Mavzu: bolalar adabiyoti rivojlanish sari


Download 81.78 Kb.
bet1/13
Sana09.06.2023
Hajmi81.78 Kb.
#1476341
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-AMALIY MASHG\'ULOT(1)


4-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: BOLALAR ADABIYOTI RIVOJLANISH SARI
Reja:
1. Adabiy ertak va uning bolalar adabiyoti taraqqiyotiga ta’siri.
2. H.Olimjon – bolalarning ertaknavis adibi.
3. G‘.G‘ulom – bolalar shoiri va nosiri.
4. Oybekning bolalik olami.

Asosan, she’riyat va hali hikoyachilik doirasida qolib kelayotgan bolalar adabiyoti 30-yillarga kelib, xalq ijodiyotiga keng va chuqur murojaat qilishga kirishib, o‘z janriy imkoniyatlarini adabiy ertakning she’riy ertak, nasriy ertak, ertak qissa, dramatik ertak singari xilma-xil oraliq shakllari bilan boyitish hamda to‘ldirishga muvaffaq bo‘la boshladi. Aslida XIX asrning so‘nggi choragi va XX asrning 10-yillarida fors-tojik shoiri Ubayd Zokoniyning “Mushuk ila sichqon” qissasi(Xislat tarjimasi), rus adabiyoti namoyondalari I.A.Krilov, A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, K.D.Ushinskiy masallari, ertaklari va hikoyalarining o‘zbek tiliga o‘girila boshlanganligi, shuningdek, Said Rasul Aziziy va Abdulla Avloniylarning voqeaband she’rlari, masallari hamda Hamzaning xalq rivoyati asosida yozilgan “Bolaning yomon bo‘lmog‘iga sabab bo‘lgan onaning jazosi” she’riy ertagi, qolaversa, Abdulla Qodiriyning 20-yillarda xalq ertagi ruhida yozilgan “Jinlar bazmi” va Abdurauf Fitratning “Qiyomat” nasriy adabiy ertaklaridan o‘z sarchashmasini olgan folklor sujetlari negizida bolalarbop asarlar yozish va shu asosda realistik o‘zbek bolalar adabiyotini shakllantirish va rivojlantirish harakati 30-yillar arafasi va davomida chinakkam yangi bosqichga ko‘tarildi. Buning bir qancha sabablari va omillari bor edi.


Birinchidan, xuddi shu yillarda o‘zbek folklorshunosligi ancha jonlangan edi, xalq qo‘shiqlari va dostonlari qatorida ertaklarni yozib olish va nashr etishda samarali natijalarga erishila boshlandi. Bu ishda Elbek, G‘ulom Zafariy va Shukur Sa’dulla singari bolalar adiblari ancha faollik ko‘rsatdilar. Ayniqsa, Elbek bolalar folklorini to‘plash yo‘lida qizg‘in izlandi, 1937- yilda o‘zi to‘plagan asarlar asosida tartib bergan “Bolalar qo‘shig‘iI” to‘plamini nashr ettirdi.
Ikkinchidan, 30-yillarning boshlarida “Bolalarga ertak kerakmi? Sehrli-fantastik ertaklar ular tarbiyasiga zararli emasmi?”,– degan mavzularda boshlangan qizg‘in bahs xalq ertaklariga munosabatni yanada chuqurlashtirishga xizmat qildi. Natijada, xalq ertaklari sujetlarini turli shakllarda ijodiy interpretatsiya qilish va shu asosda bolalarni xalq fantaziyasi olamiga olib kirish bir muncha jonlandi. Bu hol bolalar epik poeziyasining yuksalishi va dramaturgiyasining oyoqqa turishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Sirasini aytganda, bolalarga atalgan badiiy adabiyot yaratish an’anasining dastlab, adabiy ertak shaklida Daniel Defo, Jonatan Svift, Jan de Lafonten, Sharl Perro, Erix Rapse, aka-uka Yakob va Vilgelm Grimmlar, Vilgelm Gauf, Hans Kristian Andersen, Karlo Kollodi, V. Jukovskiy, P.Yershov va boshqalar ijodiyotida keng miqyosda namoyon bo‘lganligi va o‘zbek bolalar adabiyoti vakillarining ular tajribalarini ijodiy o‘zlashtira boshlashlari jarayon qiyofasini belgilay berdi. Natijada, folklor va yozma bolalar adabiyoti munosabatlari ikki tomonlama chuqurlashishga kirishdi.
Folklor va yozma adabiyot orasidagi bilvosita aloqa esa bolalar adabiyotida folklorizmlarning xilma-xil ko‘rinishlarini yuzaga keltirdi va bolalar adabiyotining xalqchillashuvini, g‘oyaviy-badiiy barkamollashuvini, qiziqarliligi va tabiiy soddaligini ta’minladi. Shu tariqa o‘zbek bolalar adabiyoti ham folklorga tayangan holda shakllana va rivojlana bordi.
Shuni ta’kidlash joizki, o‘zbek bolalar adiblari xalq ijodiyoti namunalarini to‘plash, nashr etish va bolalarga moslashtirish, folklordagi janriy rang-baranglik va ifodaviy vositalardan ijodiy foydalanishda, asosan, tubandagi ikki yo‘nalishda amal qildilar:

Download 81.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling