. Hatto ularning kechgan hayotini chuqur o‘rganib, kelajak avlod uchun namuna qilib ko‘rsatadilar. Iste’dodli ijod ahli ularni o‘z she’riyatida ezgu niyatlar va buyuk maqsadlarni amalga oshirish uchun ishora qilib o‘tadilar. Buyuk shaxslar har qanday oiladan chiqishi mumkin. Ular hatto tarix g‘ildiraklarini o‘zgartirishga qodirdirlar. Ularning amalga oshirgan ezgu ishlari, harakatlari ming asrda ham, o‘z mohiyatini yo’qotmaydi. Balki tillardan tillarga o‘tib, rivoyat sifatida, yo bir hikmat tarzida gapni tasdiqlash yo to‘ldirish uchun, fazilatlari va nomlari zikr qilinadi. Misol, saxiylik eng oliyjanob insoniylik fazilatdir. Har bir zamonda, makonda va jamiyatda saxiy kishi lozim. Chunki hayotda o‘ziga tinch shu bilan birga, muhtojlikka umrguzaronlik qiladigan, insonlar bor bo‘lgan va bo‘ladi. Ular savob talab kishilar, ko‘zi to‘q, o‘zi to‘q va qalbi ezgulikka tashnadir. Bunday odamlar insoniyat tarixida bo‘lgan, ularning ezgu fazilatlari hozir ham tillarda doston. Jumladan, Hotami Toy saxovatli inson bo‘lgan. Chunki saxiylik, muhtojga yordam berish haqida so‘z borganda, albatta Hotami Toy tilga olinadi. Hatto dono xalqimiz ham birov, ko‘p xayr-u ehson qilaversa “Hotami Toy bo‘la”- deb qo‘yadi. Sabrli bo‘lish ham chiroyli fazilatdir. Chunki sabr saodat kalitidir. Ammo insoniyat hayotiga nazar solsangiz, albatta sabr so‘zi bor joyda Hazrat Ayyub tilga olinadi. Shu yo‘l bilan ko‘pchilikni sabrlilikka chorlaganlar. Yo go‘zallik timsoli Hazrati Yusufdir. Ularning jasorati shoirlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan va xizmat qilyapti. Umrini xalq dardi bilan o‘tkazgan, yurt obodligi, millat farovonligi, hazrati Insonning komilligi uchun kurashgan, shu yo‘lda jonini ham ayamagan buyuk shaxslar va oqil, donolar ancha bo‘lgan. Biz ularni bir nechtasi haqida so‘z yuritdik.. Ammo Boborahim Mashrab o‘z she’riyatida u yo bu maqsadini o‘quvchiga yetkazish uchun, talmeh san’ati orqali tarixiy shaxslarga ishora qilgan. Biz quyda misollar asosida ular haqida fikr mulohaza yuritmoqchimiz.

Boborahim Mashrab dardli shoir, dardli umr kechirgan. Biron daqiqa ham osoyishta umr kechirmagan, doim qalbi xalq dardi, xalq g‘ami bilan o‘tgan. Bunday deyishning sababi uning qalbidan chiqqan so‘zlari, misralari, bayt-u, g‘azallari, hatto kichik janrdagi to‘rtliklarida ham uning jismi butun yonib tilga kirganday. U nafaqat ilohiy ishq kuychisi, balki odamzodning orzu istaklarini, murod maqsadlarini chuqur o‘rgangan ijodkordir. Yo‘q u isyonkor shoir emas, balki o‘zini nihoyatda mukammal o‘rganib, butun iste’dod va imkoniyatlarini odamlarning qalbidagi kechinmalarini badiiy ifodalashga bag‘ishlagan. U goho Muso (a.s) goho Iso (a.s) ba’zan Muhammad (s.a.v.) larning ruhlaridan madad olish bilan birga (Izladim man, yo Muhammad Mustafo, Sizdin madad, 388-bet) ularning ruhlari bilan yonma-yon yurishini baralla aytadi. Talmeh san’ati orqali butun buyuklarni qayta va qayta tilga oladi, o‘zini ahvolini ularga o‘xshatadi, ba’zan qiyoslab ishoralar qiladi. Uning eng sevimli insoni, tarixiy shaxs Mansuri Hallojdir. Mutafakkir va avliyozotni adibimiz qariyb har bir baytida tilga oladi, shuningdek o‘z hayotidan misollar keltirib ul zotdek o‘lishini qayd qiladi.

Mansuri Halloj (40 marta), Boyazid (10 marta), Hotami Toy ( 12 marta), Ibrohim Adham (25 marta) ularning ayrimlariga undan ham ziyodroq ishoralar qiladi.

Insoniyat tarixiga nazar solsangiz shaxslar biron sabab tufayli yo boylikdan kechgan yo buni aksi, biron sabab bois boy bo‘lib ketgan. Bilamizki Ibrohim Adham podshoh bo‘lgan. U bir kecha uyqusi qochib borib o‘z taxtiga o‘tiradi. Shu choq uning saroyini tomidan oyoq tovushi eshitiladi. Ibrohim Adham kimligini aniqlash maqsadida o‘rnidan turib tom tomonga qarab, kimligini so‘raydi, shunda bir ovoz “men tuyamni izlab yuribman” degan sado keladi. Shunda podshoh seni tuyang mening saroyimning tomi ustida nima qiladi?-deb so‘raydi. Shunda ovoz tomonidan “ey bu tom senikimi?” “oldin kimniki edi?” shunda podshoh, otamniki, undan oldin bobomniki edi,-deb javob beradi. Shunda ovoz egasi “undan chiqdi bu er karvonsaroy ekanda, ya’ni kelib ketadigan joy ekanda deb”-, noma’lum bo‘lib ketadi15. Ibrohim Adhamning bu hikmatli so‘zdan keyin halovati yo‘qoladi va ertalab hech kimga gapirmasdan, taxtni tashlab saroydan chiqib ketadi. O‘n besh yildan so‘ng Ka’batullohga borib yetadi. Ayrim rivoyatlarga qaraganda Ibrohim Adham har bir qadamida ikki rakat namoz o‘qib, Ka’batulloh ziyoratiga borgan ekan. Shuningdek sahroda yurar ekan, qo‘y, tuya, ot, mollar podalarini ko‘rganda, cho‘ponlardan bu mollar kimniki deb so‘raydi, cho‘ponlar Ibrohim Adhamniki deb javob berdi. Shunda Ibrohim Adham ularni barchasini cho‘ponlarga berib ketadi”. Ibrohim Adhamning ana shu holatiga Boborahim Mashrab bir necha bor she’riyatida ishora qilgan:

Jahonni tark qildim, Mashrabo, Ibrohim Adhamdek,

Saropo dard ko‘rdum, muddaoni ko‘rmadim hargiz (79-bet)



Hazrat Alisher Navoiy “Nasoyim ul muhabbat”da Ibrohim Adham haqida ma’lumot berar ekan, uni podshohlikni tashlab, darveshlikni tanlaganligini boshqacha ifoda etgan:

“Avvalg‘i tabaqadindur. Kuniyati Abu Ishoq va oti va nasabi Ibrohim Adham binni Sulaymon, binni Mansur al-Balxiy. Mulukdin erkani xud mashhurdur, yigitlikda tavba tavfiqi topti.

Bir kun ovg‘a boradur erdi. Hotife nido qildiki, ey Ibrohim, sani bu ish uchun yaratmaydurlar. Bu so‘zdin anga ogohlig‘ yuzlandi va mulk tarkin qilib, bu toifa tariqin ixtiyor qildi va Makkaga bordi va anda Sufyon Savriy va Fuzayl Ayoz va Abu Yusuf G‘asuliy suhbatig‘a yetishti va Shomda halol ro‘zi uchun nozirbonlig‘, ya’ni dashtbonlig‘ qilur erdi”

“Ibrohim Adham va Ali Begor va Huzayfa Maroshiy va Salim Xavvos bir-birining yoronlari erdilar. Bir-biri bila bay’at qildilarkim, nima emagaylar to hilliyati alarg‘a sobit bo‘lmag‘ay. Chun shubhasiz halol luqma topmoqdin ojiz bo‘ldilar, emaklari oz miqdorga keldi. Dedilar, on miqdor yeyaliki, ondin guriz bo‘lmag‘ay, bori shubha ozroq bo‘lg‘ay. Ibrohim Adhamning holoti bag‘oyat ko‘ptur. Bir kitob bitisa bo‘lur. Ammo bu muxtasarda muncha zikre bila iktifo qilindi”.

Hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek Ibrohim Adhamning darveshlik yo‘lini tanlagani, bu uning ovga chiqqanida, ohuni unga so‘zlaganidir. SHundan so‘ng Haq yo‘liga kirib ezgu amal bilan umr kechirgan.

Boborahim Mashrab kitobxonni to‘g‘ri yo‘lga da’vat etib, halol umr kechirishga undaydi, bu uchun har bir insonning qalbiga ilohiy ishq lozim, Ibrohim Adhamning himmati kerak bo‘ladi sizlarga, deb ta’lim beradi. Shundagina haqiqiy ishq talabgori bo‘lasan. Ya’ni agar dunyoga hirs qo‘ysang, unga bog‘lanib qolasan, qalbingni ishq o‘rnida mol-u dunyo egalaydi. Shu bois ibrat olish uchun Ibrohim Adhamning hayotiga talmeh san’ati orqali ijodkor ishora qiladi:

Tolibi ishq o‘lay desang himmati Adhami kerak,

Zarra qachon etar vale vasli sanam orosig‘a (62-bet)

Yuqoridagi g‘oya quyidagi baytda ozgina boshqacharoq ifodasini topgan. Hayotning g‘am tashvishi shuncha ortib bordiki, natijada Adhamdek barcha narsadan voz kechdim, dedi adib:

Qayg‘ulik boshimga har dam ko‘hi g‘amni ortturub,

Misli Adhamdek jahondin mosuvo qildi bu dard(76- bet)

Bunday misralar va baytlar shoir ijodida talaygina biz bir nechtasiga ishora qildik xolos, ba’zilari quyidagicha: “Jahonni tark qildim, Mashrabo, Ibrohim Adhamdek” (79- bet), “Ki Ibrohimi Adhamdek gado bo‘lg‘on balang keldi”(90 -bet), “Tark etibman molu jonimni bukun Adham kabi”(111- bet), “Orifi Haq bo‘lay desang Adhami benavo kerak” (113-bet), “Xotirimg‘a himmati Adhamni kelturdum bu kun”(122-bet), “Dunyoni pushtipo urub Adhami benavo o‘zum”(174- bet), “Shohi Ibrohimi Adhamni tushurdum taxtidin”(231-bet) kabi misralar va ishoralar shoir ijodida anchagina, bizlar bir nechta misol keltirish bilan chekindik.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek Boborahim Mashrab nihoyat ko‘p Mansuri Hallojga taqlid qilgan, uni muborak nomini tilga olgan. Mansur Halloj kim? Mansur — Husayn bin Mansur Halloj Bayzaviy Kuniyati Abulg‘ays (857—922). Attor “Tazkirat-ul avliyo”da16 uning maqolasidan ko‘plab naqllar, karomatlar, qatlining tafsilotlarini keltiradi. Uning “Analhaq”ini tushungan tarafdorlari va rad etgan muxoliflarini nom-banom sanab o‘tadi. Jumladan, Shibliy aytgan ekan: “men va Halloj bir mashrab (fe’l—atvor, tariqat, din) danmiz. Lekin meni devonalikka nisbat berdilar, omon qoldim. Husaynni esa uning aqli halok qildi”. Mansur Hallojdan “ishq nima?” deb so‘raganlarida: “O‘ldirilgan, sovrulgan kun — ishqdir”, — deb javob bergan ekan. Attor Mansurning qay tarzda qatl etilishini yozadi: avval toshbo‘ron qilinadi, keyin qo‘llarini, so‘ng oyoqlarini, chopib, burun, quloqlarini kesib, ko‘zlarini o‘yib, tashlaydilar. Har bir a’zosidan judo qilisharkan, Mansur javoblar berib turgan, jumladan tilini qirqishdan avval:“Biroz sabr qiling so‘zim bor, deb yuzini osmonga qaratib: Ilohi, sening uchun shu ranjni tortayotganlarni (ya’ni, unga azob berayotganlarni) marhamatingdan mahrum qilma, ularni shu davlatdan benasib etma!” deb iltijo qilgan ekan. Attor ta’kidlaydiki, namozshom paytida Hallojning boshini tanidan judo qilar ekanlar, u tabassum bilan boqardi har andomidan “Anal — haq” eshitilar, oqqan har tomchi qonidan “Olloh” naqshi zohir bo‘lar edi”, — deb yozadi. Jomiyning “Nafahat ul—uns”, Navoiyning “Nasoyim ul—muhabbat” asarlarida Mansur Halloj haqida maqola mavjud.

Ayrimlar uning g‘ayri oddiy harakatlarini, karomat deb tushunar edilar. Mansuri Halloj “Analhaq” ( men haqdirman, men xudodirman) degani uchun avval qamaladi, so‘ng Homid ibni Abbos ya’ni abbosilarning vaziri tomonidan Bog‘dodda dorga osiladilar. Boborahim Mashrab juda ko‘p ana shu mutafakkir hayoti bilan o‘zini hayotini o‘xshatib, talmeh san’ati orqali ishoralar qilgan.

Boborahim Mashrab hayotidan bilamizki, uni Balx shahri hokimi Mahmudxon osib o‘ldirgan, shoir avliyo ekanligi tug‘ilganidayoq ma’lum bo‘lgan. U qanday o‘lishini yaxshi bilar edi. Bu holatni o‘z she’riyatida ko‘p bor tilga olgan. Jumladan quyidagi g‘azalni shunday matla bilan boshlaydi:

Qonimni to‘kar ermish Balx shahrida Mahmudxon,

Taqdiri azal bo‘lsa, naylay, anga bermay jon? (218-bet)

Tarixga xususan adabiyot tarixiga nazar solsangiz, Mansuri Hallojni imonsizlar tomonidan dorga osib o‘ldirilgan, Boborahim Mashrabning taqdiri ham shunga o‘xshaydi, Mansur halokati shoir tomonidan she’riyatida ko‘p tilga olinadi. Quyidagi baytda faxr bilan Mansurga qo‘shilganligini talmeh san’ati orqali badiiy tasvirlagan:

Ming shukur xudoyimg‘a Mansurg‘a qo‘shuldum man,

Ul ro‘yi siyahlarkim Mansurni o‘ldurg‘on.

Shundan so‘ng ishq yo‘liga kirganlarning ahvoli shunday kechishini quyidagi baytda ifodalaydi:

Bul ishq yo‘liga kirgan, albatta kechar jondan,

Kechmasa agar jondan, aytgan so‘zidur yolg‘on.

Keltirgan baytning mazmunidan ayonlashadiki, Xudoga sig‘ingan, to‘g‘ri yo‘lni tanlagan, halol umr kechirgan, ishq dardiga giriftor bo‘lgan kimsa darhaqiqat o‘zini shu yo‘lga qurbon qilishi lozim, aks holda yonaman pishaman, o‘laman deb yolg‘ondan nola qilganlari foydasizdir. Ana shunday dardli so‘zlardan keyin, ishq yo‘liga butun vujudlari bilan kirib, shu yo‘lga qurbon bo‘lgan bir qator ishqiy afsonalar qahramonlarini baytma-bayt keltiradi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek Boborahim Mashrab 1711 yilda Balx hokimi Mahmud Qatag‘on tomonidan o‘limga hukm qilingan va dorga osilgan. Bu haqda shoir o‘z holini Mansuri Hallojga o‘xshatib talmeh san’ati orqali she’rlariga ishora qilgan. “Haq dargohidan pok suvni ichib, dor oldida yig‘lab turibman”, deganini tushinish uchun, kitobxon Halloj hayotidan xabardor bo‘lishi kerak:

Mansuri Hallojdek ichib sharoban antahur,

Charx urub yig‘lab turarman ushbu dam dor oldida (53-bet)

Bunday misralar va baytlar shoir ijodida ko‘p topiladi: “O‘shal dam Mansuri mastona osilg‘an dordin so‘rg‘il”(121-bet), “Mansuri Hallojdek dorga osilgan o‘zginam”(128-bet), “Mansur kabi boshimi dorg‘a tuta qoldim”(143-bet), “Xuni g‘arq birlan ado, qildim, base Mansurman”(161- bet), “Necha Mansur o‘ldi irshodmand muhabbat yo‘lida” (161-bet), “Hu desam analhaq deb, olam borisi Haq der,Mansur kabi boshimni dor uzra tutay derman” (193-bet), “Ming analhaq keladur Mansur osilg‘on dordin”(211- bet) biz ulardan bir nechtasini misol keltirdik xolos.

Boborahim Mashrab o‘z she’riyatida saxovat va saxiylik xususida so‘z yuritmoqchi bo‘lib, tarixiy shaxs Hotami Toyga ishora qiladi. Manbalarda Hotami Toy haqida turlicha ma’lumot bor. Hotam — Ibn Abdulloh bin Sa’dning laqabi Hotami toyi nomi bilan ham mashhur. Toy qabilasining boshlig‘i va shoir bo‘lganligi haqida rivoyatlar bor. Hotam adabiyotda saxovat, saxiylik timsoliga aylanib ketgan. Darhaqiqat dono va aql egalari uchun ibrat olish, qanday yashash, komilikka erishish yo‘llari aniq belgilab berilgan. Saxiy bo‘lish, saxiylikni o‘rganish uchun odam Hotami Toy haqida ma’lumotga ega bo‘lsa bas.

Boborahim Mashrab quyidagi baytida Hotami Toy saxiyligini talmeh san’ati orqali, go‘zal fazilatlariga ishora qila turib, kelajak avlodni tarbiyalash maqsadida, “agar sen saxovat olamida Hotamdek bo‘lsang ham, agar kibirga bersang, o‘zingni aslo saxovatmand demagil. Ya’ni mutafakkir o‘z she’riyatida Hotami Toyning saxiyligiga ishora qilish bilan, boshqalarga ta’lim beradi, agar sen ahli mo‘min bo‘lsang, aslo kibrga berilma, chunki bu salbiy xislat senga faqat kulfatdan boshqa narsa keltirmaydi, deb ogohlantiradi. Shu bois kitobxon so‘fiy shoirimizning maqsad va muddaosini tushunishi uchun Hotami Toy hayotida xabardor bo‘lishi lozim:

Gar saxovating jahonni tutsa chun Hotam sifat,

Ish riyodin xoli yo‘q, sohib saxovatman dema (54-bet)

Mashrab she’riyatidagi ya’na bir tarixiy shaxs, ishq oloviga yongan Shayx San’ondir. “Shayx San’on”—Sharq mamlakatlari xalqlari orasida “SHayx San’on” haqidagi sevgi qissasi ham ko‘p zamonlardan beri ma’lum. Bu qissa birinchi marotaba shayx Farididdin Attorning 1175 yilda yozgan “Mantiqut-tayr” nomli mashhur asari tarkibida uchraydi. Shayx San’on afsonaviy shaxs bo‘lib qolmasdan, XI—XII asrlarda yashagan tarixiy bir shaxs deb ham taxmin etiladi. Bu hikoya Alisher Navoiynnng “Lisonut -tayr” asarida ham berilgan. Quyidagi baytda Boborahim Mashrab ishq olovi haqida so‘z yurita turib, u Shayx San’onni izdan chiqarganligiga ishora qildi:

Ko‘h-bako‘h ovvoralar aylar etishgan so‘ngra ishq,

Bo‘ynig‘a zunnor toqg‘on Shayx San’on o‘rtanur (282-bet)

Yana bir tarixiy shaxs Boborahim Mashrab she’riyatida ko‘p uchraydi bu Luqmoni Hakimdir. Luqmon – ba’zi tarixiy manbalarda payg‘ambarlar, ba’zilarida esa hakimlar sirasida keltiriladi. Rivoyatlarga qaraganda, rangi qora habash bo‘lgan. U kimningdir quli bo‘lib, ozod bo‘lishi haqida bir qancha rivoyatlar bor. Jumladan, Luqmonning xojasi – qo‘y so‘yib yaxshiroq a’zosini pishirib kel deb buyuribdi. Luqmon qo‘yning yurak va tilini keltiribdi. Boshqa safar xojasi – qo‘y so‘yib yomonroq a’zosini pishirib kel, debdi. Luqmon yana yurak va tilni keltiribdi. Xoja buning ma’nosini so‘raganda Luqmon debdi: ko‘ngul noloyiq fe’l atvordan, til keraksiz so‘zlardan beri bo‘lsa ulardan yaxshiroq a’zo yo‘qdir, agar bo‘lmasa, ulardan yomonrog‘i yo‘qdir. Luqmon hikmatlaridan to‘rtta bor ekan. Shundan ikkitasini doim yodda saqlab ikkitasini unutish kerak emish. Chunki avvalgi ikkisi – o‘zi qilgan yaxshiliklar, keyingi ikkitasi boshqalar qilgan yomonliklar haqida emish. Qadimgi manbalar Luqmon bilan bog‘liq ba’zi rivoyatlarni mil. av. VI asrda yashagan yunon masalchisi Ezopga nisbat beradilar.

Luqmoni Hakim Sharq xalq og‘zaki ijodiyotida hakim tabib sifatida ma’lum va mashhurdir. Shuningdek sharq mumtoz adabiyotida ham adiblar kasallik haqida so‘z yuritib, albatta Luqmoni Hakimni tilga oladilar va unga ishora qiladilar. Quyidagi baytlarda ham Boborahim Mashrab birinchi misraga agar “sening dilingga dard tegib, orzularingdan judo qilmasa, Luqmoning seni so‘rab kelmaydi”deyish bilan Luqmoni Hakimga talmeh san’ati orqali ishora qilmoqda. Ya’ni Luqmon tubandagi baytda dardning da’vosini topivchi tabib sifatida kitobxon ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladi:

To dilingga dard tegmay, orzulardin judo,

Chun so‘rab kelmas o‘shal oldingda Luqmoning saning(72- bet)

Shoir “Ketmasun” radifli g‘azalida ham bemorlarga murojaat qilib Luqmon yonlaringizdan ketmasun deb, maslahat beradi, shu orqali talmeh san’atini qo‘llaydi. Shoirning didi va kuzatishlari nihoyat ziyraklik bilan o‘z she’rlarida tasvirlangan, quyidagi baytning mazmuni, shuningdek badiiy uslubi shunday xulosa chiqarishga undaydi:

Ey kasal, boshingni ur, yoningdan Luqmon ketmasun,

Hech kim mandek bu kun choki giribon ketmasun (232-bet)

Xulosa Boborahim Mashrab ishqning jozibasi,ta’sirchanligi oqil kishini ham izdan chiqarishi mumkinligi xususida, badiiy fikrini bayon qilar ekan, albatta, Mansuri Halloj, Ibrohim Adham, Shayx San’on karomatlari va hayotlariga talmeh san’ati orqali ishora qiladi. Yo saxovat, saxiylik va ezgu ishlar haqida ijod qilar ekan, albatta, Hotamiy Toyni tilga olib, o‘quvchini ibrat olishga chaqiradi. Yo saxovat qilib kibrga berilma deb ta’lim beradi. Dard, dardmandlik va kasallik haqida kuylar ekan unda Luqmoni Hakimning buyuk tabibligiga ishora qilishi, kitobxonga yana bir bor Luqmonni eslatadi. Boborahim Mashrab oddiy shoir yo ijodkor emas, balki Olloh tomonidan yuborilgan iste’dod sohibidir. Hayot sir-sinoatini yaxshi o‘zlashtirgan inson hayot degan ummonda qoqilmasdan chiroyli yashashini istagan. Odamiylik mulkidan bebahra qolmasligini xohlagan. Tiriklik degan ne’matdan bahra olish har bir insonning baxtidir. Jahongashta shoir kunlik hayotida ko‘p adolatsizlikning guvohi bo‘lgan, sinovdan o‘tkazgan, natijada she’riyati orqali kelajak avlodga ta’lim berishga muyassar bo‘lgan.


Download 225.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling