Mavzu: bolalar jamoasini shakllantirishda axloqiy sifatlarni tarbiyalash reja


Download 12.91 Kb.
bet2/4
Sana13.11.2023
Hajmi12.91 Kb.
#1770463
1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-3-mavzu taqdimot

2. Ta’limning ilmiylik prinsipi. Bizni qurshab turgan borliqni bilish jarayoni murakkab, ziddiyatli bo‘lishi, har-xil bosqichlarni, shakllar va turlarni o‘z ichiga oladi. Ilmiy bilish narsaning tashqi tasviridan uning ichki tuzilishini tasvirlashga o‘tishidan iboratdir. Ilmiy bilimlar qonuniyatlar sari, nazariya sari olib boradi. Ilmiylik prinsipi ilmiy bilimlarning o‘quv faoliyatidagi o‘rnini ochib beradi. Agar o‘quv materiali narsalarning faqat tashqi, kuzatiladigan xususiyatlarini yoritsa, bunday bilim ilmiylik darajasiga yetmagan bo‘ladi. Agar o‘quv materialni bilan qonunlar, tushunchalar, formulalar va teoremalar olami bilan tanishtirsa, bunday bilimlar ilmiy bilimlar deb atalardi. Ular o‘kuvchini aqliy rivojlantiradi. Faqat ana shunday bilimlardagina o‘quv fanining ilmiy mazmunini o‘zlashtirib olishga kelgusida esa fanni egallab, mehnatda faol ishtiroq etishga imkon beradi.

Ilmiylik prinsipini amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim. O‘quvchilarni pedagogika, psixologiya, metodika fanlarining eng so‘nggi yangiliklari bilan tanishtirib borish. O‘quvchilarga o‘rgatilgan, berilgan har bir ilmiy tushuncha doimiy ravishda takrorlantirilib borishi zarur. Ilmiy bilish metodlaridan foydalangan holda, o‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni o‘stirish va ularni ijodiy ishga tayyorlash. Doimiy ravishda o‘quvchilarni yetakchi olimlarni hayoti va ijodi va ilm- fanga qo‘shgan hissasi bilan tanishtirib borish kerak. Dars jarayonida yangi ilmiy iboralardan foydalaning va eng so‘ngi ilmiy kashfiyotlar haqida tushunchaga ega bo‘ling. O‘quvchilami qidiruv-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlang. Ularni eng oddiy tajribalami o‘tkazish asoslari bilan tanishtiring.

Ta’limning tizimlilik prinsipi. Ta`limning tizimlilik prinsipi o‘quvchilardagi ilmiy bilimlarni mustahkam va chuqur bo‘lishiga asoslanadi. O‘quvchilardagi atrof-muhat to‘g‘risidagi bilimlar, o‘quv materiallari o‘quv jarayonida ketma-ketlik asosida chuqurlashtirilib borilsagina ularda mantiqiy fikrlash rivojlanib boradi va ular o‘quv materialini oson o‘zlashtiradilar. O‘quvchi bilimlarining ilk manbaini, narsalarning, hodisalarning o‘zaro munosobatlarini tasavvur eta bilishlari shart. O‘quv materiali fanning maxsus ishlangan asoslari, qismlari, qoidalari, bo‘linmalaridan iboratdir. Fandagi bilimlarning maktabdagi o‘kuv materialiga asos qilib olinishini to‘g‘ri tushinib yetish shart. O‘quvchi tomonidan materialni o‘zlashtirish o‘qituvchining tushuntirish usullariga bog‘liqdir. O‘qituvchining mahorati va yaxshi tayyorgarligi o‘quvchilar tomonidan bilimlarni puxta va tizimli tarzda o‘zlashtirishga asos bo‘ladi. Bir xildagi bilim turli xil metodlar, vositalar bilan berilishi mumkin. Bunda o‘qituvchi tushuntirishning eng maqbul metodini tanlab oladi.


Download 12.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling