Mavzu: Bog'lovchining vazifasiga ko'ra turlari. Mundarija: I. Kirish


Download 171.77 Kb.
bet12/15
Sana21.06.2023
Hajmi171.77 Kb.
#1641512
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish

ERGASH GAPLI QO`SHMA GAP

Ergash gapli qo`shma gap – birdan ortiq sodda gapning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosida, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo`shma gap turi: Ildiz oziq bersa, novda ko`karar. Ergashgan qo`shma gapda bosh gap va ergash gap bo`ladi. Berilgan gapda birinchi gap – ergash gap, ikkinchi gap - bosh gap.



Bosh va ergash gap. Boshqa gapni o`ziga tobe qilib kelgan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uni izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Ta’til boshlansa, biz shaxmat musobaqasini o`tkazamiz. Bu gapning Ta’til boshlansa qismi ergash gap, biz shaxmat musobaqasini o`tkazamiz qismi esa bosh gap. Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo`lagani izohlaydi: Rais ko`rindiki, hamma tinchlanadi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg`iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to`ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O`qituvchi, qo`ng`iroq chalinsa, sinfga kiradi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida kelgan. Ergash gap bosh gapga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go`yo(ki) (ayrim darslikda go`yo bog`lovchisi bog`lovchi vazifasidagi so`z deb atalgan) kabi ergashtiruvchi bog`lovchi, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakli, shuningdek, yuklama, ko`makchi, turli vazifadagi ko`rsatish olmoshi, kim – u, qanday – shunday, qancha – shuncha, qaysi – o`sha, qayerda – u yerda kabi bir-biriga ishora ma’nosini bildiradigan so`roq olmoshi va ko`rsatish olmoshidan iborat nisbiy so`z, sababli, tufayli, deb so`zi orqali bog`lanadi: 1.Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbai. 2. Hosil to`kin bo`lsa, to`ylar to`xtamas. -ki, shuning uchun bog`lovchisi bosh gap tarkibida, boshqa bog`lovchi esa ergash gap tarkibida bo`ladi. Bunda ega tarkibidagi -ki bog`lovchisini e’tiborga olmaslik kerak. Misol: 1.Siz shuni unutmangki (bosh gap), kurashchilar yolg`iz emas (ergash gap). 2.Kitob bilim manbai (ergash gap), shuning uchun biz uni sevamiz (bosh gap). 3.Rais kirsa (ergash gap), hamma tinchlanadi (bosh gap). 4.Biz kitobni sevamiz (bosh gap), chunki u bilim manbai (ergash gap). 5. Hosil to`kin bo`lsa (ergash gap), to`ylar to`xtamas (bosh gap). 6.Kimki yomonlar suhbatidan qochsa (ergash gap), u yaxshilar suhbatiga erishadi (bosh gap). Ergash gap gap bo`lagiga o`xshaydi. Uning quyidagi turi mavjud: 1) ega ergash gap; 2) kesim ergash gap; 3) to`ldiruvchi ergash gap; 4) aniqlovchi ergash gap; 5) hol ergash gap: a) payt ergash gap; b) o`rin ergash gap; d) sabab ergash gap; e) maqsad ergash gap; g) shart ergash gap; h) to`siqsiz ergash gap; i) miqdor-daraja; j) o`xshatish ergash gap; k) natija ergash gap. E’tibor qilinsa, hol ergash gapning 9 turi ikkinchi darajali bo`lak bo`lgan holning ma’no turini eslatadi. Aslida aniqlovchi ergash gap ham sifatlovchi-aniqlovchi ergash gap, qaratqich-aniqlovchi ergash gap, to`ldiruvchi ergash gap vositali to`ldiruvchi ergash gap, vositasiz to`ldiruvchi ergash gap kabi turga bo`linishi kerak edi. Lekin o`zbek tilshunosligida bunday bo`linish an’ana emas.


Download 171.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling