Mavzu: bolalar jamoasini shakllantirishda axloqiy sifatlarni tarbiyalash reja


Download 12.91 Kb.
bet3/4
Sana13.11.2023
Hajmi12.91 Kb.
#1770463
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-3-mavzu taqdimot

Tushunarlilik prinsipi. Tushunarlilik prinsipi o‘quvchilarni yosh xususiyatlari qonuniyatlariga va o‘quvchilami rivojlanish darajalarini ta’limiy jarayonni tashkil etish va amalga oshirishga mos kelishiga asoslanadi. Bolani fikirlash darajasiga, to‘plagan bilimlari hajmiga, o‘zlashtirgan malaka va ko‘nikmalariga mos bo‘lgan bilimlargina ularga tushunarli bo‘ladi. O‘quvehilar olgan bilim, shakllangan ko‘nikma va malakalar ularning rivojlanish darajasini belgilasa, shaxsiy tajribasi bilan isbot qilinib, amaliyotda qo‘llansa u bilim tushunarli bo‘ladi. Yangi bilimni maktab o‘quvchisining o‘zida mavjud bo‘lgan bilimlar va uning shaxsiy tajribasi bilan bog‘lash kerak. O‘quvehini fikrlash qobiliyatini shakllantirish kerak. Bilimni tushunarli bo‘lishga imkon beradigan shart sifatida bilishga qiziqish uyg‘otish lozim. O‘rganilayotgan bilimlarning maktab o‘quvehisi shaxsini har tomonlama rivojlantirishdagi ahamiyati va zarurligini tushinib yetish kerak. Tushunarlilik prinsipida yengildan-og‘irga, aniqdan-noaniqqa, oddiydan- murakkablikka kabi qoidalarga rioya qilinadi.

Ta’limning ko‘rgazmalilik prinsipi. Ko‘rgazmalilik prinsipi - ta’lim jarayonida juda keng qo‘llaniladi. O‘qitishning ko‘rgazmalilik prinsipiga amal qilish, demak bu - ko‘rgazmali qurollarga tayanish, o‘quvchilar hissiy bilishining barcha jihatlariga rahbarlik qilish va boshqarishdir. Maktab o‘quvchilari uchun ko‘rgazmali qurollardan foydalanish rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Chunki ular umumlashtirish, tahlil va tahlildan xulosa chiqarish jarayonining shakllanishiga yordam beradi.

Ta’limning ongliligi va faolligi prinsipi. Bu ta`lim jarayonida asos qilib olingan qoida sifatida quyidagi uchta muhim jihatini o‘z ichiga oladi: o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarining ongli ravishda tushunilishi; o‘quv mashg‘ulotlariga ongli munosabatda bo’lish; bilish faoliyatining shakllanishi. O‘rganiladigan bilimlar va muammoli vaziyatlarning o‘rtaga qo‘yilishidan boshlab, tarbiyalanuvchilarning materialni ongli ravishda tushinishi boshlanadi. Ayrim paytda o‘quvchilar ta’lim mazmunini ongli ravishda o‘zlashtira olmaydilar. Sababi ular o‘quv vazifasini hal etish lozim bo’lgan muammoli vaziyat deb qabul qilmaydilar, ya’ni, ular vazifani atroflicha o‘ylab ko‘rmadilar, faqat tarbiyachining aytgani bo‘yicha nima qilish kerakligini yodlab olishadi. Vazifani to’liq tushunib yetgachgina yechimini qidirib topish imkonini beradigan asosiy ma`lumotlarni aniqlab olish kerak. O‘quvchilar yangi mazmunga tegishli bo’lgan bilimlarni, maxorat va ko‘nikmalami esga olishadi, so‘ngra yangi materialni o‘zlashtirishga kirishadi. Ayrim hollarda o‘quvchilar yangi bilimga tegishli o‘tilgan temani qaytarmay, ongsiz ravishda yangi materiallarning yengil - yelpi o‘zlashtirishga harakat qiladi. Bu o‘zlashtirilgan yengil - yelpi bilimlar tez kunda o‘quvchilarning xotirasidan chiqib ketadi.


Download 12.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling