f) Kommunikativ kompetentlik-talim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bolish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy tasir korsata olish.
g) Shaxsiy kompetentlik-izchil ravishda kasbiy osishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda oz ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
h) Texnologik kompetentlik-kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilgor texnologiyalarni ozlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
i) Ekstremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, togri harakatlanish malakasiga egalik.
Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning oziga xos jihatlari organilgan. Ana shunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin.O’z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligini qayd etadi.
O‘qituvchining kompetentligini shakllantirish uchun asosiy narsa bu maxsus kasbiy ta’limdir. Kelajakda amaliyotda olingan bilim va ko‘nikmalar boshlang’ich kompetensiya darajasini to‘ldiradi. Bularning barchasi formula shaklida taqdim etilishi mumkin:
Kompetentlik = Bilaman + Qila olaman + Istayman + Men qilaman.
Kasbiy kompetensiyani shakllantirish bosqichma-bosqich va doimiy tarzda amalga oshiriladigan jarayondir. Uni quyidagi bosqichlarga bo‘lishimiz mumkin:
1. Maxsus ma’lumot olish.
2. Amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
3. Malaka oshirish, maxsus kurs va treninglardan o‘tish.
4. Kasbiy tajribaga ega bo‘lish.
5. O‘z sohasida professionallikka erishish.
6. Tajriba to‘plash, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash bilan pedagogning kompetentligi yaxshilanadi.Jarayonning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan pedagogning shaxsiy xususiyatlariga bog’liq.
Kasbiy (shu jumladan, pedagogik) kompetentlikka ega bolishda o’z ustida ishlash va o’z-o’zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’z-o’zini rivojlantirish vazifalari o’zini o’zi tahlil qilish va o’zini o’zi baholash orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |