Mavzu: Boborahim Mashrabning talmeh san’atidan foydalanish mahorati Bitiruvchi


Ishqiy afsonalarning qahramonlariga talmeh san’ati orqali nazar tashlamoq


Download 225.57 Kb.
bet7/12
Sana05.01.2022
Hajmi225.57 Kb.
#231522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Boborahim mashrabning talmeh san’atidan foydalanish mahorati

2.2.Ishqiy afsonalarning qahramonlariga talmeh san’ati orqali nazar tashlamoq

Adabiyot, xususan, badiiy adabiyot odamning kayfiyatini ko‘tarib, ruhiyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Chunki unda nafosat, go‘zallik, yuksak badiiy ifodalar kuchli. O‘quvchi she’riyat va badiiy asardan lazzat olish bilan birga, ijodkor mahoratiga tan beradi. SHuningdek tabiatdagi go‘zal maftunkor, ibrat vazifasini o‘taydigan hodisalar, voqealar, o‘zgarishlarni har qanday oddiy inson his qilmaydi. Adiblar esa ularni sinchkovlab sinovdan o‘tkazib, so‘ng o‘z asarlariga tasvirlashga muvaffaq bo‘ladilar. SHoirlar yoxud ijod ahli mavzuni qayerdan oladi? Albatta kundalik turmush hayotdan, odamlar orasidagi samimiy muloqotlardan, oshiq va ma’shuqlarning ishqiy sarguzashtlaridan. Misol ishq mavzusi xususida so‘z borganda ko‘pchilik “Layli va Majnun”ning muhabbati haqida gapiradi. Ularning o‘rtasidagi ishq bois qanchadan-qancha rivoyatlar, afsonalar va nihoyat badiiy adabiyotda dostonlar vujudga kelgan. Agar ularni umumlashtirsangiz bir nechta kitob bo‘ladi. Sharq adabiyotida bunday ishq mavzusi bilan bog‘liq dostonlar juda ham ko‘p. Ular bu ishqiy sarguzashtlarni o‘zlashtirib, she’riyatlarida talmeh san’ati sifatida foydalanib o‘z ijodlarini boyitib kelmoqdalar. Boborahim Mashrab she’riyati ham bundan xoli emas:

Ul oshiqi Majnun ham Layliga bo‘lub shaydo,

Cho‘llarda vatan aylab ko‘z yoshi ravon o‘lg‘on.

Shundan keyin Ilohiy kitobdagi ishqiy rivoyatda, shuningdek bir qator shoirlar tomonidan dostonlar yaratilishga sabab bo‘lgan, “Yusuf va Zulayxon” ishqiy dostoniga ishora qilgan:

Ul zori Zulayxo ham Yusufga bo‘lub shaydo,

Ko‘rdungmu xaloyiqg‘a rasvoyi jahon bo‘lg‘an.

Boborahim Mashrabning buyukligi shundaki, u Ollohga bo‘lgan pok ishqini mohiyatini ochib berish uchun, bir g‘azalning davomida butun ishqiy dostonlariga ishora qilgan, bu uning benazir shoir ekanligidan dalolat beradi. Quyidagi baytda esa “Tohiru Zuhro”ning ishqiy sarguzashtlariga ishora qilgan:

Ko‘r Tohiru Zuhroni xalq ichida bo‘lib mashhur,

Ko‘nglini berib yorg‘a ishqin yo‘lida o‘lg‘on.

Keyingi baytda esa “Vomiqu Uzro” ishqiy dostonga ishora qilgan:

Ishq o‘tida o‘rtangan ul Vomiqu Uzro ham,

Mahshar kuni bo‘lg‘anda Jannatda qilur javlon.

Ko‘rinadiki yuqoridagi baytda ham talmeh san’ati ishlatilgai. Vomiq — “Vomiq va Uzro” tarzida ham yoziladi, bu ishqiy sarguzashtga doir 20 dan ziyod dostonlar mavjud. Asli yunonga borib taqaluvchi bu turkum dostonlardan ilk namunalar VI asrlarda uchraydi XI asrda fors shoiri Unsuriy “Vomiq va Uzro” nomli doston yaratgan. (“Vomiq”ning ma’nosi do‘stlashuvchi, do‘sti bor degan ma’noni anglatadi, “Uzro” esa bokira ma’shuqa deganidir). Keyinchalik ko‘p shoirlar shu nomda doston yaratganlar. Bu dostonlarning mazmunida farqlar oz bo‘lib, faqat birida Vomiq Yaman shohining o‘g‘li, Uzro Hijoz hokimining qizi, boshqasida esa turli mamlakatlar hukmronlarining farzandlari sifatida qalamga olinadi. Bu sharq xalqlari adabiyotidan keng o‘rin olgan epik asarlardan biridir. Uning ijobiy qahramonlari xalq og‘zaki ijodida hamda yozma adabiyotda keng tomir otgandir. Qissaning o‘zbek tilida ham bir nechta variantlari mavjud.

Bir g‘azalnig o‘zida shoir sakkiz marta talmeh san’atini qo‘llangan. Umuman olganda ishqiy dostonlar ichida eng ko‘p murojaat qilgan dostoni “Layli va Majnun”dir, undan keyin “Yusuf va Zulayxo” dostoniga ishoralar qilgan. “Farhod va Shirin” dostoni uchinchi va boshqa ishqiy dostonlar keyingi o‘rinni egalaydi. Shuningdek Farhodning laqabi “Ko‘hkan”ga ham nazar solib talmeh san’ati sifatida ishoralar qilgan. Jumladan, “Layli va Majnun” ishqiy dostoniga 42 marta, “Yusuf va Zulayxo” ishqiy dostoniga 30 marta, “Farhod va Shirin” ishqiy dostoniga 21 marta va Vomiq va Uzro”, “Tohir va Zuhro” ishqiy dostonlarga bir necha bor nazar solgani ma’lum bo‘ldi.

Bilamizki xalq og‘zaki ijodiyotida va badiiy adabiyotda ishqiy dostonlar ichida “Layli va Majnun” mashhurdir. Bu holat Boborahim Mashrab she’riyatida ham ko‘zga tashlanadi. Yuqorida ko‘rganimizdek shoir ishqiy dostonlar ichida ham mazkur dostonga ko‘p murojaat qilgan. Hatto odamlar orasidagi suhbatlarda ham “bunga qarang Majnun”day bo‘lib qolibdi. “Devonai Majnun” san, bo‘lmasa shuncha ham o‘shani o‘ylab zerikasanmi? degan so‘zlar ham quloqqa chalinadi. Ikkinchidan, Boborahim Mashrabning hayoti ham “Majnun”dek o‘tgan. Goh Haqni izlab Buxoroda bo‘lsa, goh Samarqandda yo goh Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratiga borsa, goh Bahovaddin Naqshband qadamjolarida bo‘lgan. “Har zamone Laylidin manga kitobatlar kelur, Sanki Majnun bo‘lmasang, sardaftarimni kavlama” (55- bet) “Majnunsifat firoq dashtida zor yig‘ladim, Dard-u g‘aming, Laylivashim, laylu nahor o‘quy”(112-bet) “Majnuni benavo demang, laylu nahorda bo‘zlasam, Laylisini so‘rog‘lag‘an Majnuni benavo o‘zum” (174- bet) Bunday baytlarni yana keltirish mumkin, shuningdek “Majnuni benavo o‘zum” deyilishi orqali o‘zi va hayotini Majnunga o‘xshatganligi nihoyat, kitobxonni hayratda qoldiradi.

“Layli va Majnun” — Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan samimiy sevgi haqidagi doston. Uning sujeti dastlab arablar orasida vujudga kelgan.

Parvardigorning vasliga yetish har bir so‘fiyning oliy maqsadidir. Bu uchun uni zikr qilish, unga itoat qilish va dard bilan yashash shular qatoriga kiradi. Boborahim Mashrab ham hayotining ilk kunlaridan boshlab komilik sari qadam qo‘ygan. Bu orzu uni bir umr tark etmagan. Halol yashab, halol luqma yeb, har bir qadamini o’ylab bosgan mutafakkirdir. O‘zini ahvolini Majnunga o‘xshatadi, Majnun agar Laylini izlagan bo‘lsa, shoir yaratgan tomon intiladi va uni izlaydi. Quyidagi baytda ana shu maqsad badiiy ifodasini topgan. Istagini ifodalash uchun, kitobxonga yanada aniqroq bo‘lishi maqsadida talmeh san’ati orqali “Layli va Majnun” dostoniga ularning pok ishqiga ishora qilgan:

O‘shal Majnuni shaydodek biyobonlar aro man ham,

Ko‘yungda dam-badam yonib, qani Laylo deb oh ursam(129-bet)

Yuqorida ta’kidlaganimizdek shoir komillik tomon borar ekan, bu yo‘lda nihoyat ko‘p riyozat chekishini, badiiy ifodalaydi. Xuddi Majnun Layli vasliga yetishda azob chekib, qiyinchilikni bosib o‘tgandek, shoirning “meni” ham uxlamasdan tun riyozat chekib, Majnunning nazari tushganligini aytadi va olamdin xabar topganligini qayd qiladi:

Birodarlar, man ushbu kecha Majnundin nazar topdim,

Tun o‘tguncha riyozat birlan olamdin xabar topdim(153-bet)

Solik Ollohning talabgori bir daqiqa ham uni esdan chiqarmaydi, xuddi oshiq ma’shuqni izlagandek. Shoir ham Xudoning rizoligini topish uchun Movaraunnahrning barcha muqaddas qadamjolarini piyoda kezib chiqqan. Adib quyidagi baytda o‘zini ana shu lahzalariga ishora qilgan:

Majnun o‘la kezdim necha yil dasht-u biyobon,

Laylini so‘rog‘lab yurudum besaru samon (169-bet)

Ishq ilohiydir. Ishq dardi qalbga tushsa sohibini telba qilib qo‘yadi. Inson kichkina bir jussasi bilan shunday keng dunyoga sig‘masdan qoladi. Halovat degan narsa uni tark etadi, natijada o‘yda ham, ko‘chada ham o‘rnini topmaydi. Shunda majbur keng sahroga chiqib, uni izlab nolayu faryod qiladi. Bu harakatlar esa devonalikdan boshqa narsa emas. Albatta ijobiy ma’noda. Ishq olovi inson botiniga ham ta’sir o‘tkazib uni beqaror qiladi. Adibimiz quyidagi baytning birinchi misrasida Majnun holiga tushib “dasht-u sahroga” sig‘masa, ikkinchi misrada “diliga nur suvdek mavj urib dunyoga sig‘masdan” qolganligi yuksak badiiy ifodasini topgan:

Ajab Majnun erurman dasht ilan sahrog‘a sig‘mamdur,

Dilim daryoyi nurdur, mavj urub dunyog‘a sig‘mamdur(276-bet)

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ishq olovdir, u har qanday qalbga tushishidayoq egasini halovatini buzib kuydiradi, yondirib ovorayi ikki jahon qiladi. Haqiqiy oshiq ruhiy azoblar chekib, ma’shuqasini izlaydi. Majnun shunday oshiqlardan biri edi. Lekin bizning shoirimizning harakatlari va hollari undan kam emas edi. Quyidagi baytda shoir shu maqsadni badiiy ifodalash uchun talmeh san’ati orqali Majnunga ishora qilgan:

Ishq chun har dilg‘a tushsa, avvalo jon o‘rtanur,

Ohi Majnundin hama ko‘hu biyobon o‘rtanur (282-bet)

Ishq ezgulik, yaxshilik, mehr oqibat olib kelib, ko‘pchilikni bir-biriga yaqinlashtiradigan ilohiy mo’jizadir. Bir kichgina cho‘g‘i butun dunyoni buzadi. Oshiqlarni o‘ydan chiqarib sahroga ovora-yu sargardon qiladi. Bunday ishqiy sarguzasht qissalari sharq mumtoz adabiyotida anchagina. Jumladan “Yusuf va Zulayho” ishqiy qissasi shunday asarlar sirasiga kiradi. Boborahim Mashrab ishqiy qissani yaxshi o‘zlashtirish bilan birga, she’riyatining ta’sirchanligini ta’minlash maqsadida, shuningdek bir ishora bilan butun ishqiy dostoni kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalanishini istagan desak bo‘ladi. Quyidagi baytda oshiq Zulayho Yusufga intizor bo‘lganidek, u ham ma’shuqasini izlaganligi yuksak badiiy ifodasini topgan:

Maxfi(y) Zulayxo doim Yusufg‘a intizor edi,

Ikki jahonda yorini izlagan oshkor o‘zum (173-bet)

Xulosa, “Yusuf va Zulayxo”ning ishqiy sargushtlari bilan bog‘liq ishoralar, shoirimizning ko‘p baytlarida mavjuddir, biz bir nechta misol bilan kifoyalandik. Kitobxon shoir tomonidan yaratilgan har bir misra, bayt va g‘azallarning to‘liq mazmunini tushinishi uchun rivoyat, qissa va tarixiy shaxslar hayotidan yaxshi xabardor bo‘lishi kerak. Boborahim Mashrab she’riyatida talmeh san’atidan keng foydalangan holda, o‘z maqsad va muddaosini bayon qilgan. Biz ayrimlarini nazardan o‘tkazdik, xolos.




Download 225.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling