Mavzu: bolalar jamoasini shakllantirishda axloqiy sifatlarni tarbiyalash reja


Download 12.91 Kb.
bet1/4
Sana13.11.2023
Hajmi12.91 Kb.
#1770463
  1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-3-mavzu taqdimot

MAVZU: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi fanining asosiy tamoyillari REJA:

1. Ta’lim prinsipining mazmuni. 2. Pedagogikada foydalaniladigan prinsiplar tizimi. 3. Ta`limning tarbiyaviy xususiyatining mohiyati

«Didaktika» grekcha so‘z bo‘lib, «o‘qitish», «o‘rgatuvchi» degan ma’nolami anglatadi. «Didaktika» so‘zining ma’naviy tarjimasi «Ta’lim nazariyasi» demakdir. Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayoni tushunchasi va mohiyatini, ta’lim tamoyillarini, ta’lim mazmunini, ta’lim metodlari, shakllari va vositalari mazmunini aks ettiradi. Ta’lim nazariyasining asosiy mohiyati ta’limni tashkil etishdan iboratdir. Ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.

Didaktika pedagogikaning sohasi sifatida bilim, ko‘nikma va malakalarni yetkizishga oid uyushgan faoliyat qonuniyatlarini va ularni yosh avlod tomonidan o‘zlashtirilishini o‘rganadi. U o‘qitish jarayonini yo‘lga qo‘yishga oid normativ talablarni ishlab chiqadi. Jamiyatning ijtimoiy ehtiyojiga, fan va ishlab chiqarishning hozirgi darajasiga tayanib, didaktika o‘zining o‘rganish predmetini ishlab chiqadi, o‘qitishning maqsadi (nega o‘qitiladi), yosh avlodni nimaga tayyorlanadi, o‘qitishning mazmuni (nimaga o‘rgatiladi), o‘qitishni tashkil etishning shakl va metodlari (qanday o‘qitish) va uning natijalarini hisobga olish, nazorat qilish. Didaktika asosini - ta’lim prinsiplari tashkil etadi.

Prinsip - rahbar g‘oya, asosiy qoida, faoliyatga, xulqqa nisbatan qo‘yilgan asosiy talabdir. Ta’lim prinsipi - ta’lim jarayoniga quyiladigan asosiy talabdir. Ta’limning tarbiyaviy xususiyatli prinsipi. Ta’limning ilmiyligi prinsipi. Ta’limning tizimlilik prinsipi. Ta’limning tushinarliligi prinsipi. Ta`limning ko‘rgazmalilik prinsipi. Ta`limning ongliligi va faolligi prinsipi. Ta`limning puxtaligi prinsipi. Ta`limni alohidalashtirish prinsipi.

Ta’limning tarbiyaviy xususiyati prinsipi. Bu prinsip bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: material mazmunini Respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, mustaqil rivojlanish yo‘lidagi muvaffaqiyatlari, xalqning mehnatidagi yutuqlari, xozirgi zamon fani va texnikasi hamda madaniyati bilan bog‘lash; -shaxsda ma’naviy fazilatlarni, intizomlilikni, qatiyatlilikni va mehnatsevarlikni tarbiyalash; ta’lim jarayonida hosil bo‘ladigan hissiyotlar, kechinmalar va taassurotlarning hosil bo‘lish jarayonini boshqarish; aqliy qobiliyatlarining rivojlantirilishi va shakillantirilishini amalga oshirish.


Download 12.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling