Mavzu: Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashga nisbatan kompetensiyaviy yondashuv mazmunini tahlil qilish. Mundarija: I. Kirish


Download 1.49 Mb.
bet2/14
Sana20.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1636898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi.

Kurs ishining maqsadi: Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashda qo’llaniladigan kompetensiyaviy yondashuv asosida, yosh pedagoglar tomonidan har xil hayotiy va kasbiy vaziyatlarda samarali harakat qilishga hamda mutaxxasisning shaxsiy va kasbiy sifatlarini shakllantirishga va yuzaga chiqarishga imkon beruvchi turli hildagi mahoratlarni o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:
-Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuv mazmun va mohiyatini o’rganish;
-Kompetensiya va komptentlik tushunchalari mohiyatini tahlil qilish;
-Kompetensiyaviy yondashuv mazmuniga aloqador jihatlarni yoritib berish;
-Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashga nisbatan zamonaviy yondashuvlarni aniqlash;
-Kasbiy kompetensiya va ularni shakllantirish usullarini o’rganish;

1.Kompetensiya va komptentlik tushunchalari mohiyati.Kompetensiyaviy yondashuv mazmuni.
Bugungi rivojlangan ta’lim jarayonlarida ishtirok etishda ustuvor orin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bolish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bolish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda.Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy soqlom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zaqirasini yaratish" vazifasi belgilandi1. Kompetentli pedagog - u kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug’iladi. Shu nuqtai nazardan "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun mohiyatini aniqlashimiz muhimdir. Har qanday o‘qituvchi ham "kompetentlik" nimani anglatishini va u "kompetensiya"dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi.
Kompetentlik” tushunchasi talim sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar natijasida kirib kelgan.
-Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik noananaviy vaziyatlar, kutilmagan hol-larda mutaxassisning ozini qanday tutishi, muloqotga kirishi-shi, raqiblar bilan ozaro munosabatlarda yangi yol tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga tola malumot-lardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
"Kompetentlik" tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati va tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama o‘xshashdir.Kompetensiya bilimlarning umumiyligi va ularning odamlarda mavjudligini anglatsa, kompetentlik - bu bilimlarni ish jarayonida ishlatish darajasini anglatadi.
Kompetensiya” tushunchasining ta’riflaridan kelib chiqib (bu tushuncha esa o‘z navbatida hamma tomonidan bir xilda talqin qilinavermaydi), ko‘pchilik mualliflar uni mutaxassisning o‘zi olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga tayyorligi, boshqalari esa muammolarni hal qila bilish qobiliyati tarzida ta’riflaydilar. Lotinchadan tarjima qilinganda “kompetensiya” so‘zi kishi biron-bir masala doirasida yaxshi xabardor ekanligini bildiradigan, tajribaga ega ekanligini ko‘rsatadigan tushunchani ifodalaydi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling