Mavzu: Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashga nisbatan kompetensiyaviy yondashuv mazmunini tahlil qilish. Mundarija: I. Kirish
Download 1.49 Mb.
|
Kurs ishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
Mavzu:Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashga nisbatan kompetensiyaviy yondashuv mazmunini tahlil qilish. Mundarija: I.Kirish..............................................................................................................1-5 II.Asosiy qism.................................................................................................6-23 1.Kompetensiya va komptentlik tushunchalari mohiyati.Kompetensiyaviy yondashuv mazmuni..........................................................................................5-9 2.Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashga nisbatan zamonaviy yondashuvlar...9-15 3.Kasbiy kompetensiya turlari va ularni shakllantirish usullari....................15-23 Xulosa...........................................................................................................24-25 Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.................................................................26 KIRISH. Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ilg`or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta`lim tizimi uchun bo`lajak yosh o`qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy ta`lim mazmunini modernizatsiyalash, talabalar ichki imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo`naltirilgan ta`lim muhitini yaratish bo`yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasida “uzluksiz ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta`lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Shu sababli bo’lajak o’qituvchi yoshlarni tarbiyalashda qo’llaniladigan yondashuvlar, hamda buning natijasida yosh avlodga beriladigan ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga,ta’lim jarayonini tashkil etishning yangi shakllarini qo‘llashga katta e’tibor qaratilgan. Mamlakat ta’lim tizimini zamonaviylashtirishning bosh maqsadlaridan biri sifatida ijtimoiyi-qtisodiy shart-sharoitlarga to‘la javob bera oladigan ta’limning yangi sifatiga erishishda eng zarur bo’lgan bo’lajak raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash belgilangan. Kompetensiyaviy yondashuv asosida mutaxassislarning kasbiy kompetentligi masalasini tadqiq etishga keyingi paytlarda qiziqish ancha kuchayib bormoqda. Bu borada qarashlar, fikr-mulohazalarning xilma-xilligi mazkur muammo xususida hozircha tizimlashtirilgan, yagona kontseptual model yaratishga imkon bermaydi. Hozirgi kun o‘qituvchisiga doimiy o‘zgaruvchan sharoitlarda ish olib borishga to‘g‘ri kelmoqda, bu o‘z navbatida uning kasbiy sifatlari takomillashtirilishini talab qiladi. Bugungi kunda kompetentli yondashuvga tayanilib, bu yondashuv asosida nafaqat kasbiy faoliyat kometensiyalarining shakllantirishni, balki bo‘lajak mutaxassisning shaxsiy sifatlari yuzaga chiqarilishni ham ko‘zda tutadi. Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy dunyoqarashni shakllantirish - zaruriy kasbga doir bilim, ko`nikma, shuningdek malakalarni o`zlashtirish asosida yuzaga keluvchi inson ijtimoiy kompetentligining ma`lum bir ko`rinishi sifatida tavsiflanadi. Bo`lajak o`qituvchilarda kasbiy dunyoqarashni rivojlantirish bir qancha yo`nalishlarni qamrab oladi: kasbiy kompetentlik - bo`lajak o`qituvchi tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va salohiyatning chuqur o`rganilishi va ularning amaliyotda qo`llay olinishi. Kasbiy kompetentlik bo`lajak o`qituvchi tomonidan alohida ko`nikma, malakalarning egallanishini emas, har bir mustaqil yo`nalishga ko`ra integrativ bilimlar va ko`nikmalarning o`zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya sohaga ko`ra bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o`rganishni, eng muhimi, ilmiy ma`lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o`z faoliyatida qo`llay bilishni taqozo etadi. Oliy ta’lim standartida bo‘lajak mutaxassisga mehnat bozoridagi raqobatbardoshlilik, o‘z kasbini erkin egallaganlik va faoliyatning turdosh yo‘nalishlarida yo‘nalishni topa olish imkoniyatlari haqida talablar qo‘yiladi – bularning barchasini kompetentli yondashuv sharoitlaridagina yuzaga chiqarish mumkin. Shu sababli kompetentli yondashuv g‘oyalari bir qancha xorijiy tadqiqotchi-olimlarning ishlarida ko‘rib chiqilgan va o’z ifodasini ,mohiyatini topgan.” Kasbiy kompetentlilik “o‘qituvchi tomonidan uning pedagogik faoliyatini, pedagogik muloqotini va o‘qituvchi shaxsini ma’lum bir qadriyatlar, g‘oyalar va pedagogik ong tashuvchisi sifatida shakllanganligini belgilovchi bilim, mahorat va ko‘nkimalarning zaruriy hajmini egallaganligi” sifatida talqin qilinadi. Pedagogik faoliyatni yetarlicha yuqori darajada amalga oshira oladigan, o‘quvchilarning o‘qitilganligi va tarbiyalanganligida yaxshi natijalarga erishadigan hamda shaxs sifatida o‘zini yuzaga chiqara oladigan o‘qituvchi kasbiy kompetentli bo‘lib hisoblanadi. Kompetentli yondashuv oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning maqsadi sifatida kompetentlilikning belgilanishiga asoslanadi. kompetentli yondashuv – bu hozirgi zamon kasbiy ta’lim tizimini mehnat bozorining talabehtiyojlari bilan bir qatorga qo‘yishga intilishdir. Mana shunday yondashuv o‘qituvchidan o‘quvchiga bilimlarning translyatsiya qilinishini emas, balki amaliy tajribalar, bilim, mahorat va ko‘nikmalar asosida muvaffaqiyatli harakat qilish imkonini beradigan kasbiy kompetentlilikni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Pedagog xodimlar uchun eng muhim vazifa bo‘lib, kompetensiyalarni amaliy jihatdan egallash zarurati hisoblanadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling